Mavzu: I. Karimovning “O'z mustaqillikka erishish ostonasida”


"O'zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida" kitobining tarbiyaviy ahamiyati


Download 32.7 Kb.
bet3/3
Sana23.02.2023
Hajmi32.7 Kb.
#1224416
1   2   3
Bog'liq
1496128932 68421

"O'zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida" kitobining tarbiyaviy ahamiyati

  • Президент Ислом Каримовнинг "Ўзбекистон мустақилликка эришиш остонасида" асарини ўқиб...

Prezidentimizning mustaqillikning birinchi yillaridagi eng og'ir, tahlikali, murakkab jarayonlaridan tortib, to hozirgacha yaratilgan barcha asarlari davrning tarixiy zaruriyati tufayli yuzaga kelgan. Qo'limizdagi «O'zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida» kitobi ham xuddi shunday tarixiy zaruriyat zamirida yaratilganligi bilan beqiyos ahamiyatga ega. Kitob «O'zbekiston» nashriyoti tomonidan chop etilgan bo'lib, unda asosan 1989-1992 yillarda, mamlakat tahlikali, keskin, o't-olov hal-qasi ichida turgan davrdagi voqeliklar bilan bog'liq tarixiy qarorlar, hujjatlarga murojaat qilinadi.
Mustaqillikning dastlabki yillari tug'ilgan avlod bugun 19-20 yoshga kirdi, dunyoni idrok qila oladigan, o'zligini teran anglaydigan, ozodlikni chin ma'noda qadrlaydigan yoshga yetdi.

Yoshi kattalar mustaqillik bilan qadamba-qadam uning quvonchiyu tashvishlari, zahmatu og'riqlari, og'ir sinovlarini boshlaridan o'tkazishgan. Lekin yoshlar uchun bu ozodlik, hurlik xuddi ko'kdan, osmondan tushganday, bosib o'tgan yo'llarimiz, yo'qotishlarimiz go'yo ertakday tuyuladi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridayoq Prezidentimiz «O'zbekistonning kelajagi buyuk bo'ladi, bu kunlar juda yaqin» deb xalqimizni ishonch bilan ertangi kunga boshlagan edilar. Lekin bizning ozodligimizni ko'rolmagan ichki va tashqi kuchlar o'zlarining g'arazli maqsadlarini amalga oshirish uchun islom dinini niqob qilib olib, «bu va'dalar bir afsona, cho'pchak, tagi puch, aldov gaplar, deb ayyuhannos solgandilar. O'tgan qisqa davrda o'sha afsona haqiqatga aylandi, asrlarga tatigulik olamshumul ishlar amalga oshdi. O'zbekiston jahon ayvonida o'z qadr-qimmatini topdi», «o'zbek modeli» dunyo miqyosida e'tirof etildi.


Mazkur kitobni o'qib chiqib, bir ijodkor sifatida xalqimizning boshiga tushgan og'ir kunlar, ofatu balolardan Prezidentimizning o'z xalqiga bo'lgan cheksiz muhabbati, sadoqati, tengsiz jasorati, matonatu mardligi omon saqlab qolganligiga imon keltirdim. 1989 yildagi Farg'ona, 1991 yildagi Toshkent, 1992 yildagi Namangan voqealarining keskin pallalarida Prezidentimiz diniy radikal kuchlarning nayrangu qilmishlariga uchgan, ko'zi qonga to'lgan olomon ichiga yonida qo'riqchilarsiz, yolg'iz o'zi hayotini xavf ostiga qo'ygan holda jasorat bilan kirib borib, xalqimizni ro'y berishi mumkin bo'lgan fojia, turli falokatlardan asrab qoldilar. O'zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi mustaqillikka qo'yilgan jasoratli qadam bo'lsa, aholiga tomorqa berish to'g'risidagi oqilona qarori xalqimizni ertangi kuniga yorug' ishonch uyg'otishi bilan birga, turmush farovonligini yuksaltirdi, paxta maydonlarini qisqarishiga olib keldi.

Kitobni o'qib, hayratga tushasan kishi. Va bizga mana shunday donishmand, adolatli sarbonni boshimizga soyabon qilib qo'yganligi uchun ollohga shukronalar aytdim. Bu kitob ilgari ma'lum qilinmagan, matbuotda e'lon qilinmagan juda ko'p voqeliklardan bizni voqif qiladi, bu yorug', osoyishta, saodatli kunlarni qadriga yetishga undaydi.



Tabiiyki, qo'limizdagi bir burda nonni qaysi mehnat, zahmat orqali yaratilganini bilmasak, uni isrof qilamiz, qadriga yetmaymiz. SHu ma'noda mazkur tarixiy kitob yoshlarimiz uchun kechagi yaqin tariximizni bilish, idrok qilish, mustaqillikni asrash yo'lida hayot darsligidek ulug' qo'llanmadir.
Bugungi murakkab, ziddiyatli davrda yoshlar qalbiga «ommaviy madaniyat»ning zaharli viruslari xavf solayotgan zamonda bu kitobning tarbiyaviy ahamiyati benazirdir. Biz ijodkorlar, targ'ibotchilar bu asarning olamshumul ahamiyatini teran singdirishimiz, ularning imon-e'tiqodini butun holda kelajakka yetkazishimiz bugungi kundan eng dolzarb vazifamizdir.
Download 32.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling