Mavzu: Ichki nazorat tizimining elementlari. Reja
Download 37.28 Kb.
|
Ichki audit elementlari
Ichki audit xizmati. Ichki nazorat muhitining yana bir muhim elementi ichki audit tizimidir. Ichki audit xizmati xodimlarining vazifasi korxona ichki nazorat tizimi samaradorligini doimiy ravishda o'rganib borish va korxona bo‘limlari va xodimlari ish faoliyati samaradorligini oshirishga qaratiladi. Ichki audit xizmati xodimlari bevosita korxonaning yuqori rahbariyatiga hisobot topshiradilar. Ichki auditorlar korxona bo‘lim va xodimlari o‘z vazifalarini aniq tushunib yetganliklarini, zaruriy xodimlar bilan ta’minlanganliklarini, o‘z faoliyatlari yuzasidan to‘g‘ri va to‘liq hisob yuritayotganliklarini, pul mablag‘lari, tayyor mahsulot va boshqa aktivlami samarah himoyalaganliklarini tekshiradi va baholaydi. Bu jarayonda kamchiliklar aniqlansa, shu kamchiliklarni bartaraf etish yo'llarini rahbariyatga taklif etadi.
Buxgalteriya ma'lumotlarining to‘g‘riligini tekshirish ichki auditorlar vazifasi emas. Bu ishni korxona buxgalteriya bo'limi xodimlari amalga oshiradi. Ichki auditorlarning vazifasi buxgalteriya ma’lumotlarining to‘g‘ri bo‘lishini ta’minlashi lozim bo‘lgan ichki nazorat tizimining to‘g‘riligini tekshirishdan iborat. Shu o‘rinda shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, ichki va tashqi auditorlar o'rtasida katta farq mavjud. Tashqi auditoming vazifasi mijoz korxona moliyaviy hisobotlari yuzasidan o‘z professional fikrini bildirishdir. Ichki auditorning vazifasi esa korxona moliyaviy hisobotlarini tekshirish emas, balki korxona rahbariyatiga shu korxonanieng samarali asosda boshqarishda yordam berish. Ichki va tashqi auditorlar o'rtasidagi o‘xshashlik ular o‘z vazifalarini amalga oshirishlari uchun qo‘llaydigan uslubdadir, maqsad va yakuniy natijada emas. Ikki tur auditorlar ham buxgalteriya ma’lumotlari bilan ishlaydi va ishchi qog‘ozlar tayyorlaydi. Ammo bu ishni amalga oshirishga undaydigan sabab va yakuniy natijalar turlichadir. Ichki auditorlar o'tkazadigan tekshiruv operatsion audit deyiladi. Ya’ni ular korxona faoliyatini samaradorlik nuqtayi nazaridan o'rganadilar. Misol uchun, korxonaning kreditga tovar sotish faoliyatini o‘rganayotganda tashqi auditor korxonaning shubhali qarzlar bo‘yicha rezervi qanchalik to‘g‘ri ekanligini o‘rganadi. Ichki auditor esa korxonaning shu kreditga Tovar sotish siyosatining o‘zi qanchalik to‘g‘ri tuzilgani va ishlayotganini o‘rganadi. Mustaqillik nuqtayi nazaridan ham ichki va tashqi auditorlar o‘rtasida katta farq mavjud. Ichki auditorlar jamiyat oldida tashqi auditorlar darajasidagi mustaqillikka ega emaslar. Chunki ular korxona xodimlari hisoblanadi va shu korxonaga moliyaviy jihatdan bog‘liq. Shuning uchun ham ular moliyaviy hisobotlar auditini o‘tkazmaydilar. Tashqi auditorlarning esa korxonada hech qanday manfaatlari yo‘q. Shu sabab, ular korxonaga nisbatan to‘liq mustaqil. Ba’zi sabablarga ko‘ra bu mustaqillik buzilgan taqdirda, auditorlar tekshiruvdan chetlashtirilishlari lozim. Download 37.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling