Mavzu. Ijtimoiy menejmentning predmeti va mazmuni Reja: Ijtimoiy menejment predmeti va vazifalari Korporativlik tamoyillari


Download 19.75 Kb.
bet2/2
Sana21.02.2023
Hajmi19.75 Kb.
#1216703
1   2
Bog'liq
4 mavzu ijt

Ijtimoiy soha - davlat ijtimoiy siyosatini amalga oshiruvchi kishilik jamiyati hayot faoliyatining sohasi. Bu siyosat jamiyat hayotining hamma tomonlari taraqqiyotini ta’minlovchi moddiy va ma’naviy ne’matlarni taqsimlash, har bir insonning
hayot tarzini yaxshilashga yo’naltirilgan. «Ijtimoiy» ning mazmuni - bu ijtimoiy guruhlar, individlar o’rtasida ularning holati, jamiyatdagi o’rni va roli, hayot tarzi yuzasidan munosabatlaridir.
Цivilizastiyalashgan rivojlanishning asosiy maqsadi - iqtisodiyot, bozor, texnik tuzilmalar, ularni isloh qilish emas, balki o’z fuqarolari daromadlarini oshirish, ularning turmush darajasini ko’tarish.
Ijtimoiy menejmentning tizimi ko’p funkstiyali bo’lib, ijtimoiy soha tuzilmasiga mos keladi. U quyidagi omillar bilan xarakterlanadi:
1) aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi daromad; 2) oilaviy daromad; 3) eng kam hayot darajasi; 4) iste’mol savati; 5) bandlik; 6) ta’lim; 7) medistina xizmati, ovqatlanish sifati; 8) ekologik holat (havo, atrof muhit holati). 9)demografik holat (tug’ilish, o’lim, umr ko’rish). 10) shaxsiy xavfsizlik holati; 11) jinoyatchilik darajasi; 12) ijtimoiy aloqalar, ijtimoiy kommunikastiyalar ahvoli; 13) jinoyatchilikka qarshi kurash; 14) himoyasiz guruhlarni ijtimoiy qo’llab - quvvatlash (nafaqa-xo’rlar, bolalar, nogironlar); 15) onalik va bolalikni saqlash; 16) mehnat muhofazasi, ish haqi; 17) bo’ysinmas xulq; 18)jismoniy tarbiya va sportning ahvoli; 19) madaniy muhit, uning moddiy-texnik bazasi ahvoli; 20) tovar va xizmatlar sohasi.
Ijtimoiy sohaning har bir tuzilmaviy elementi tizim doirasida qolganlari bilan bog’lik; ijtimoiy sohaning boshqarish organlari tizimi ilmiy usullarga tayanib, o’z a’zolari turmush darajasini oshirish maqsadida barcha ijtimoiy jarayonlarga kompleks ta’sir qilishni amalga oshiradi.
Jamiyatda, va shuningdek, ijtimoiy sohada har qanday o’zgarishlarni amalga oshirish uchun katta miqdorda turli resurslar talab qilinadi: moddiy, moliyaviy, ijtimoiy. Texnika, texnologiya, ilm-fan, madaniyat, ta’limda olg’a siljishni amalga oshirish uchun unga etarli miqdorda resurslar kiritish kerak. Aks holda reja, loyiha, dastur muvoffaqiyatsizlikka uchraydi. Bu muammoni muvaffaqiyatli echimi ijtimoiy menejment ilmi va san’atiga bog’liq. Bir tomonda barcha resurslar, ijtimoiy jarayonlarning ko’p tomonlama ilmiy tahlili, ularni baholash, o’zlashtirish mexanizmlarini bilish kerak bo’lsa, boshqa bir tomondan hayotiy tajribaning mavjudligi, resurslarni ishlatish bo’yicha faoliyat yuritish kerak.
Shunday qilib, ijtimoiy menejmentning mazmunini qonun-lar to’plami, tamoyillar, funkstiyalar, boshqaruv sub’ektining faoliyat usullari, boshqaruv munosabatlarining ijtimoiy muhitda vujudga keluvchi menejerlik jarayonlari tashkil etadi. Shuning uchun ijtimoiy menejmentning asosiy maqsadi - zamonaviy ijtimoiy jarayonlar bilan birgalikda ijtimoiy soha va ijtimoiy resurslardan samarali foydalanishdir.
Ijtimoiy menejmentning metodologik asoslari uning mohiyati, mazmuni, qonuni, qonuniyatlari va tamoyillarini ochib beradi. Ijtimoiy menejment tizimini o’rganish uning tashkiliy shakllari, funkstiyalari va tuzilmasini aniqlaydi, iqtisodiy, tashkiliy-buyruqli, ijtimoiy-psixoligik mexanizm-larini, ularning yig’indisi va hamkorligini ko’rib chiqadi. Bunga shuningdek, ijtimoiy ta’sirning sifati va samaradoligi, menejment madaniyati, menejerlar o’zlarining mehnatini ilmiy tashkil etish nazariyasi, ularni tayyorlash tizimlari, boshqaruv san’ati haqidagi bilimlar ham kiradi.
Shuning uchun, ijtimoiy menejment nafaqat ilm, balki boshqarish san’ati hamdir: unda hissiyot, insonlarning ijodiy imkoniyatlari, ularning individual xususiyatlari, ma’lum ijtimoiy holat, ijtimoiy kenglik sohasida qonunlar va ilm tamoyillarini qo’llay olish jamlanadi.


1


Download 19.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling