Mavzu: Ichki energiya. Entalpiya xodisasi. Reja
Download 24.1 Kb.
|
5-maruza (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qisqacha xulosalar
- Nazorat savollari
MAVZU: Ichki energiya. Entalpiya xodisasi. Reja: Ichki energiya tushunchasi. Jismning ichki energiyasi qiymatlari. Entalpiya jarayoni. Tayanch iboralar:Potensial energiya, molekula kinetik energiyasi,absolyut nol xarorat. Moddani tashkil etgan zarralarning, ya’ni atom, ion,molekulalarning ilgarilanma , aylanma, tebranma xarakatlaridagi kinetik va potensial energiyalarining algebraik yigindisi sistemaning ichki energiyasi deb ataladi va kJ/kg ulchov birligida o’lchanadi. Bu energiya bir necha tur energiyalar yig‘indisiga teng: 1).Molekulalarning ilgarilanma va aylanma xarakatlari natijasida xosil buluvchi kinetik energiyasi; 2).Elektronlar energiyasi; 3).Ichki yadro energiyasi; 4).Potensial energiya; 5).Elektromagnit nurlanish energiyasi. Ichki energiya tushunchasini fanga 1850 y. ingliz olimi V.Tomson kiritgan. Jismning ichki energiyasi quyidagicha xisoblanadi. U=Ukin+Upom+U0 bu erda Ukin - molekulalarning ichki kinetik energiyasi; Upom - molekulani ichki potensial energiyasi; U0 - doimiy integral. U0 - miqdori nol energiya deb hisoblanadi eki absolyut nol xaroratdagi ichki energiyasi. Ma’lumki T=0 bo‘lganda molekulalarning tarkibiga kiruvchi molekulalar va atomlarning harakati to‘xtaydi, lekin atomlar ichidagi zarrachalar harakati davom etadi. Ichki energiyani istalgan ikki ko‘rsatkichning funksiyasi ko‘rinishida keltirish mumkin. M olekulyar – kinetik nazariyaga muofik moddani tashkil etgan zarralar sharchalar shaklida bulib , ularning radiuslari 10ˉ¹º m tartibida buladi. 1 g moddadagi zarralar soni esa 10²² tagacha etadi. Masalan 1 g suvdagi zarralar soni 3,3 x 10²² darajadagi kiymatga ega. Bu zarralar xamisha tartibsiz ravishda xarakatlanadi.Zarralar uz radiusida , ya’ni molekula yoki atomdan chikmaydigan chegarada xarakatlansa , ularning xarakati issiklik tartibidagi xarakat xisoblanadi. Demak modda zarralarining energiyalari yigindisi noldan farkli bulsa , sistema muvozanat xoldan chikkan buladi. Termodinamik sistema bir necha sistemachalardan tashkil topgan bulishi mumkin. Masalan molekula xam uziga xos sistema bulib , u atomlardan tashkil topgan. Uz navbatida atom xam , proton ,neytron,yadro, va elektron kobikdan iborat buladi. Entalpiya. Entalpiya (yunoncha entholpo - isitaman) termodinamik tizimning holat funksiyasi bo‘lib, u i harfi bilan belgilanadi.Jismning entalpiyasi deganda , biror ishni bajarish uchun sarflangan issiklik mikdori tushuniladi. Termodinamik tizimning ichki energiyasi U bilan shu tizimni bosimi R ni hajmi V ga bo‘lgan ko‘paytmasini yig‘indisi entalpiya deb ataladi. Entalpiya ekstensiv ko‘rsatkich hisoblanadi, chunki qiymati massaga to‘g‘ri proporsional.Tenglamadan kurinib turibdiki, unga kirgan kattaliklar termodinamik sistemaning xolat funksiyasi xisoblanadi . SHuning uchun Entalpiya jarayonini funksiya kurinishida , xolat parametrlari orkali ifodalash mumkin. i = f ( RV) i = f (VT) i = f ( RT) Asosan entalpiya jarayoni xaroratga boglik bulgan kattalikdir. Kuyida entalpiya jarayonini kursatuvchi PV – diagrammasi berilgan. Diagrammaga muofik aloxida berilgan issiklik mikdorining kattaligini va bajaradigan ishini urganish mumkin. Qisqacha xulosalar: 1. Moddani tashkil etgan zarralarning, ilgarilanma , aylanma,tebranma xarakatlaridagi kinetik va potensial energiyalarining algebraik yigindisi sistemaning ichki energiyasi deb ataladi . 2. Ichki energiya tushunchasini fanga 1850 y. ingliz olimi V.Tomson kiritgan. 3. Jismning entalpiyasi deganda , biror ishni bajarish uchun sarflangan issiklik mikdori tushuniladi. 4. Asosan entalpiya jarayoni xaroratga boglik bo’lgan kattalikdir. Nazorat savollari Ichki energiya deb nimaga aytiladi? Entalpiya deganda nimani tushunasiz ? Absolyut xarorat deb nimaga aytiladi? Ichki energiya qanday o‘lchov birliklariga ega? Download 24.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling