Mavzu: Ibtidoiy jamoa davri san’ati


Xoja Ahror Valiy jome’ masjidi


Download 201.5 Kb.
bet6/8
Sana10.11.2023
Hajmi201.5 Kb.
#1762500
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
mavzu opa

Xoja Ahror Valiy jome’ masjidi


Ma’lumki, ona tomondan Shayx Xovand Tahurning avlodi bo‘lgan Xoja Ahror (1404-1490) o‘zining yoshlik yillarini Toshkentda o‘tkazgan. Keyinroq Samarqandda madrasa tahsilidan so‘ng Toshkentga qaytib, ziroatchilik va savdo bilan ham mashg‘ul bo‘lgan. Xoja Ahror temuriy Sulton Abu Sa’id (1451-1469) davrida yana Samarqandga taklif qilinib, o‘z hayotining ko‘p qismini shu shaharda o‘tkazgan bo‘lsa-da, Toshkent madaniy-ma’naviy hayotida ham chuqur iz qoldirgan. Shu sababli Xoja Ahror nomi keyingi asrlarda ham Toshkent ma’naviy muhitida muhim o‘rin tutardi.
Toshkentdagi Xoja Ahror nomi bilan bog‘liq ko‘plab masjidlar haqida “Tarixiy jadidayi Toshkand” asarida kengroq ma’lumotlar keltirilgan bo‘lib, ular bizga ushbu masjidlarning XIX asrdagi qiyofasini tasvirlab beradi. Xoja Ahror jome’ masjidi esa Toshkent masjidlari orasida alohida ajralib turgan va u shahardagi yirik hamda qadimiy me’moriy inshootlar sirasiga kirgan. Mazkur jome’ masjid 1451 yilda qurdirilgan. Ko‘p o‘tmay, 1454 yilda uning yaqinida Xoja Ahror madrasasi ham bunyod qilingan . O‘z vaqtida ushbu jome’ va madrasaga Xoja Ahror tomonidan Toshkent viloyatida Kuzak, Nayman, Qorasuf yeri, Qorasufi kalon, Bulug‘suf, Oqqo‘rg‘on, Xatnaylik, Hoji dorug‘a, Qo‘ng‘roq, Qoraxitoy kabi yigirmaga yaqin qishloqlardagi mulklar vaqf qilingan edi .
Muhammad Solihxo‘janing yozishicha, Xoja Ahror jome’ masjidi Chorsu bozori boshida, Boboi Obrez qabrining g‘arbida joylashgan va u Ko‘kaldosh hamda Xoja Ahror madrasalari, bozor do‘konlari bilan tutash bo‘lgan. Uning yonidan shahar ichidan oqib o‘tuvchi uchta ariqdan biri — Shayxontahur arig‘i oqib o‘tgan .
“Tarixi jadidayi Toshkand” asarida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Xoja Ahror jome’ masjidi binosining shimoliy va janubiy tarafida 22 ta ravoq va 22 ta gumbaz, janubi sharqida esa, 14 ta ravoq va 14 ta gumbaz hamda g‘arb tarafi o‘rtasida bir peshtoq, katta gumbaz va g‘ishtli, burji naqshlangan mehrob, janubiy va janubi-sharqiy tomonida esa darvozalari bo‘lgan.

FARG’ONA VODIYSIDAGI SAN’AT OBIDALARI


Reja:

  1. Farg’ona vodiysi san’at obidalari

  2. Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir al-Farg'oniy

  3. Farg’oniy maqbarasi

Qadimdan yuksak madaniyati va ilm-fani, me'moriy obidalari bilan ko'pchilikni hayratga solib kelgan yurtimiz istiqlol sharofati bilan zamonaviy sayyohlik markaziga aylanmoqda. Mamlakatimiz hududida turli davr va sivilizatsiyaga daxldor to'rt mingdan ortiq qadimiy me'morlik va san'at yodgorliklari mavjud. Ulardan 140 tasi YuNESKO tomonidan muhofazaga olingan tarixiy ob'yektlar ro'yxatiga kiritilgan. Aynan boy madaniy-tarixiy merosimiz, mangulikka daxldor ko'hna shaharlarimizdagi noyob me'moriy obidalar O'zbekistonning xalqaro sayyohlik bozoridagi yuksak salohiyatidan dalolat beradi. Farg'ona viloyatida ham mazkur yo'nalishda muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

Farg'ona deganda, avvalambor, O'zbekistonimizning gavhari bo'lgan go'zal diyor ko'z o'ngimizda namoyon bo'ladi. Istiqlol yillarida bu maskan yanada chiroy ochdi. Ahmad Farg'oniy, Burhoniddin Marg'inoniy kabi allomalarimizning hamda Marg'ilon shahrining yubileylari jahon miqyosida nishonlanishi xorijliklarning bu zaminga bo'lgan qiziqishini yanada orttirib, sayyohlik salohiyati yuksalishiga xizmat qilmoqda.


Ayni paytda Farg'onaga tashrif buyurayotgan mehmonlar uchun Marg'ilon, Qo'qon va Farg'ona shaharlari hamda Quva tumani bo'ylab sayyohlik yo'nalishlari tashkil qilinmoqda. Yangi sayyohlik yo'nalishlari – Marg'ilonda Burhoniddin Marg'inoniy, Said Ahmad Eshon majmualari, Pirsiddiq Hazrat chillaxonasi va maqbarasi, Uvaysiy uy-muzeyi, hunarmandlar ustaxonalari, Qo'qon shahridagi O'rda saroyi va unda joylashgan O'lkani o'rganish muzeyi, Jom'e, Kamolqozi masjidlari, Norbo'tabiy majmuasi, Dahmai Shohon va Madalixon tarixiy yodgorliklari, Farg'ona shahri hamda Quvadagi Ahmad Farg'oniy majmualari bo'ylab uyushtirilayotgan ekskursiyalar sayyohlarda katta taassurot qoldirmoqda. Milliy hunarmandlik mahsulotlari ko'rgazmasining tashkil etilishi ham yangi imkoniyatlarga yo'l ochmoqda.


Buyuk astronom, matematik va geograf Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir al-Farg'oniy 797-865-yillarda yashab ijod qilgan. Yevropada Al-Fraganus nomi bilan shuhrat qozongan. Olim astronomiya, matematika va geografiya fanlariga oid ko'plab ilmiy asarlar yozib qoldirgan. U Damashqdagi rasadxonada osmon jismlari harakati va o'rnini aniqlash, yangicha zij (astronomik jadval) yaratish ishlariga rahbarlik qilgan hamda 832-833-yillarda Suriya shimolidagi Sinjor dashtida Tadmur va ar-Raqqa oralig'ida er meridiani bir darajasining uzunligini aniqlashda qatnashgan. Farg'oniy "Miqyosi Nil”, ya'ni suv sathini o'lchaydigan asbob yaratgan.


Bizning davrimizgacha Ahmad Farg'oniyning sakkizta asari etib kelgan, ular orasida "Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum kitobi” dunyo olimlari tomonidan hozir ham keng o'rganilmoqda. Olimning "Astronomiya asoslari” asari o'n ikkinchi asrdayoq lotin va ivrit tillariga tarjima qilinib, keyinchalik Italiya, Germaniya, Frantsiya, Gollandiya va AQSh kabi ko'plab mamlakatlarda qayta-qayta chop etilgani uning ahamiyatidan dalolat beradi. Allomaning Yerning sharsimon ekani borasidagi qarashlarini oradan 800 yil o'tib isbotlagan mashhur sayyoh Xristofor Kolumb "Yer meridianining bir darajasi miqdori haqidagi al-Farg'oniy hisoblarining to'g'riligiga to'la ishonch hosil qildim”, deb yozgan. O'n oltinchi asrda Oydagi kraterlardan biriga bobokalonimiz nomi berilgan. Misrda, Nil daryosining Roda orolida 2007-yili Ahmad Farg'oniyga haykal o'rnatilgani barchamizga g'urur-iftixor bag'ishladi. Bularning barchasi dunyo tamadduniga ulkan hissa qo'shgan buyuk ajdodlarimizga bo'lgan yuksak ehtiromning amaliy ifodasidir.YUNESKO qaroriga muvofiq 1998-yilda Ahmad Farg'oniy tavalludining 1200 yilligi xalqaro miqyosda keng nishonlandi. Bu buyuk ajdodimizning jahon sivilizatsiyasi rivojiga qo'shgan ulkan hissasi, xalqimiz ilmiy salohiyatining yana bir e'tirofi bo'ldi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan alloma tug'ilib o'sgan Quva shahri va viloyat markazida qomusiy olimga haykal o'rnatildi.


BUXORO SANATI OBIDALARI
Ark — Oʻrta Osiyo koʻhna shaharlaridagi hukmdorlar qarorgohi joylashgan qalʼaband oʻrda. Yozma tarixiy manbalarda koʻhandiz, diz, koh, qasr, qalʼa, hisor nomlari bilan ham tilga olinadi. Tabiiy baland tepa yoki maxsus yaratilgan baland doʻnglik ustiga qurilib, atrofi baland devor bilan oʻralgan, bir yoki ikki darvozasi boʻlgan. Ark ichida podshoh va amirlarning, amaldor va lashkarboshilarning uy-joylari, davlat devonlari, zarbxona, masjid, sardoba va b. binolar boʻlgan. Buxoro arki, Qoʻqon oʻrdasi. Koʻhna ark tashqi qal`aband devorlari. ichkaridagi serhasham saroy binolari saqlanib qolgan. Samarqanddagi Amir Temur bunyod etgan Arki Oliy va Chaqartosh qoʻrgʻon binolarining qoldiqlari. Tashqi qal`a devorlari 19 asrda mustamlaka maʼmuriyati tomonidan atayin buzib tashlangan.Minorai Kalon (Katta minora), Arslonxon minorasi — Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik. Muxandis va meʼmor Baqo loyihasi asosida Arslonxon qurdirgan (1127). M.k. oʻrnida avval ham minora boʻlgan, u qulab tushgach, hozirgisi mustahkam qilib qayta qurilgan. Poydevori tosh va maxsus qir qorishmasidan terilgan. Yer sathidan 9 m chu-qur, bal. 50,0 m, kursisi qirrador, tanasi gʻoʻlasimon, tepasi gumbazli davra qafasa-koʻshk bilan bogʻlangan. Minora yuqoriga ingichkalashib boradi va muqarnas bilan tugaydi. Qafasasidagi 16 ravoqli darchalar orqali atrofni kuzatish mumkin. Tepaga minora ichidagi 104 pilpoya aylanma zina orqali chiqiladi. Masjidi kalon tomonidan minoraga oʻtiladigan koʻprikcha boʻlgan. M.k.ning oʻzagi ham, bezagi ham chorsi gʻisht (27x27x4x5 sm) ganchxok lo-yida terilgan. Bezak gishti oʻrniga qarab turli shaklda, sirti silliq pardozlangan.
Bahouddin majmuasi — shayx Bahouddin Naqshband mozori yonidagi hazira — ansambl (Buxoro viloyati, 16-a.). Mozor Abdulazizxon buyrugʻi bilan tartibga solinib, hazira barpo etilgan va 1544 — 45 y.larda majmuaning eng katta binosi — xonaqoh qurilgan. B. m. daxmalar (Daxmai shohon va Baho-uddin daxmasi), maqbara, 2 masjid, saqoxona, hovuz, quduq, minora, Madrasa va Abdulazizxon xonaqohidan ibo-rat. Majmua kichik gumbazli chortoq darvozaxonadan boshlanadi. Darvozadan oʻtgach, oʻngda kichkina masjid, chap to-monda ziyoratchilar uchun turli binolar boʻlganligi maʼlum. Yoʻl davomida chapda xonlar mozori — Daxmai shohon joylashgan. Daxmai shohon toʻgʻri toʻrtburchak tarhli, bal. 2.5 m, usti kulrang marmar bilan qoplangan. Unda marmar oʻymakorligi, xattotlik saiʼ-atining ajoyib namunalari mavjud. Marmarlarga tokchalar, ustunchalar, sharafalar, sarv surati va b. bezaklar oʻyilgan; naqshlar baʼzida yozuvlar bilan aralash uchraydi. Buxoro shahrida joylashgan Ulug‘bek madrasasi Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bek tomonidan bunyod etilgan.
Madrasa qurilishi o‘rta asrlarning so‘nggiga to‘g‘ri keladi. U XV asrning birinchi choragida, ya’ni 1417-yilda qurib bitkazilgan.
Temuriylar sulolasi hukmronligi davrida bunyod etilgan bu obida Buxoro shahrining eski shahar qismida, Abdulazizxon madrasasi ro‘parasida bunyod etilgan. Mir Arab madrasasi Madrasaning bunyod etilishida homiylik qilgan Mir Аrаbning аsl ismi Sаyyid Аbdulla Yamaniy bo‘lib, u 22 yoshidа Sаmаrqаndgа kelib Хоjа Аhrоrgа shоgird tushgаn. Turkistоnning Sаbrоn (Sаvrоn)idа 2 kоriz (yer оsti аrig‘i) qаzdirgаn, suv chiqаrgаn, qаl’а binо etib, Shоfirkоn, Vоbkent, G‘ijduvоndа ko‘p jоylаrni оbоd qilgаn (Shоfirkоndа Mir Аrаb qаl’аsi sаqlаngаn). U nаqshbаndiya tаriqаtining rivоjlаnishigа kаttа hissа qo‘shgаn. Abdulla Yamaniy mаdrаsа qurilishini nihоyasigа etkаzа оlmаgаn, 1536-yil bоshidа vаfоt etgаn.

Download 201.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling