Mavzu: ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotning jonlanishi


Iqtisodiy hayotning jonlanishi


Download 47.5 Kb.
bet3/4
Sana17.06.2023
Hajmi47.5 Kb.
#1547304
1   2   3   4
Bog'liq
IJTIMOIY-IQTISODIY VA MADANIY HAYOTNING JONLANISHI

Iqtisodiy hayotning jonlanishi
Mo'g'ullar istilosi davrida xarob bo'lgan hunarmandchilik, savdo-sotiq va dehqon­chilik asta-sekin tiklana boshlaydi. Hunar­mandchilik va ichki-tashqi savdoning jonlanishi, shubhasiz, xarob bo'lgan shaharlarning qayta tiklanishiga sabab bo'ladi. Garchi hali ko'pgina shahar va viloyatlar xaroba va yarim xaroba holida yotgan bo'lsa-da, Urganch va Buxoro shaharlari qayta tiklanadi. Qadimgi Samarqand vayronalari yonginasida yangit-dan shahar qad ko'taradi. Shaharlarda turli xil davlat, jamoat va ma'ri-fat binolari qurildi. Shahar bozorlari gavjumlashadi.
Yer egaligi
Mo'g'ullar hukmronligi davrida O'rta Osiyoda yerga bo'lgan egalikning mulki devon, mulki inju, mulki vaqf va mulk deb ataluvchi to'rt xil shakli mayjud edi.
Mulklarning kattagina qismi harbiy ma'murlarga davlat oldidagi xizmatlari uchun hadya qilingan yerlar bo'lib, ular suyurg'ol yerlari deb yuritilardi. Bunday yerlarga ega bo'lgan yerdorlar — suyurg'ol egalari barcha soliq va to'lovlardan ozod etilardi. Suyurg'ol yerlari avloddan avlodga meros tariqasida o'tardi.



  • Mulki devon — davlat yeri

  • Mulki inju — hukmdor va noiblariga qarashli yerlar

  • Mulk — xususiy yerlar

  • Mulki vaqf — masjid va madrasa yerlari



Chig'atoy ulusining bo'linishi
Mo'g'ul hukmdorlari va mulkdorlari o'rta-sida bosib olingan mamlakatlarning xalqla-riga ikki xil qarash mayjud edi. Ba'zilari mahalliy zodagonlar, savdogarlar bilan yaqinlashish, hunarmandchilik, dehqonchilikni rivojlantirish, islom dinini qabul qilish tarafdori edi. Boshqalari esa o'troqlik va shahar hayotiga qarshi bo'lib, shaharlarni buzib tashlash. bog' va ekinzor-larni o'tlovlarga aylantirishni istardilar.
Asta-sekin Chig'atoy ulusining bir qator xonlari o'z urug'-qabi-lalari bilan Movarounnahrga ko'chib kelib, mahalliy aholi bilan qo'shilib, o'troqlashib bordilar. Ko'chib kelmay Yettisuvda yashayot-gan mo'g'ullar Movarounnahrga ko'chib kelganlarni «qoraunas» (duragay), Movarounnahrda yashayotgan mo'g'ullar esa ularni «jeie» (qaroqchi, talonchi) deb atay boshladilar. Bu amalda bir-birini haqorat qilish edi. Ular o'rtasida ziddiyat, nafrat kuchayib bordi. Oqibatda Chig'atoy ulusi XIV asrning 40-yillarida ikkiga bo'linib ketdi.
Chig'atoy ulusining Sharqiy Turkiston, Janubiy Sibir va Yettisuv qismi Mo'g'uliston deb atala boshlandi. 1348-yilda Chig'atoy naslidan bo'lgan Tug'luq Temur Mo'g'uliston xoni etib ko'tarildi. Ulusning g'arbiy qismi — Movarounnahr mustaqil idora qilinadigan bo'ldi.
Fan, adabiyot, ma 'rifat va madaniyatning ayrim tarmoqlari ham tiklana boshlaydi. Xususan, shaharsozlik bilan bog'liq bo'l­gan binokorlik va me'morchihk yo'lga qo'yiladi. Koshinpazlik, ganch-korlik, parchinsozlik, me'moriy g'isht o'ymakorligi va me'moriy xattotlik asriy an'ana va tajribalar asosida tiklanib, hatto birmuncha taraqqiy ham qiladi. Binokor-me'morlar qo'li bilan qurilgan ko'rkam imorat-u inshootlar: masjid, madrasa, xonaqoh, maqbara, minora va saroylar qad ko'taradi. Ularning aynmlari bizning davrimizgacha saqlanib qolgan. Buxoro shahridagi Sayfuddin Boxarziy, Bayon-qulixon maqbaralari, Samarqanddagi mashhur Shohizinda me'moriy ansamblining asosiy qismi bo'lgan Qusam ibn Abbos maqbarasining ziyoratxonasi, Ko 'hna Urganchdagi balandligi 62 metrli ulug'vor mi­nora, Najmiddin Kubro va To'rabekxonim maqbaralari shular jum-lasidandir.
XIII asr o'rtalarida Buxoroda «Mas 'udiya» va «Xoniya» nomlari bilan shuhrat topgan ikkita madrasa bino qilinadi, ularning har birida mingtagacha tolibi ilm ahli tahsil olgan.
XIII asrning ikkinchi yarmi va XIV asr boshlarida fors-tojik she'riyatining yirik namoyandalaridan Jaloliddin Rumiy, Sa'diy Sheroziy, Amir Xusrav Dehlaviy kabi buyuk siymolar yashab ijod etganlar.

Download 47.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling