Mavzu: Ichki energiya. Entalpiya xodisasi. Reja


Download 24.1 Kb.
Sana23.04.2023
Hajmi24.1 Kb.
#1382691
Bog'liq
5-maruza (1)


MAVZU: Ichki energiya. Entalpiya xodisasi.
Reja:

  1. Ichki energiya tushunchasi.

  2. Jismning ichki energiyasi qiymatlari.

  3. Entalpiya jarayoni.

Tayanch iboralar:Potensial energiya, molekula kinetik energiyasi,absolyut nol xarorat.

Moddani tashkil etgan zarralarning, ya’ni atom, ion,molekulalarning ilgarilanma , aylanma, tebranma xarakatlaridagi kinetik va potensial energiyalarining algebraik yigindisi sistemaning ichki energiyasi deb ataladi va kJ/kg ulchov birligida o’lchanadi. Bu energiya bir necha tur energiyalar yig‘indisiga teng:
1).Molekulalarning ilgarilanma va aylanma xarakatlari natijasida xosil buluvchi kinetik energiyasi;
2).Elektronlar energiyasi;
3).Ichki yadro energiyasi;
4).Potensial energiya;
5).Elektromagnit nurlanish energiyasi.
Ichki energiya tushunchasini fanga 1850 y. ingliz olimi V.Tomson kiritgan. Jismning ichki energiyasi quyidagicha xisoblanadi. U=Ukin+Upom+U0 bu erda Ukin - molekulalarning ichki kinetik energiyasi; Upom - molekulani ichki potensial energiyasi; U0 - doimiy integral. U0 - miqdori nol energiya deb hisoblanadi eki absolyut nol xaroratdagi ichki energiyasi. Ma’lumki T=0 bo‘lganda molekulalarning tarkibiga kiruvchi molekulalar va atomlarning harakati to‘xtaydi, lekin atomlar ichidagi zarrachalar harakati davom etadi.
Ichki energiyani istalgan ikki ko‘rsatkichning funksiyasi ko‘rinishida keltirish mumkin.

M olekulyar – kinetik nazariyaga muofik moddani tashkil etgan zarralar sharchalar shaklida bulib , ularning radiuslari 10ˉ¹º m tartibida buladi. 1 g moddadagi zarralar soni esa 10²² tagacha etadi. Masalan 1 g suvdagi zarralar soni 3,3 x 10²² darajadagi kiymatga ega. Bu zarralar xamisha tartibsiz ravishda xarakatlanadi.Zarralar uz radiusida , ya’ni molekula yoki atomdan chikmaydigan chegarada xarakatlansa , ularning xarakati issiklik tartibidagi xarakat xisoblanadi. Demak modda zarralarining energiyalari yigindisi noldan farkli bulsa , sistema muvozanat xoldan chikkan buladi. Termodinamik sistema bir necha sistemachalardan tashkil topgan bulishi mumkin. Masalan molekula xam uziga xos sistema bulib , u atomlardan tashkil topgan. Uz navbatida atom xam , proton ,neytron,yadro, va elektron kobikdan iborat buladi.
Entalpiya.
Entalpiya (yunoncha entholpo - isitaman) termodinamik tizimning holat funksiyasi bo‘lib, u i harfi bilan belgilanadi.Jismning entalpiyasi deganda , biror ishni bajarish uchun sarflangan issiklik mikdori tushuniladi. Termodinamik tizimning ichki energiyasi U bilan shu tizimni bosimi R ni hajmi V ga bo‘lgan ko‘paytmasini yig‘indisi entalpiya deb ataladi.
Entalpiya ekstensiv ko‘rsatkich hisoblanadi, chunki qiymati massaga to‘g‘ri proporsional.Tenglamadan kurinib turibdiki, unga kirgan kattaliklar termodinamik sistemaning xolat funksiyasi xisoblanadi . SHuning uchun Entalpiya jarayonini funksiya kurinishida , xolat parametrlari orkali ifodalash mumkin.
i = f ( RV) i = f (VT) i = f ( RT)
Asosan entalpiya jarayoni xaroratga boglik bulgan kattalikdir.
Kuyida entalpiya jarayonini kursatuvchi PV – diagrammasi berilgan. Diagrammaga muofik aloxida berilgan issiklik mikdorining kattaligini va bajaradigan ishini urganish mumkin.
Qisqacha xulosalar:
1. Moddani tashkil etgan zarralarning, ilgarilanma , aylanma,tebranma xarakatlaridagi kinetik va potensial energiyalarining algebraik yigindisi sistemaning ichki energiyasi deb ataladi .
2. Ichki energiya tushunchasini fanga 1850 y. ingliz olimi V.Tomson kiritgan.
3. Jismning entalpiyasi deganda , biror ishni bajarish uchun sarflangan issiklik mikdori tushuniladi.
4. Asosan entalpiya jarayoni xaroratga boglik bo’lgan kattalikdir.
Nazorat savollari

  1. Ichki energiya deb nimaga aytiladi?

  2. Entalpiya deganda nimani tushunasiz ?

  3. Absolyut xarorat deb nimaga aytiladi?

  4. Ichki energiya qanday o‘lchov birliklariga ega?

Download 24.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling