Mavzu: Ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar, ularning tarkibi


Resurslarning kamyobligi va ehtiyojlarni qondirishning optimal darajasi


Download 147.58 Kb.
bet6/7
Sana22.04.2023
Hajmi147.58 Kb.
#1379019
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ijtimoiy iqtisodiy ehtiyojlar, ularning tarkibi va turkumlanishi

3.Resurslarning kamyobligi va ehtiyojlarni qondirishning optimal darajasi
Resurslarning so`nggi ikki turi ishlab chiqarishning shaxsiy insoniy omili hisoblanadi. Resurslar sarfi texnika-texnologiya darajasiga bog`liq bo`ladi. Bu daraja qanchalik yuqori bo`lsa ehtiyojlarni qondirish shu qadar kam resurs talab qiladi yoki aksincha. masalan, eski texnologiya sharoitida 10 so`mlik mahsulot olish uchun 1 kVt elektr energiya sarf qilinsa, ilg`or texnologiya sharoitida 0,5 kVt sarflanadi, demak, energo resurs birligi evaziga 2 barobar ko`p mahsulot olinadi,
Resurslarning kamyobligi umumiy xodisa. Bu ekiladigan yerlarning er osti va er usti boyliklarning, mehnatga yaroqli aholi sonining cheklangan bo`lishi, energiya resurslarining etishmasligida ifoda etiladi. Masalan, keyingi 200 yil ichida er yuzasida istemolchilar soni 5 marta ko`paydi, ammo er sathi, tabiiy boyliklar ko`paygani yo`q. Er kurrasini 72% okeanlardan, 28% esa quruqlikdan iborat, ammo quruqlikni ham talay qismida yashab bo`lmaydi. Chunki, qumlik, sahro, suvsiz cho`li biyobon, osmono`par tog`lardan iborat. Sarf etilgan er osti boyliklarni umuman tiklab bo`lmaydi, ammo erning o`simliklar va xayvonot olamini tiklab bo`ladi.
Fan-texnika taraqqiyoti sharoitida malakali ish kuchi ham kamyob resursga aylanadi. Shunday sharoitlarda kishilar o`sayotgan ehtiyojlarni faqat mavjud resurslarga tayangan holda qondirishga harakat qiladilar.
Ehtiyojlarni qondirishning optimal darajasi
Resurslarni ko`proq ishlatish hisobidan-ehtiyojlarni qondirish vaqtinchalik, chunki, resurslar tugab boravergani sayin kishilar uni kamroq sarflash yo`lini qidiradilar,resurslarni tejovchi texnologiya yaratilib, keng qo`llaniladi. Natijada resurs birligini ishlatishdan olingan mahsulot ko`payadi. Umuman olganda cheksiz ehtiyojni kamyob resurs bilan ta`minlash uchun 2 narsa amalga oshishi shart:1.Ehtiyojlar ko`p bo`lganidan ularning hammasini birdaniga qondirish mumkin emas, shu boisdan ularniig eng muhimi ajratib olinadi va ishlab chiqarish ularni qondirishga karatiladi, Masalan, hozir O`zbekiston uchun neft mahsulotlari va donga bo`lgan ehtiyoj eng zarur ehtiyojlardan hisoblanadi va resurslar eng avval shularni qondirishga qaratilgan. Shu sababli 2002 yil O`zbekistonda qishloq xo`jaligi 6 foiz, sanoat –2.5 foiz, iste`mol tovarlar ishlab chiqarish 11,8 foiz ko`paydi va 5 million 400 ming tonna don etishtirildi. 2. Resurslar kamyob bo`lganidan ishlab chiqarishning eng zarur sohalariga ustivorlik beriladi.Muqobil mahsulotlardan eng maqbuli tanlab olinadi. Bir mahsulot uchun resurs ko`proq ketsa, tabiiy ravishda boshqasiga kamroq qoladi. Hadisi sharifda aytilganidek “tejamkorlar muxtoj bo`lmaslar”Shuning uchun resurslar sarfining eng tejamli usuli tanlanadi, shunda shu resurs birligi hisobiga ko`proq mahsulot olinadi ehtiyojni to`laroq kondirish mumkin bo`ladi (ilova)
Egri chiziqda avtomashina va traktor muqobil mahsulot, deb olingan. Ularni ishlab chiqarish uchun ikkalasiga ham bir xil 1 tonnadan metall sarflanadi deb olsak, metall resursi esa jami 10 tonna bo`lsa, traktorni ko`proq chiqarish uchun avtomashinani kamroq ishlab chiqarish zarur bo`ladi. Traktorni uch dona chiqarish uchun avtomashinani 10 ta o`rniga 7 ta chiqarish kerak. Buni boshqacha tasvirlasak ham bo`ladi (ilova 2.3). Kamyob resurslar sharoitida ehtiyojlarni qondirishning optimal darajasi tanlab olinadi. Bunda kam resurs bilan ko`proq ehtiyoj qondiriladi.
Bu qoidaga binoan mahsulot birligini yaratish uchun ketgan resurs sarfi qisqarishi shart, aks holda ehtiyoj to`la qondirilmaydi. Masalan, donga bo`lgan ehtiyojni to`la qondirish uchun don hosildorligini muttasil oshirib borgan holda, har tonna don olish uchun ketgan resurs sarfini qisqartirib borish talab qilinadi.


Xulosa
Yuqorida keltirilgan iqtisodiyot borasidagi mushohadalardan kelib chiqib, nima sababdan iqtisodchilar dunyoga tanqislik nuqtai-nazardan boqishlarini ko’rish mumkin. Tanqislik tushunchasi iqtisodiy resurslar cheklangan mahsulotlar va xizmalart turlarini ifodalaydi.Tanqislik insondagi istagancha tanlab olish imkoniyatini cheklab, bizga mavjud narsalarnigina tanlay olishni talab qiladi. Endi biz hamma narsalardan xohlagancha foydalana olmasdan, mavjud narsalar bilangina kifoyalanishimiz kerak ekanligini anglatadi. “Hech qachon sichqon tutgichda tekin pishloq bo’lmaydi” degan oddiygina naql iqtisodiyotni o’zagini tashkil etadi. Aytaylik, siz biror-bir mahsulotdan bepul foydalandingiz deylik, ammo huddi shu mahsulotni ishlab chiqargan boshqa bir ishlab chiqaruvchi unga qanchadir mablag’ safrlagan-ku! Biror–bir oddiy bo’lib ko’ringan mahsulotni ishlab chiqarish uchun ham qanchadir o’lchamdagi yer maydoni, ish quroli, qo’l mehnati, bunyodkorlik salohoyati kabilar talab qilinadi.
So'nggi o'n yil ichida firma yoki korxonada resurslarni tejash muammosi ayniqsa keskinlashdi. Mavjud korxonalami texnik qayta jihozlash yoki rekonstruksiya qilish - ulami resurslarni tejaydigan texnologiyalarga o'tkazish zarur. Korxonada resurslaming doimiy aylanishi va o'zgarishi bilan ulami tejash va samarali ishlatish juda muhimdir. Resurslarni tejash-ishlab chiqarish omillaridan iqtisodiy va samarali foydalanish bilan bog'liq chora-tadbirlar majmui. Barcha resurslar bir xil tezlikda aylanmaydi - ba'zilari ishlab chiqarish jarayonida to'liq iste'mol qilinadi, boshqalari, masalan, uskunalar-qisman va ko'p hollarda bir xil emas va ulaming iste'mol darajasi asosan ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish xodimlarining ta'sirining etarliligi bilan belgilanadi.
Ko’pincha, biz iste’mol qiladigan juda ko’p mahsulotlasr bizga zaruru holatda bo’lmaydi.Yana bir misol, siz velosiped sotib olmoqchisiz. Albatta velosipedni tayorlash uchun katta xom ashyo (temir), ish kuchi, vaqt ketgan. Lekin siz hech qachon bularni alohida – alohida sotib olib velosipedni qo’lingizda yasay olmaysiz, balki bularning hammasini mujassamlashtirgan holatda teyor velosipedni do’kondan sotib olasiz.Iqtisodiy ne’matlarning yana bir turi mana shunday tayor mahsulotlardan iborat.Jamiyat rivojlanib brogan sari, ehtiyojlar ham orta boradi, ammo aytib o’tganimizdek, shu ehtiyojlarni qondirish uchun kerak bo’lgan iqtisodiy resurslar bizda cheklangandir.
Bu esa ehtiyojlar va resurslarning nomutanosib ekanligini anglatadi. Shu sababli o’sib borayotgan ehtiyojlarni qondirish uchun chegaralangan resurslardan oqilona foydalanib, ularni iqtisodiy iste’mol ne’matlarga aylantirish talab qilinadi.



Download 147.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling