Mavzu: Ichki nazorat tizimining elementlari. Reja


Ichki nazorat tizimi bo‘yicha savolnoma


Download 37.28 Kb.
bet10/10
Sana24.12.2022
Hajmi37.28 Kb.
#1059453
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ichki audit elementlari

Ichki nazorat tizimi bo‘yicha savolnoma ichki nazorat tizimini tasvirlash uchun eng keng tarqalgan usul hisoblanadi. Bu savolnomani ko‘pgina auditorlik firmalari o'zlari uchun qulay shaklda tuzadilar. Savolnomadagi savollar operatsion sikllarga ko‘ra guruhlangan bo'ladi. Buning natijasida tekshiruvni auditorlik firmasining bir necha xodimlari o‘rtasida qulay tarzda taqsimlash mumkin bo'ladi. Ammo savolnomaning kamchiligi shundaki. u mijoz ichki nazorat tizimining barcha qirralarini qamray olmasligi mumkin. Ba’zi mijozlar ichki nazorat tizimi o‘zaro o‘xshash bo‘lishi mumkin. Boshqalarining ichki nazorat tizimi esa mutlaqo boshqacha tuzilgan bo‘lishi mumkin. Savolnoma esa ko‘pincha umumiy bo'ladi va ba’zi irijozlar ichki nazorat tizimining ma’lum xususiyatlarini e’tiborga olgan savollar uchramasligi mumkin.
Ichki nazorat tizimi bo‘yicha ma’lumotnoma shakl jihatdan savolnomadan tubdan farq qiladi. Savolnomada ichki nazorat tizimining ma’lum qirralari bo‘yicha faqatgina «ha» va «yo‘q» javoblari berilsa, ma’himotnomada bu tizim yozma ravishda to‘liq bayon etiladi. Natijada auditor bu hujjatni to'lidirish uchun ichki nazorat tizimini yanada batafsil o'rganib chiqishi lozim bo‘ladi. Umuman olganda, auditorlik firmalari
ichki nazorat tizimini o‘rganish va baholash jarayonida savolnomani ham, ma’lumotnomani ham qo‘llashlari mumkin.
Ichki nazorat tizimi bo‘yicha Nok-sxema tuzishni ko‘pchilik auditorlik firmalari savolnoma yoki ma'lumotnomadan ko‘ra afzalroq hisoblashadi. Blok-sxemada mijozning ma’lumotlarni qayta ishlash va ichki nazorat tizimining tuzilishi haqidagi ma’lumot ma’lum simvollar asosida ifodalanadi. Tajribali auditor blok sxemadan foydalanib, oson tarzda ichki va tashqi hujjatlar aylanishi, buxgalteriya ma’lumotlarining qayta ishlanish
ketma-ketligi haqidagi ma’lumotlarni o'rganishi mumkin bo‘ladi.
Alohida blok-sxema har bir asosiy operatsion siklga tuziladi. Shuningdek, turli ishchilar yoki bo‘limlariii alohida ko‘rsatish uchun bloksxema vertikal ustunlarga bo‘linadi. Blok-sxema odatda yuqori clxap burchakdan boshlanadi. Yo‘nalish yuqoridan pastga va chapdan o'ngga yo‘nalgan bo‘ladi.
Blok-sxemaning savolnoma yoki ma’lumotnomadan ustunligi shundaki, u mijoz ichki nazorat tizimi haqida yanada batafsil va tushunish uchun qulay bo'lgan tasavvurni beradi. Shu bilan birga, takroriy audit tekshiruvini o‘tkazayotganda ham blok-sxemaga o‘zgartirishlar kiritish oson kechadi. Ammo, blok-sxemaning asosiy kamchiligi shundaki, u mijoz ichki nazorat tizimidagi kamchiliklarni har doim ham aniq ko‘rsatmasligi mumkin. Misol uchun, savolnomada ichki nazorat tizimida kamchilik aniqlanganda «yo‘q» javobi beriladi va bu holat auditor e’tiborini darhol shu nuqtaga qaratadi. Ammo, blok-sxemada esa bu kamchilikni ochiq-oydin ko‘rsatish bir oz murakkab.
Shu sabab ko'pgina auditorlik firmalari bir vaqtning o‘zida ham savolnomani, ham blok - sxemani qo‘llaydilar. Umuman olganda, blok - sxema ichki nazorat tizimini tasvirlasa, savolnoma shu nazorat tizimida bo‘lishi lozim bo'lgan elementlarni auditorga eslatib turadi. Auditor tomonidan mijoz ichki nazorat tizimida kamchiliklar aniqlangan
taqdirda, auditor bu kamchiliklarni ularni bartaraf etish yo‘llari bilan birga mijozga ma’lum qilishi lozim. Bu vazifa og'zaki tarzda yoki yozma ko‘rinishda bayon etilishi mumkin. Bu tur hujjatning tayyorlanishi orqali auditor ichki nazoart tizimining sifatsizligi natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan zararga javobgarlikdan ozod bo‘ladi.
Ichki nazorat tizimidagi kamchiliklar yuzasidan mijozga o‘z vaqtida va aniq xabar berilishi natijasida mijoz keyinchalik moliyaviy operatsiya va ma’lumotlarning qayta ishlanish samaradorligini yanada oshirishi mumkin bo'ladi.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, ichki nazorat tizimi korxonaning o‘z oldiga qo‘ygan m a’lum maqsadlariga erishishiiii ta’minlash uchun ishlab chiqilgan chora-tadbirlar
majmuyidir.
Ichki nazorat tizimi korxonaning faqatgina moliyaviy yoki buxgalteriya tizimini qamrab olmay, korxonaning barcha faoliyat sohalarini o‘z ichiga oladi
Xalqaro amaliyotda ichki nazorat tizimi ikki turga bo'linadi: (1) ichki buxgalteriya nazorati tizimi; (2) ichki boshqaruv nazorati tizimi. Ichki nazorat tizimi nazorat muhiti; buxgalteriya tizimi; nazorat amaliyotlari kabi elementdan tashkil topgan. Ichki nazorat tizimi to‘g‘risidagi ma’lumotni kiritlshga mo'ljallangan hujjatlar ichki nazorat tizimi bo‘yicha savolnoma; ichki nazorat tizimi bo‘yicha ma’lumotnoma; ichki nazorat tizimi bo'yicha blok-sxema ko‘rnishida bo‘ladi.
Download 37.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling