Psixologiyada korish illyuziyalarining organilishi muayyan ozining tadqiqot tarixiga ega. Masalan, agarda biz korsatkich va orta barmoqlarimizni chalishtirib, noxot yoki bironta dumaloq narsani chalishtirgan holda ikkala barmoqimizning uchi bilan bosib turib, shuningdek ayni bir davrda aylantiraversak, bu holda barmoqlarimizning tagida bitta emas, balki ikkita noxot bordek his qilamiz. - Psixologiyada korish illyuziyalarining organilishi muayyan ozining tadqiqot tarixiga ega. Masalan, agarda biz korsatkich va orta barmoqlarimizni chalishtirib, noxot yoki bironta dumaloq narsani chalishtirgan holda ikkala barmoqimizning uchi bilan bosib turib, shuningdek ayni bir davrda aylantiraversak, bu holda barmoqlarimizning tagida bitta emas, balki ikkita noxot bordek his qilamiz.
- Ana shu holdagi bir narsaning ikkita bolib sezilishi Aristotel (Arastu) illyuziyasi deb ataladi.
- Idrok qiluvchi shaxsning psixikasida roy beradigan ozgarishlar bilan yuzaga keladigan tasodifiy illyuziyalar ham mavjuddir. Sahroda chanqagan inson uzoqda yarqirab turgan shorhok yerni kol deb idrok qilishi (lekin bu illyuziyani sahrodan farq qila olishi joiz) yoki ormondagi tonka qorqoq insonning koziga bironta yirtqich hayvonga oxshab korinishi xuddi shu illyuziyalar jumlasidandir.
- Gallyusinasiya
Gallyusinasiya - Gallyusinasiya
- Voqelikdagi narsa va hodisalarning tana a'zolarini qabul qilish analizatorlarga bevosita ta'sir etmasdan inson ongida turli obrazlarning (ovozlarning eshitilishi, sharpalarning sezilishi) xayolan, fikran paydo bolishidan iborat idrokning psixopatalogik (ruhiy xastalik) hodisasiga gallyusinasiya deyiladi. Gallyusinasiya hodisasi muvaqqat ruhiy xastalikning alomati, ba'zan qorqinch hissi mahsuli hisoblanib, bosh miya katta yarim sharlari qobiqidagi qozgalish jarayonlarining nuqsonli sust (patologik) harakati natijasida goho asab tizimining zaharlanishi, zaiflashuvi, haddan tashqari toliqishi tufayli yuzaga kelishi mumkin. Gallyusinasiya hodisasi bir necha xil korinishga ega bolishi mumkin, ularning eng asosiylari quyidagilardan iboratdir: a ) yoq narsalarning kozga korinishi; b) u yoki bu ovozlar, tovushlar eshitilishi; v) yoq sharpalar, hidlar sezilishi kabilardir.
- Odatda illyuziyani gallyusinasiyadan farq qila olish lozim. Illyuziya shu lahzada shaxsning sezgi a'zolariga ta'sir etib turgan biror narsani yanglish, notogri idrok qilish jarayoni bolsa, gallyusinasiya yoq mavjud bolmagan narsalarni tashqi ta'surotsiz idrok qilishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |