Mavzu: Ibtidoiy jamoa davri san’ati


Qadimgi markaziy osiyoning eng qadimgi san`ati


Download 201.5 Kb.
bet2/8
Sana10.11.2023
Hajmi201.5 Kb.
#1762500
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
mavzu opa

Qadimgi markaziy osiyoning eng qadimgi san`ati




Ma’ruza rejasi:
1.  Markaziy Osiyodagi Qadimgi madaniyatning o‘ziga xos xususiyatlari.
.2.  Yunon-Baqtriya madaniyati miqiyosida Sharq ellinistik madaniyati.
3.  Kushonlar madaniyati.
4 Sharq uyg‘onish davri madaniyatini rivojlanish bosqichlarinii g‘ziga xos xususiyatlari.
5 Uyg‘onish davrining Sharq va G‘arb madaniyati aloqalarida tutgan o‘rni

Markaziy Osiyo madaniyati jahon madaniyati tarixida muhim o‘rin tutadi. Uning o‘rta asrlardagi madaniyatiga butun dunyo allaQachon munosib baho bergan. Hatto BaQtriya, Marg‘iyona, Sug‘d, Parfiya, Farg‘ona, Xorazm, Choch xalQlarining Qadimgi madaniyati ham jahonni hayratga solmoQda. Markaziy Osiyo mintaQasining Qadimgi madaniyatini o‘rganish o‘n yillar ilgari boshlangan bo‘lsada, tadQiQotchilarning bu madaniyatining o‘ziga xosligi va boy mazmuni lol Qoldirdi. Markaziy Osiyo madaniyati g‘arb va SharQning buyuk madaniyat elementlarini bir butunlikda uyg‘unlashtirib ifodalagan holda o‘ziga xos individuallik kasb etadiki, bu xususiyat keyingi taraQQiyot uchun ham negiz bo‘lib Qoladi.


I.A. Karimov aytganlaridek, – «Modomiki, o‘z tarixini bilgan, undan ruhiy Quvvat oladigan xalQni yengib bo‘lmas ekan, biz haQQoniy tariximizni tiklashimiz, xalQimizni, millatimizni ana shu tariximiz bilan Qurollantirishimiz zarur. Tarix bilan Qurollantirish, yana bir bor Qurollantirish zarur».
Markaziy Osiyo xalQlari madaniyatining vujudga kelishi sharoitlarini belgilashda dastavval, uning jug‘rofiy o‘rni va tabiiy vositalariga e’tiborni Qaratish lozim bo‘ladi. Madaniyatshunoslik har Qanday madaniyatning shakllanishidagi o‘ziga xos alfozni joy manzarasi, iQlimi, biosfera omillarining ahamiyati borligiga alohida e’tibor beradi. Markaziy Osiyo mintaQasining tabiati turli xilligi bilan katta farQ Qiladi. Bu yerda serhosil vodiy va vohalar, sersuv daryolar, QaQroQ cho‘llar, dashtu adirlar, Pamir va Tangritog‘ining baland muzofatlari bilan yonma-yon joylashgan. Bunday xususiyat dehQonchilik, chorvador, tog‘da yashovchi Qabila va xalQlar xo‘jalik tarzi va o‘ziga xos madaniyatlarining shakllanishi uchun imkoniyat yaratdi.
«Qadimgi sivilizatsiya» deb nomlangan risolada Markaziy Osiyo madaniyatining ikki xususiyati ko‘rsatiladi: bir tomondan, turli madaniyatlarning o‘zaro ta’sirida, ikkinchi tomondan, Qadimgi sivilizatsiyalarining boshQa o‘choQlari bilan yaQin aloQada rivojlanishi. Bu xususiyatlarni batafsil kuzatadigan bo‘lsak Markaziy Osiyo madaniyatining shakllanish jarayonlari yaQQol namoyon bo‘ladi.
Markaziy Osiyoning serhosil vodiysi, cho‘l va dashti, tog‘larida yashovchi aholining turmush sharoitidagi farQlar turli xo‘jaliklarning ertaroQ paydo bo‘lishi o‘ziga xos madaniyatlar shakllanishiga olib keldi. Bu jarayon yaQin Qo‘shinchilik munosabatlari asosida sodir bo‘lib, Qabila va xalQlarning iQtisodiy va madaniy aloQalari tufayli taraQQiyotning ertaroQ boshlanishiga imkon yaratdi. Eng Qadimgi davrlardan dehQonchilik, chorvachilik va tog‘ ovchi Qabilalari o‘rtasidagi mahsulot ayirboshlash Markaziy Osiyo xalQlari iQtisodiyotida katta ahamiyatga ega bo‘lib, keyingi davrlarda ham u uzoQ saQlanib Qoldi. Turmush tarzi va xo‘jalik faoliyatidagi farQlanish bilan birga mintaQa xalQlarining etnik va tillardagi yaQinlik judayam uyg‘unlashib ketganligi Qadimgi Yunon va Xitoy manbalarida ham Qayd Qilingan. Markaziy Osiyo xalQlarining kuchli iQtisodiy aloQalari, etnik va til birligi ularning bir-biridan ayricha yashashiga yo‘l Qo‘ymadi.
Natijada Qadimgi SharQning klassik madaniyati orasida Markaziy Osiyo Qadimgi madaniyati ajralib, o‘ziga xos ko‘rinishda shakllanadi. Dastlab, bu madaniyatda ikki xil madaniyat aralashib ketadi: ko‘chmanchilik va ibtidoiylik olami hamda sivilizatsiya olami; Bu yerdagi Qadimgi madaniyatlarga xos madaniyatlarning o‘zaro muloQotiga aks ta’sir ko‘rsatgan «o‘zining betakrorligi» haQidagi tasavvur shakllanmoQda.
Markaziy Osiyoning o‘troQ dehQonchilik va ko‘chmanchi xalQlarida ancha-muncha farQlar bo‘lishiga Qaramasdan ilgaridan yaQin munosabatlar o‘rnatilgan. Diniy e’tiQodlar, urf-odatlar, folklor, axloQiy me’yorlardagi umumiylik madaniy umumiylikning shakllanishiga olib kelgan. Shuning uchun, bundan keyin Markaziy Osiyoning yaxlit madaniyatini tashkil Qiluvchi turli submadaniyatlar mavjudligi haQida to‘xtalish joizdir: Qadimgi davlatlar sub madaniyati (BaQtriya, Sug‘d, Xorazm, Farg‘ona, Marg‘iyona), dasht ko‘chmanchilari-sak, massaget, da-kochchilar submadaniyati, Pamir va Tangritog‘ Qabilalarning submadaniyati.
Markaziy Osiyo madaniyatining o‘ziga xosligining ikkinchi jihati mintaQaning o‘ta Qulay jug‘rofiy o‘rnashganligi bilan bog‘liQ. MintaQa Mesopotamiya, Hindiston va Xitoy kabi uchta buyuk SharQ sivilizatsiyasi bilan bevosita chegaradosh bo‘lib, g‘arb sivilizatsiyasiga xos beshinchi-Gresiya va Rim bilan aloQada rivojlangan. Bunday aloQalarning muQarrarligi tufayli Markaziy Osiyo madaniyati SharQ va g‘arb o‘rtasida vositachilik missiyasini bajarishiga sabab bo‘ldi, ya’ni iQtisodiy sohalarda eng avvalo xalQaro savdoda va madaniy sohalarda ham Markaziy Osiyo g‘arb va SharQ o‘rtasida bog‘lovchi ko‘prik vazifasini bajardi. Xususan, Markaziy Osiyo xududi orQali buddizm butun dunyoga yoyildi, Hindiston va Xitoyga ellinistik madaniyat ko‘rinishlari o‘tdi, SharQdan g‘arbga va g‘arbdan SharQga madaniy boyliklar (bilim, diniy g‘oya, kashfiyot, bidiiy asarlarning) almashib turishida Markaziy Osiyo muhim vositachi bo‘lib xizmat Qiladi.
Markaziy Osiyo madaniyatining buyuk vositachilik missiyasi boshQa madaniy Qadriyatlarini yangilashi, o‘zlashtirish mahorati va Qayta ishlash kabi jihatlarisiz bo‘lmas edi. Bu madaniyat QadimdanoQ yangi hodisalarni o‘zlashtirish va moslashtirish mahoratiga ega bo‘ldi. Garchi, boshQa Qadimgi SharQ madaniyatlaridagi kabi Markaziy Osiyo madaniyatida ham an’analar keng o‘rin egallasada, ular aytarli xarakter kasb etmaydi, ya’niki, uzluksiz madaniy yangilanish va taraQQiyot jarayoniga to‘siQ bo‘lmaydi. Shuningdek, an’analarning mustahkam hukmronligi tarixiy vaziyatga ham to‘sQinlik Qilganligini ta’kidlash kerak. MintaQa orQali katta bosQinchilik yurishlari, xalQlarning ko‘chishlari yuz bergan bo‘lib, bu Markaziy Osiyo xalQlarining tarixi davomida bir necha bor madaniyatni sezilarli o‘zgarishlarga olib keldi.Afsuski, ko‘pgina urushlar Markaziy Osiyo madaniyatining Qadimgi taraQQiyot davrlarining behisob dalillarini yo‘Q Qildi. Arxeolog Qazilma ma’lumotlar va yozma manbalar miloddan avvalgi I-ming yillik boshlarida vujudga kelgan Markaziy Osiyoning ilk davlatlari BaQtriya, Sug‘d va Xorazm madaniyati haQida bir oz ma’lumotlar beradi. Miloddan avvalgi VIII-VI asrlarga oid Afrosiyob (SamarQand), Surxondaryo vohasidagi Qiziltepa, QashQadaryo vohasidagi UzunQir, Xorazmdagi Ko‘ziliQir kabi Qadimgi shaharlarda o‘tkazilgan tadQiQotlar murakkab ijtimoiy tuzilma va madaniyatning yuQori rivojlanganligini ko‘rsatadi. Bu shaharlar mudofa devorlari va suv ta’minotidan iborat kuchli istehkom tizimiga ega bo‘lib, ichida hunarmandlar mavzei joylashgan. Ayrim shaharlarda saroy QoldiQlari Qal’alar topilgan. Qadimgi davlatlar xo‘jaligining asosiy sohasi hisoblangan dehQonchilik taraQQiyotining darajasi haQida ko‘p tarmoQli sug‘orish tizimining mavjudligi bunga dalildir. Markaziy Osiyo davlatlari Qadimgi SharQ mamlakatlari bilan yaQin aloQalar o‘rnatgan. Midiya va Ossuriyaning siyosiy tarixida faol ishtirok etib, hunarmandchilik buyumlari va xom ashyo bilan (lojuvardd, oltin, mis bilan) savdo sotiQ Qilganlar. Bu haQda Ossuriya va Qadimgi Yunon yozma manbalarida gapiriladi. Xususan, BaQtriyaning yirik shaharlari, ko‘p sonli aholisi haQida BaQtriya shohi Oksartning afsonaviy boyligi haQida Kgesiy Knidskiy (Mil. avv. V-IV asrlar) yozib Qoldirgan.
Ko‘chmanchi massagetlarning udumi va turmush tarzi haQida mashhur Qadimgi Yunon tarixchisi Geradot (mil. av. V asr) yozib Qoldirgan. U massagetlarning harbiy Qurollari (kamon-yoyi, nayzasi, oyboltasi) da oltindan bezak sifatida, misdan Qurol va sovut uchun keng foydalanishini ta’kidlaydi. Gerodatning yozishicha, massagetlar yagona ma’bud Quyoshga topinib, otni Qurbonlik Qilganlar.Qadimgi Markaziy Osiyo xalQlarining ma’naviy madaniyati haQidagi bilimlarning bebaho manbasi «Avesto» hisoblangan. «Avesto» so‘zining mazmuni umumiy izohga ega emas., ko‘pincha «Asosiy matn» sifatida tarjima Qilinadi. «Avesto» dunyodagi eng Qadimgi dinlardan bo‘lgan zardo‘shtiylik tarafdorlari uchun muQaddas kalima hisoblanib, payg‘ambar
Ilk o`rta asrlarda san`at rivoji
REJA:


  1. O‘rta asrlar jamiyatining ijtimoiy va madaniy evolyutsiyasi.




  2. Vizantiya san’ati.
  3. Roman davri san’ati.


  4. Gotika davri me’morlik an’analari, tasviriy san’at.




Jamiyatning feodal* tuzumiga o‘tishi munosabati bilan jahon san’ati rivojida yangi tarixiy bosqich boshlandi. Rivojlangan quldorlik munosabatlarini bilmagan ko‘plab xalqlar feodalizm davrida badiiy madaniyatining ilk ravnaqini boshdan kechirdilar. Feodalizm davrida turli xalqlar madaniyati va san’atida ilk marotaba milliy o‘ziga xoslik jihatlari paydo bo‘ldi, natijada o‘ziga xos milliy badiiy maktablar shakllandi.
Feodalizmning qaror topishi va rivojlanishi davri VII-X asrlardan to XIV-XV asrga qadar davom etadi. O‘rta asrlarning ikkinchi davri feodal yirik yer-mulk egaligi o‘ziga xos shahar ijtimoiy tuzumiga aylanib borishi va rivojlanishi davri sifatida belgilanadi. Bu tuzumning xususiyati shaharlarning feodallar hukmronligidan ozod bo‘lishi, erkin shaharlarning vujudga kelishi bilan bog‘liqdir. Ilk o‘rta asrlardagi siyosiy tarqoqlikdan farqli ravishda, bu davrda markazlashgan yirik davlatlar tashkil topdi. Salib yurishlari, mehnat taqsimotining o‘sishi natijasida sekin-asta natural xo‘jalik yemirila boshladi hamda savdo aloqalari rivojlandi.
Turli mamlakatlarda o‘rta asrlar jamiyatining inqirozi va barham berilishi so‘nggi feodalizm davri hisoblanib, u XV asrdan (Italiyada XIII asrda) boshlanib, XVII-XVIII asrlarga kelib tugatiladi va Osiyoning bir qator mamlakatlarida XIX asr oxirlariga qadar davom etadi. Yevropada bu davr Uyg‘onish davri madaniyatining rivoji, kapitalizmning dastlabki belgilari vujudga kelishi, buyuk geografik kashfiyotlar va ixtirolar, Yevropa diniy reformatsiyasi, dehqonlar urushlari va ilk burjua inqiloblari davridir.
O‘rta asrlar san’atining o‘ziga xos tamoyillari. Jahon badiiy madaniyati rivojida mazkur davr xalqlarining san’atda erishgan yutuqlari mislsiz ahamiyatga ega. Biroq, badiiy jarayonning bir tekisda rivojlanmaganligi, murakkab va ziddiyatga boy tarixiy, siyosiy va diniy g‘oyalar bilan bog‘liqlikda kechganligi sababli ham antik san’atning badiiy malakasi bilan taqqoslaganda o‘rta asrlar san’ati yutuqlarga erishganmi yoki inqirozga yuz tutganmi degan savolga javob berish mushkul. Qadimgi davr bilan solishtirganda o‘rta asrlarda xalqlar soni oshdi, ular orasidagi badiiy aloqalar kengaydi, san’atning o‘zi esa murakkablashib, turfa ko‘rinishlar kasb etdi. Shuningdek, dunyoning turli burchaklarida feodalizmning ijtimoiy munosabatlarni mustahkamlashga qaratilgan sa’yi-harakatlari natijasida yirik madaniy markazlar (Xitoy, Hindiston, Vizantiya, Qadim Rus, O‘rta Osiyo, Eron, G‘arbiy Yevropa va h.k.) paydo bo‘la boshladi.
Antik davr rassomi e’tibor qaratmagan insonning ma’naviy olami va fazilatlari o‘rta asrlar san’atida namoyon bo‘ldi. San’atning obrazli tizimi tobora rivojlanib, murakkablashib, emotsional ifodaviylik kasb eta boshladi. Bu davrda me’morchilik rivojiga keng e’tibor qaratilib, qolgan fazoviy san’at turlari unga bo‘ysundirildi. Agar yunon va rimliklar uchun odamning zohiriy qiyofasi va botiniy olami insoniylik mohiyatning turli tomonlari hisoblangan bo‘lsa, o‘rta asrlar kishisi qalb va tanani ikki qarama-qarshi ibtido sifatida qabul qildi. Shuning uchun antik rassomlardan farqli ravishda o‘rta asr ustalari inson tanasi go‘zalligi yoki haqqoniy ifodasini obrazning ko‘tarinki ruhiy holati yo‘lida qurbon qilishdi. Aksariyat o‘rta asr xalqlari san’atida hayotiy mohiyat va realistik asos odatda shartli shakllarda, allegoriya badiiy tizimi negizida ifodalanar edi.
Feodal jamiyatning siyosiy tizimi, madaniyati o‘ta murakkab va ziddiyatli ekanligi bilan ajralib turadi. Feodal nafaqat o‘ziga tegishli yer-mulkiga egalik qiladi, balki uni xukmdor sifatida boshqaradi ham. Shuning uchun xukmdor sinflar ichida murakkab ierarxiya va qirollik xukumatiga qarshi qaratilgan feodallarning muqarrar kurashi paydo bo‘ladi. Bu davrda cherkov feodal olamning turli qismlarida ulkan ahamiyat kasb etdi. U nafaqat diniy mafkurani tarqatish va mustahkamlash vazifasini bajarar, balki qudratli siyosiy va iqtisodiy kuchga ega bo‘ldi. Doimiy ravishda cherkov va xukumat feodallari orasida to‘qnashuvlar sodir bo‘lar, ko‘p hollarda bu kurashlar din vakillari zafari bilan yakunlanar edi. Feodal munosabatlarda diniy mafkuraning xukmronligi muqarrar hodisadir. Zero, o‘rta asrlarning buyuk dinlari – xristianlik, buddizm va islom – feodal tizimlarni mustahkamlashga qaratilgandi. Cherkov o‘zining katta yer-mulki bilan turli mamlakatlar bilan o‘zaro aloqalar o‘rnatuvchi vosita edi va din vakillari ilk o‘rta asrlarda yagona ziyoli sinfni tashkil etardi. Yevropa, Yaqin va O‘rta Sharq, Xitoy va Hindiston diniy oqimlari hamda falsafasida insonning olamni idrok etishidagi muxim tomonlar aks etdi. O‘rta asrlar falsafasidagi dialektik va materialistik jarayonlar, adabiyot va san’atdagi yorqin yutuqlar insoniyat badiiy madaniyati rivojiga bemisl hissa qo‘shdi.
IX-X asrlarda movarounnaxr san`ati
Reja:




  1. Movarounnahr haqida ma’lumot


  2. Qoraxoniylar va Somoniylar davri me’morchiligi


  3. Xorazm me’morchiligi va uning o’ziga xos xususiyatlari




Foydalanilgan adabiyotlar
Movarounnahr (arabcha — daryoning narigi tomoni) — oʻrta asrlarda islom mamlakatlarida keng tarqalgan geografik atamadir. Uning xuddi shu maʼnoni anglatgan fors tilidagi "Varorud" va "Varojayxun" shakllari ham mavjud boʻlib, ularning barchasi avval (11 -asrgacha) Xuroson viloyatining davomi sifatida, 11-asr boshidan eʼtiboran esa Turkiston, yaʼni Qoraxoniylar davlati va undan keyingi turkiy davlatlar tarkibidagi maʼmuriy birlik sifatida tushunilgan. 11-asrda Yevropa tarixshunosligida mazkur arab atamasining lotincha tarjimasi boʻlmish yangi "Transoksiana" yoki "Transoksaniya" atamalari muomalaga kiritilgan.
Movarounnahr
1370 - 1405 Amir Temur
1405 - 1447 Shohruh Mirzo
1447 - 1449 Mirzo Ulug'bek
1449 - 1450 Mirzo Abdullatif
1451 - 1469 Abu Said
1469 - 1494 Sulton Ahmad
1494 - 1495 Sulton Mahmud
1495 - 1497 Boysungʻur Mirzo
1498 - 1500 Sulton Ali Mirzo
1500 - 1512 Zahiriddin Muhammad Bobur
Hozirgi zamon tarixiy-geografik ilmiy adabiyotda Movarounnahr deganda, asosan, Turkmanistondan tashqari boʻlgan Oʻrta Osiyo hududlari, yaʼni, Oʻzbekiston, Tojikiston, Qirgʻiziston va Qozogʻistonning janubiy qismi tushuniladi.
Movarounnahr atamasi ilk bor Muhammad haqidagi hadislarda tilga olingan. Aftidan bu atama arablar orasida islomgacha boʻlgan davrlarda ham maʼlum boʻlib, u vaqtda (milodiy 6-asr) Sosoniylar davlatidan shimoliy-sharqda, Jayxun, yaʼni Amudaryoning orqasida oylashgan Turk xoqonligiga qarashli yerlarni anglatgan. Qadimiy fors manbalaridagi maʼlumotlarga tayangan arab geograf olimi Yoqut Hamaviy Movarounnahr atamasini Turon mamlakatining nomi deb bilgan. Arablar oʻzlarining sharqqa qilgan ilk yurishlari davomida (7-asrning 2-yarmi — 8-asrning boshi) ikki xil tushuncha haqida maʼlumotga ega boʻlganlar: "ma duna-nnahr", yaʼni "da-ryoning pastki tomoni" va "ma varo-annahr" — "daryoning narigi tomoni". Ulardan birinchisi Xurosondan sharqda Amudaryodan janubda Hindukush ogʻlarigacha boʻlgan Tohariston yerlarini; ikkinchisi esa, Amudaryodan shimoldada joylashgan Shimoliy Tohariston va Sugʻd yerlarini oʻz ichiga olgan. 9—10-asrlarda yashagan va Oʻrta Osiyo hududlariga tavsif bergan arab geograflaridan faqat al-Istaxriy va Ibn Havqal ularga nisbatan Movarounnahr atamasini maxsus ishlatganlar. Boshqa arab geograflari esa Oʻrta Osiyo hududlari xaqida soʻz yuritganlarida Movarounnahr atamasini juda tor maʼ-noda ishlatib, uni Xurosonning davomi yoki al-Mashriq (Sharq)ning bir qismi sifatida tasvirlaganlar. Al-Mashriq tushunchasiga esa ular Xuroson va Movarounnahr yerlaridan tashqari, Hindiston, Xitoy yerlarini va hatto Hind va Tinch okeanlaridagi Yaponiyagacha boʻlgan orollarni kiritganlar (Ibn Xurdodbeh). 11-asr boshidan eʼtiboran Movarounnahr istilohi hudud jihatdan ayrim manbalarda Sugʻd va Xorazm, boshqalarida esa Sugʻd va Shimoliy Tohariston yerlarini oʻz ichiga olgan. Maʼno jihatdan esa bu atama endi Turkiston, yaʼni Qoraxoniylar davlati, keyinchalik esa Xorazmshohlar, Chigʻatoiylar, Temuriylar va Shayboniylar davlatlarining tarkibidagi maʼmuriy birlikni anglatgan. Shunday qilib, Movarounnahr atamasi oʻrta asr manbalarida turlicha talqin qilinib, geografik hudud sifatida avval Turon, Turk xoqonligi yoki Turkiston mamlakati (7-asr gacha), keyin Xuroson (7— 10-asrlarda) undan ham keyin Turkiston (11-asrdan boshlab), maʼlum vaqt esa Xorazm (12-asrning oxiri — 13-asrning boshi) tarkibiga kiritilgan. Demak, bu atama faqat geografik maʼnoga ega boʻlib, har xil davrlarda turli davlatlar — Turk xoqonligi, Arab xalifaligi, shuningdek, Somoniylar, raxoniylar, Xorazmshoxlar va boshqa davlatlarning tarkibiga maʼmuriy birlik sifatida kirgan. Bu atama haqida turli manbalarda keltirilgan maʼlumotlarning yigʻindisi ham hududiy jihatdan "Oʻrta Osiyo" atamasini anglatadigan Turkiston tabiiygeografik oʻlkasining barcha yerlarini qamrab olmaydi. Chunki, mazkur mintaqa tarkibiga kirgan Shimoliy Xuroson urkmaniston), Yettisuv (Qozogʻiston) va Janubiy Tohariston (Afgʻoniston) yerlari hech qanday manbalarda Movarounnahr tarkibiga kiritilmagan. Shuning uchun, Movarounnahr atamasining oʻrta asrlarda ishlatilgan eng keng maʼnodagi tushunchasi tarkibiga shartli ravishda faqat Amudaryo va Sirdaryo oraligʻida joylashgan yerlarni kiritish mumkin. Tarixiy sharoit. Me’morchilik. Diniy va ma’muriy binolar turlarining takomillashuvi.

Download 201.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling