Mavzu: ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va mulkchilik munosabatlari
Download 71.1 Kb.
|
2 МАВЗУ НАЗАРИЯ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mulk
- Tasarruf etish
MAVZU: IJTIMOIY-IQTISODIY TIZIMLAR VA MULKCHILIK MUNOSABATLARI 1. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bosqichlari. Iqtisodiy tizim tushunchasi. 2. Mulkchilik munosabatlarining iqtisodiy mazmuni. 3. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkchilikning shakllari. 4. O’zbekiston Respublikasida mulkchilikni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish. Cheksiz ehtiyojlar va cheklangan imkoniyatlar sharoitida har bir jamiyat quyidagi asosiy savollarga javob olishi kerak: Nima ishlab chiqarish? Qancha ishlab chiqarish? Qanday ishlab chiqarish? Kim uchun ishlab chiqarish? Bu asosiy savollarga javob berish usulini iqtisodiy tizim belgilaydi. Mulk - bu yaratilgan va tabiat in'om etgan boyliklar. Mulkchilik munosabatlari - jamiyatdagi boyliklarni o’zlashtirish xususidagi iqtisodiy munosabatlardir. Egalik qilish - mulkdorlik huquqining mulk egasi qo’lida saqlanib turishidir. Foydalanish - mulkni iqtisodiy faoliyatda qo’llab, xo’jalik jarayoniga kiritib, undan natija olishdir. Tasarruf etish - mulk taqdirini mustaqil hal etish (sotib yuborish, ijaraga berish, merosga qoldirish, ko’paytirish va h.k.). Mulk shakllari - bu o’zlashtirishning xarakteridir, ya'ni uning ko’rinishidir, qiyofasi, mazmunidir. O’z mehnati evaziga o’zlashtirish, o’zgalar yaratgan boylikni tekinga o’zlashtirish, yakka tartibda, jamoa bo’lib, sherikchilik asosida o’zlashtirish borki, ular mulkchilikning har xil shakllarini bildiradi. Davlat mulki - boylikning davlat tomonidan o’zlashtirilishidir. Jamoa mulki - boylikning muayyan maqsad yo’lida ayrim jamoalarga birlashgan kishilar tomonidan birgalikda o’zlashtirilishidir. - kooperativ mulki - ijaraga olingan korxona jamoasi mulki - korxona jamoasining mulki - korxona va tashkilotlar uyushmasi (assosiatsiyasi) mulki - ijtimoiy tashkilotlar mulki - diniy tashkilotlar mulki - oilaviy mulk. Xususiy mulk - ayrim kishilarga tegishli bo’lib, daromad topishga qaratilgan mulk. - individual xususiy mulk - korporativ xususiy mulk. Shaxsiy mulk - shaxsiy yoki oilaviy ehtiyojni qondirishga qaratiladi, shaxsiy yoki oila a’zolarining mehnati asosida shakllanadi. Aralash mulk - alohida olingan mulk ob'ektlari va uning natijalarini turli mulkdorlar tomonidan o’zlashtirishini bildiradi. Download 71.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling