Mavzu: Ijtimoiy pedagogikada shaxs tarbiya obyekti sifatida Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Download 190.28 Kb.
bet6/8
Sana30.04.2023
Hajmi190.28 Kb.
#1413975
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ijtimoiy pedagogikada shaxs tarbiya obyekti sifatida

Axloqiy tarbiya. Axloq - ijtimoiy ong shakllarida bo’lib, insonlarning o’zi, do’st-birodarlari, jamoa a’zolari va tabiatga bo’lgan munosabatlarini tartibga solib turuvchi xulq-odob qonun-qoidalarining majmuidir. Ana shu xulq-odob qonun-qoidalarini o’quvchilar ongi, hayoti, turmush tarziga singdirish uchun ko’rsatilayotgan ta’sir axloqiy tarbiya deb nomlanadi.Alisher Navoiy o’zining «Farhod va SHirin» dostonidan Farhodning aqlu-idrokli, bilimdon, hunarmand, kamtar, insonparvar, irodali va e’tiqodli bo’lganligini tasvirlaydi.O’zbekiston Respublikasining Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek: «Kattalarni hurmat qilish, oila va farzandlar to’g’risida g’amxo’rlik qilish, ochiq ko’ngillik, millatidan qat’iy nazar odamlarga xayrihohlik bilan munosabatda bo’lish va o’zaro yordam tuyg’usi – kishilar o’rtasidagi munosabatlarning me’yori hisoblanadi. O’zbeklar diyoriga, o’z Vataniga mehr-muhabbat, mehnatsevarlik, bilimga, ustozlariga, ma’rifatparvarlarga nisbatan alohida hurmat-ehtirom O’zbekiston aholisiga xos fazilatlardir».Qur’oni Karim va Hadisi SHariflardagi axloqqa oid ibratli maslahatlar, hikoyatlar asrlar davomida tarkib topgan milliy urf-odatlar, an’ana va qadriyatlar mazmunida o’z ifodasiga ega bo’lgan. SHarq mutafakkirlari Muhammad al-Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Ahmad al-Farg’oniy, Imom Ismoil al-Buxoriy, Ahmad YAssaviy, Bahovuddin Nahshband, Amir Temur, Muhammad Tarag’ay Ulug’bek, Abdurahmon Jomiy, Sa’diy SHeroziy Alisher Navoy va Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqalarning axloq haqidagi qarashlari bugungi kunda ham o’z ifodasini topgan.

3.Ijtimoiy pedagogikada tarbiya
Pedagogikada rivojlanish va tarbiyaning o'zaro bog'liqligi muhim muammolardan bo'lib, u ko'p munozaralarga sabab bo'ladi. Shaxsning rivojlanishi uzoq davom etadigan, murakkab jarayon, u ko'plab ichki va tashqi ta'sirlar va omillar orqali ro'yobga chiqadi.
Inson yashar ekan, butun umri davomida o'sib, kamol topib, o'zgarib boradi. Bu ayniqsa, bolalik, o'smirlik va o'spirinlik yillarida yaqqol ko'zga tashlanadi.
Rivojlanish deganda biz shaxsning ham jismoniy, ham aqliy va ma'naviy kamol topish jarayonini tushunamiz. Pedagogika va psixologiya fanlari rivojlanishni biologik va sotsial xususiyatlari o'zaro chambarchas bog'liq bo'lgan bir butun jarayon deb hisoblaydi. Insonni shaxs sifatida rivojlanishi, har tomonlama kamol topishining samarali bo' lishiga erishish maqsadida pedagogika fani rivojlanishning qonuniyatlarini, unga ta'sir etuvchi omillarni shuningdek, shaxs kamolotida ta'lim-tarbiya hamda faoliyatning ta'siri, ahamiyatini aniqlaydi va tahlil qiladi. Inson hayot davomida murakkab rivojlanish jarayonini boshdan kechiradi, natijada shaxsga aylanadi. Shu sababli shaxsni ma'lum ijtimoiy tuzumning mahsuli deb tushunishimiz lozim.
Har bir jamiyatda shaxsning shakllanishi, kamol topishi muam­ molariga to'g'ri yondashish uchun shaxsning tabiatini, tuzilishini, uning xulq-atvorini va unga ta'sir etadigan sabab va vositalarni bilish zarur.
Shaxsning rivojlanish jarayoni bir qancha omillar ta'sirida sodir bo'ladi. Bular irsiyat, ya'ni biologik omit hamda muhit, ta'lim va
tarbiya, shaxs faoliyati (ijtimoiy omit) shaxsni shakllantirishning asosiy omillari hisoblanadi. Ma'lumki, shaxs, inson tirik organizmdir, shu sababli uning hayoti biologiyaning umumiy qonunlariga, yoshlar anatomiyasi va fiziologiyasining maxsus qonunlariga bo'ysunadi.
Shaxsning, ayniqsa, bolaning jismoniy rivojlanishi, sog'lig'i biologik omilga bog'liqdir. Biologiyaning asosiy tushunchasi bo'lgan irsiyatning, ya'ni bolaning nasl-nasabiga olimlarimiz alohida e'tibor bermoqdalar. Har bir bola insonlarga xos tug'ma xususiyatlar bilan dunyoga keladi. Shunday ekan, odam bolasi tug'ilgandan so'ng unda shaxs bo'lib shakllanish, yetuk inson bo'lib voyaga yetishi imkoniyati mavjud bo' ladi. Bola o'zining avlod-ajdodlaridan ko'pincha biologik belgilarni meros sifatida qabul qilib oladi, hatto ayrim kasalliklar ham nasldan-naslga o'tadi. Biologik omillar shaxsning jismoniy rivojlanishiga ham ta'sir ko'rsatadi. Shunday ekan, sog'lom ota­ onadan sog'lom farzand dunyoga kelishini unutmasligimiz lozim.
Oilaning sog' lomligini, ota-onaninig o'zaro totuvligi, bir-birini tushuna olishi, qo' llab-quvvatlashi, izzat-hurmati belgilaydi.
S xs ijtimoiy hayotning mahsuli ekan, u albatta bolani o'rab turgan muhit ta'sirida rivojlanadi. lnsonning hayoti davomida muhit unga yo ijobiy, yoki salbiy ta'sir ko'rsatadi.
Muhit - bu shaxsga ta'sir etuvchi tashqi voqea va hodisalar yig' indisidir., Bular, tabiiy muhit (geografik, ekologik) ijtimoiy muhit (shaxs yashayotgan jamiyat) va boshqalargan iborat bo'ladi.1Bular orasida ijtimoiy muhitning, ya'ni shaxs yashayotgan jamiyatning
inson kamoloti uchun belgilangan imkoniyatlari muhimdir. Faqat tarbiya orqaligina insondagi rivojlanish imkoniyatlarini ro'yobga chiqarish mumkin. Tarbiya jarayonida aniq maqsad va reja asosida shaxsga ta'sir etiladi. Buning natijasida muhitdagi voqealarning to'g'ri ijobiy ta'sirini amalga oshirish imkoni tug' iladi. Muhit bera olmagan narsalar tarbiya orqali hosil qilinadi, hatto tarbiya tufayli tug'ma kamchiliklarni ham yo'qotib shaxsni kamolga yetkazish
mumkin. Bundan tashqari muhitning salbiy ta'siri tufayli tarbiyasi izdan chiqqanlarni ham qayta tarbiyalanadi. Rivojlanish shaxs faoliyatidan tashqarida kechmaydi. Shu sababli inson faoliyati uning rivojlanishi uchun asos bo'ladi. Pedagogik jihatdan to'g'ri uyushtirilgan har qanday faoliyat xoh o'yin, mehnat, o'qish, sport va boshqalar shaxsning rivojlanishiga ta'sir ko'rsatadi. Inson ulg'aya borgan sari uning faoliyati ham mazmunan, ham shaklan o'zgarib boradi, turli yosh davrlarida esa faoliyat turlari ham o'zgarib boradi. Shu sababli bola hayotida o'yin, o·quvchi hayotida o'qish, kattalar hayotida mehnat faoliyatlari katta ahamiyatga egadir.
O'quvchi va talabalarning kamol topishida o'quv jarayonlarining ahamiyati va ta'siri beqiyosdir. Bilimlarni o'zlashtirish ularning tafakkurini o'stiradi, ijodiy qobiliyatlarini shakllantirishning asosiy vositasi bo'lib qoladi. Bu jarayonda ularda ijtimoiy xulq mezonlari shakllanadi. Shaxs qaysi yoshda bo'lishidan qat'iy nazar, ularning rivojlanishida mehnat faoliyatining ahamiyati kattadir. Ayniqsa, mehnat insonning ham jismoniy, ham ma'naviy kamol topishida muhim manba hisoblanadi. Mehnat jarayonida uning ishtirokchilari bir-birlari bilan aloqada bo'ladilar, o'zlarining nimaga qodir ekanliklarini ko'rsatishga harakat qiladilar. Mehnat orqali shaxsning axloqiy sifatlari tarkib topadi, ularda vatanparvarlik, mas'uliyat, intizomlilik, faollik ortadi. Ular o'z-o'zini tarbiyalashga astoydil kirishadilar. O'z-o'zini tarbiyalashga ota-ona, o'qituvchining tarbiyaviy ta'siri yanada samarali bo'ladi. Tarbiya bilan rivoj­ lanishning o'zaro bir-biriga ta'siri va munosabatlari mavjud, chunki qayerda tarbiya jarayonida yuzaga kelgan muammolari to'g'ri hal etilsa, u inson kamolotiga samarali ta'sir ko'rsatadi.
Tarbiya shaxsning rivojlanishini ta'minlashi uchun boladagi rivojlanishning mohiyatini tushunish, bilish faoliyatining o'zgarish sabablarini aniqlash zarur. Tarbiya haqiqatan rivojlantiruvchi omil
bo'lmog'i uchun jamiyatning talablarini, shaxsning o'ziga xos xususiyatlarini bilishi zarur. Pedagogika fani shaxs rivojlanishida tarbiyaning yetakchiligini e'tirof etgan holda ularning o'zaro bir­ biriga ta'sirini tan oladi.
Shaxsning rivojlanib kamol topishi, hayotning hamma bosqichlarida bir xii bo'lmay, balki yosh xususiyatlari va hayot tajribalariga qarab har xii bo'ladi. Buni tarbiya jarayonida e'tiborga olish zarur.
lnsonning kamol topish jarayonini faqatgina irsiyat, ijtimoiy muhit va ta'lim-tarbiyaga bog'lab o'rganish, talqin qilish maqsadga muvofiq emas. Chunki ijtimoiy taraqqiyotda shaxsning o'zi ham faol ishtirok etadi.
Aytish joizki, ijtimoiy muhit, ta'lim-tarbiya shaxsning o'zi faol ishtirok etgandagina uning tug'ma layoqatini uyg'otadi, iste'dod, qobiliyatlarini o'stira oladi. Agar kishi o'z kasbini sevsa, uning shu sohadagi iste'dodi tezroq va kuchliroq ro'yobga chiqa boshlaydi. Shunday hollar ham uchraydiki, ba'zan kishi bir soha bilan qiziqadi-yu, uning qobiliyati boshqa sohada namoyon bo'ladi. Sunday hodisalar ko'proq hali kishining qobiliyatlari to'la ro'yobga chiqmagan va shakllanib bo'lmagan hollarda yuz berishi mumkin.
Qobiliyat va iste'dodning ro'yobga chiqishida insonning muayyan faoliyatga qiziqib qarashi bilan bir qatorda uning o'z ustida ishlashi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Iste'dodli kishilar o'z iste'dodlari­ iqtidor kuchini to'la ro'yobga chiqarishlari uchun o'z ustilarida tinmay ishlashlari, mehnat qilishlari lozim. Masalan, mashhur yunon notig'i-nutq ustasi Demosfenning (eramizdan avvalgi IV asr) omma orasidagi dastlabki nutqlari muvaffaqiyatsizlikka uchragan, uni hatto mashara ham qilishgan. Demosfen duduq, ovozi xasta, qisqa-qisqa nafas oladigan kishi edi. U doimo bir yelkasini uchirib turar edi. Lekin u aktyor Satirning maslahati bilan o'z nutqini takomillashtirishga kirishadi. Demosfen o·z kamchiliklarini bartaraf
etish uchun qat'iyatlilik ko'rsatadi: u og'ziga mayda toshlar va sopol parchalarini solib so'zlarni talaffuz qilishni mashq qildi, dengiz bo'yida to'lqinlar shovqinida nutq so'zladi, qoyalarga chiqib baland ovoz bilan she'rlar o'qidi, oyna oldida turib yuz harakatlarini bir maromga keltirdi. Uy shiftiga qilichni osib qo'ydi, u odati bo'yicha yelkasini har uchirganda qilich sanchilardi. Demosfen haftalab uydan chiqmay notiqlikni mashq qiladi. Uydan chiqmaslik uchun sochining yarmini qirdirib tashladi. Bunga o'xshash misollarni ko'plab keltirish mumkin. Masalan, Alisher Navoiy, lbn Sinolarning qunt bilan kitob mutolaa qilganlari, Amir Temur, A. V. Suvorovlarning harbiy san'atni egallash borasidagi mehnatlari fikrimizning dalilidir.
Hayotda shunday hollar ham uchraydiki, ayrim kishilarda bolalik va maktabda o'qigan yillarida qulay muhit bo'lishiga qaramay tug'ma iste'dod va qobiliyat nishonalari ko'rinmaydi. Biroq, keyinchalik qunt va mustaqil ishlash, g'ayrat va qat'iyatlilik natijasida ular katta qobiliyat egalari sifatida maydonga chiqishadi.
Mashhur kishilar hayoti shuni ko'rsatadiki, ularning ijodiy faoliyatlaridagi asosiy narsa uzluksiz ishlay bilish, oylab, yillab o'z oldilariga qo'yilgan maqsad uchun intilish, kurashish, unga yetish yo' llarini tinmay izlashdir.
Har bir inson o'ziga xos uquv, qobiliyat va imkoniyatlarga ega. Demak, kishi o'z imkoniyatlaridan to'g'ri va to'liq foydalana olsagina mehnati unumli bo'ladi. Shuning uchun ota-ona, oila a'zolari, bog'cha, maktab, ta'lim-tarbiya muassasalari har bir bolani uquvi, qiziqishi, qobiliyatiga va asosan kasb egallashiga mas'uldirlar.

Download 190.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling