Juda kop hollarda obyektni fondan tez va aniq ajratib olish uchun uni alohida rang, shakl va belgilar bilan ta'kidlab qoyiladi. Masalan, transport belgilari, temir yol ishchilari maxsus toq sariq rangli kiyim kiyadilar va boshqalar. - Juda kop hollarda obyektni fondan tez va aniq ajratib olish uchun uni alohida rang, shakl va belgilar bilan ta'kidlab qoyiladi. Masalan, transport belgilari, temir yol ishchilari maxsus toq sariq rangli kiyim kiyadilar va boshqalar.
- Appersepsiya
- Idrokning oziga xos xususiyatlaridan biri idrok jarayoniga butun psixik hayot mazmunining (ya'ni butun ma'naviy boyligining) ta'sir etishidir. Yuqorida aytilganidek, idrok jarayoni odamning turmush tajribasi bilan bogliq ekan, binobarin, idrok jarayoniga bilim boyligi odamning ishonch, e'tiqodlari, dunyoqarashi, qiziqish va ehtiyojlari hamda kasbi ta'sir qiladi. Psixologiyada idrok jarayoniga odamning butun ma'naviy hayot boyligini ta'sir etishini appersepsiya deb yuritiladi. Appersepsiya - idrok jarayonini shaxsning oldingi bilimlari, shaxsiy va ijtimoiy tajribalari, qiziqishlari, motivasiyasi, ehtiyojlari va odatlari, umuman ruhiy hayotining barcha mazmuni bilan belgilanishidir. Appersepsiya hodisasi tufayli odamlar ozaro idrokining mazmuni bilan bir-birlaridan muayyan darajada tafovutlanadilar, ya'ni ular aynan bir xil narsani uzining bilimi, saviyasi, nuqtai nazari, dunyoqarashi va ijtimoiy kelib chiqishiga asoslangan holda turlicha idrok qiladilar hamda aks ettiradilar.
Pedagogik va psixologik bilimlarga ega bolgan tarbiyachi bilan bunday bilimlardan mutlaqo xabarsiz bolgan oddiy bir onaning bolalaridagi turli extiyojlar va harakatlarni idrok qilishlari ortasida keskin farq mavjud. Masalan, ildiz tushunchasini bolalar osimliklarning moddiy asosi sifatida, matematiklar sonlarning ildizi korinishida, ijtimoiy nuqtai-nazardan qarindosh-urugchilik shaklida koz oldiga keltiradilar. Appersepsiya tushunchasi ba'zi hollarda idrokning aniqligi, toliqligi, ravshanligi, predmetliligi, tanlovchanlik kabi sifatlarning ma'nosi ornida qollanilgan. - Pedagogik va psixologik bilimlarga ega bolgan tarbiyachi bilan bunday bilimlardan mutlaqo xabarsiz bolgan oddiy bir onaning bolalaridagi turli extiyojlar va harakatlarni idrok qilishlari ortasida keskin farq mavjud. Masalan, ildiz tushunchasini bolalar osimliklarning moddiy asosi sifatida, matematiklar sonlarning ildizi korinishida, ijtimoiy nuqtai-nazardan qarindosh-urugchilik shaklida koz oldiga keltiradilar. Appersepsiya tushunchasi ba'zi hollarda idrokning aniqligi, toliqligi, ravshanligi, predmetliligi, tanlovchanlik kabi sifatlarning ma'nosi ornida qollanilgan.
- Psixologik nazariyalariga kora, appersepsiya hodisasi barqaror va vaqtincha (muvaqqat) deb yuritiluvchi ikki turga ajratiladi. Barqaror appersepsiya hodisasi shaxsning dunyoqarashi, qat'iy maslagi, motivasiyasi, qiziqishi, bilim saviyasi, madaniy darajasi, xulq-atvori, ma'naviyati va kasbiy tayyorgarligiga bogliq bolib, u ota murakkab tuzilishga egadir. Muvaqqat (vaqtincha) appersepsiya turi esa shaxsning faqat idrok qilishi jarayonidagi emosional holatiga, ya'ni uning kayfiyati, ruhlanishi, shijoati, stress, affekt korinishidagi his-tuygularida, ularning sur'ati, davomiyligi tizimida oz ifodasini topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |