Mavzu: Ibtidoiy jamoa davri san’ati
Xoja Ahror Valiy jome’ masjidi Muhammad Qaffol Shoshiy maqbarasi
Download 201.5 Kb.
|
mavzu opa
ZANGI OTA YODGORLIK MAJMUASI
Xoja Ahror Valiy jome’ masjidiMuhammad Qaffol Shoshiy maqbarasiKo’kaldosh madrasasiTurkistonning buyuk valiylaridan bo’lgan bu zot Ahmad Yassaviy Hazratlarining ustozi Arslonbobning evaralaridandir. Manbalarda Xoja Ahmad yassaviy Zangi otaga xolavachcha ekani qayd etilgan. Binobarin, Zangi otaning Axmad Yassaviy bilan qarindoshligi haqida shajaralarda aytilishicha, Iftixor Shayxning Ilyos Shayx va Mahmud Shayz isimli ikki nafar o’g’li bo’lgan. Ilyos Shayxning o’g’li-Arslonbob, Arslonbobning o’g’li- Mansur ota (vafoti 594/1199), Tojxoja otaning o’g’li Oyxoja, ya`ni Zangi ota hisoblanadi. O’z navbatida, Mahmud Shayxning o’g’li-Ibrohim Shayx, Ibrohim Shayx esa Ahmad yassaviyning otasidir. Ayrim rivoyatlarga qaraganda, Zangi ota chin xojalarga mansub bo’lib, shajarasi Payg’ambar alahissalomning amakivachchalari va kuyovlari Ali ibn Abu Tolib (k.v.) hamda qizlari Fotima onamizga borib taqaladi. Ammo K. Kattaevning fikriga qaraganda, aksaryat manbalarning dalolat berishicha, Zangi ota Hazrat Ali (r.a.)ning boshqa xotinlaridan tug’ilgan Imom Muhammad Hanifa degan o’gillariga borib etadilar. Shuning uchun ul zotni Alaviy (ya`ni Ali avlodidan), deyishadi. Zangi otani hurmat yuzasidan va oliyhimmatligi uchun Zangi ota (Zangi bobo) Himmatiy deb atashgani va ul zot ayni shu taxallusda sherlar ham bitgani ma’lum. Fikrimizcha , ushbu nom taxallusning kelib chiqishi bejiz emas. Bu ismning o’zagi bo’lgan «himmat» so’zi-tilimizda «g’ayrat, shijoat, jo’shqinlik; harakat, hafsala, qunt» degan lug’aviy ma`nolarga ega bo’lib, odamgarshilik, muruvvat yuzasidan qilinadigan yaxshilik, yaxshi ish, yordam; insonga xos tuyg’u, xislatni anglatuvchi tushunchadir. Himmat muruvvatlilik, oliyjanoblik, mardlik, tantilik, saxiylik, qo’li ochiqlik, saxovatlilik, ulug’vorlik, bag’rikanglik, buyuklik va hotamtoylik kabi tushunchalarni o’z ichiga oladi. Zangi ota-asl ismlari Oyxoja ibn Tojxoja (ayrim manbalarda-Tojiddinxo’ja, Toshxo’ja). Sayyid Zinda Alining «Samarotul mashoix» asarida qayd etilishicha, «Hazrat Zangi ota r.a.ni Zangi bobo deb ham atashadi. Zangi ota Arslonbob nasliga mansub bo’lgani tufayli qora tanli, labi do’rdoq , baquvvat , barvasta gavdali odam bo’lgan. Rangi ro’ylari qorachadan kelgani, ya`ni qora mag’izligi uchun «zangi» laqabi bilan nisbat berulgan. Zangi ota nomi ikki so’zdan tashkil topgan. «Zangi» — forsiyda «qora» degani «ilayx, turshid» ma`n olarini ifodalovchi «ota» so’zi Markaziy Osiyoda, odatda avliyolar ismiga qo’shib aytiladi. Ba`zi manbalarda, «Zangi» ismi asl turkiy so’z- «zang» o’zagidan yasalgan va u tok tanasining asosiy qismini, bosh bo’g’inini anglatadi. Yana uning «asosiy», «katta», «ulug’», «mag’rur» va boshqa shunga o’xshash ko’plab ma`nolari bor. Buryat mo’gul, tuba va boshqa turkiy tillarda «zangi» so’zi tarixda «ulug’boshi» «qabilaboshi» kabi ma`nolarni ham anglatgan. Bu so’z «Avesto»da ham tilga olinadi «zantu» «zanti», «zangtupati», «pati-padre» — «urug’boshiota» shakillarida, «qabila» hamda «qabilaboshlig’i» ma`nolarida ishlatiladi. Xalq orasidagi rivoyatlarga ko’ra, Zangi ota nomi ulug’ Shayx Xoja Axmad Yassaviy tomonidan berilgan. Yassaviy endi chillasi chiqqan chaqaloqni duo qilib, otasiga, o’g’lingiz zanji tug’ilibdur, o’zining arab ajdodiga tortibdur, deb qo’ygan ekanlar. Ayrim qo’lyozma va toshbosma asarlarda qayd etilishicha, Shom viloyatidan chiqqan yirik mashoix- Zangi otani maxalliy axoli extirom bilan Zangi bobo (Zangi buva), der ekanlar. Zangi ota — «podachilar piri» sifatida mashhur bo’lganligi sababli u kishini ko’pincha Cho’pon ota deb ham ataganlar. Ba’zi manbalarda Zangi otani Emin bobo degan nom bilan ataganlari xaqida ham ma`lumotlar bor. Tilimizda «emin» so’zi ishonchli; pok, sofdil; xafv-xatarsiz; saqlovchi, nozir degan ma`nolarga ega. Emin bobo nomi, hoynaxoy, Zangi ota hakimlari, ya`ni tabiblik faoliyati bilan bevosita bo’g’liq bo’lishi mumkin. Zangi otani hurmat yuzasidan va oliyhimmatliklari uchun Zangi ota (Zangi bobo) Himmatiy deb atashgani ul zot ayni shu taxallysda sherlar ham bitgani ma`lum. Bu nomning o’zagi bo’lgan «himmat» so’zi- tilimizda «ga’yrat, shijoat, jo’shqinlik; harakat, hafsala, qunt» degan lug’aviy ma`nolarga ega bo’lib, odamgarchilik, muruvvat yuzasidan qilinadigan yaxshilik, yaxshi ish, yordam; insonga xos tuyg’u, xislatni anglatuvchi tushunchadir. Himmat muruvatlilik, oliyjanoblik, mardlik, tantilik, saxiylik, qo’liochiqlik, saxovatlilik, ulug’vorlik, bag’rikanglik, buyuklik va hotamtoylik kabi tushunchalarni o’z ichiga qamrab oladi. Download 201.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling