Kuzatish va kuzatuvchanlik. - Kuzatish va kuzatuvchanlik.
- Idrokning oziga xos juda muhim xususiyatlaridan yana biri kuzatuvchanlikdir. Umuman olganda idrok jarayonining hammasi kuzatish bilan har doim uzviy bogliq. Chunki odam idrok qilayotganida nimanidir kuzatadi. Lekin ixtiyorsiz idrok jarayonidagi kuzatiladigan narsa va hodisalar odamning esida saqlanib qola bermaydi.
- Kuzatishning muvaffaqiyati oldindan qoyiladigan tayyorgarlikka, kishining bilim va tajribalariga, diqqatining kuchiga va fikrlash faolligiga bogliq. Kishining rejali, tizimli va davomli ixtiyoriy idrok qilish qobiliyatini kuzatuvchanlik deyiladi. Kuzatuvchanlik shaxsning shunday xislatidirki, bunda u narsa va hodisalarning unga bilinmaydigan muhim xarakterli xususiyatlarini payqay oladi.
- Akademik I.P.Pavlov kuzatuvchanlikning ilmiy bilimdagi ahamiyatiga yuksak baho bergan. U Sankt-Peterburg yaqinidagi Pavlova shaqridagi fiziologiya institutining oldi tomoniga "Kuzatuvchanlik, kuzatuvchanlik va yana kuzatuvchanlik" deb yozdirib qoygan.
- Idrokda obyekt va fon
- Odamga juda kop narsa va hodisalar ta'sir qilib turadi. Bular
shunday kop xossalarga egaki, hatto odam bir vaqtning ozida ularga javob reaksiyasi qaytara olmaydi. Odam kop sonli qozgovchilardan faqat ayrimlarini aniq holda ajratib oladi. Shu ajratib olingan narsa hodisalar esa fon sanaladi. Idrok qilinadigan narsani orab turgan boshqa narsa, jism yoki hodisalarga nisbatan obyekt hisoblanib, obyektning atrofdagilari esa fon deyiladi. Masalan, oqituvchi bir darsda bir necha oquvchilardan soraydi. Har safar sorayotganlarni koradi. Chaqirilgan oquvchi uning javobi xatti-harakati idrok obyekti hisoblanadi. - shunday kop xossalarga egaki, hatto odam bir vaqtning ozida ularga javob reaksiyasi qaytara olmaydi. Odam kop sonli qozgovchilardan faqat ayrimlarini aniq holda ajratib oladi. Shu ajratib olingan narsa hodisalar esa fon sanaladi. Idrok qilinadigan narsani orab turgan boshqa narsa, jism yoki hodisalarga nisbatan obyekt hisoblanib, obyektning atrofdagilari esa fon deyiladi. Masalan, oqituvchi bir darsda bir necha oquvchilardan soraydi. Har safar sorayotganlarni koradi. Chaqirilgan oquvchi uning javobi xatti-harakati idrok obyekti hisoblanadi.
- Muayyan sharoitda shaxs tomonidan idrok qilinadigan narsa yoki jism idrokning obyekti deb ataladi. Boshqa oquvchilar faoliyati idrok foni bolib qoladi. Idrok foniga kirgan oquvchi javob berish uchun chaqirilib qolsa, idrok obyektiga aylanadi va aksincha. Demak, idrok obyekti va foni dinamik tabiatga ega bolib, doimo ozgarib turadi. Obyekt va fonning dinamikligi bosh miya katta yarim sharlari postida vujudga keladigan optimal qozgalish ochoqining almashinishi bilan taqozo etiladigan diqqatning bir obyektdan boshqa obyektga otishi bilan izohlanadi. Idrok fonidan obyektni ajratishning psixologik qonuniyatlarini ikkilangan tasvirlar, shrederlar zinapoyasi, predmet konturlarini ajralishi kabilarda aniq korish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |