Mavzu: ikkinchi jahon urushidan keying yillarda
Islohotlar va Yaponiyaning iqtisodiy taraqqiyoti
Download 45.74 Kb.
|
k5
1.2 Islohotlar va Yaponiyaning iqtisodiy taraqqiyoti.1 million aholi yashaydigan Okinava oroli AQSHning Tinch okean havzasidagi doimiy harbiy-havo kuchlari bazasi bo‘lib qoldi. Amerika bombardimonchilari aynan shu yerdan Vyetnam, Laos, Kampuchiya shahar va qishloqlariga bomba tashlash uchun uchar edi. Yaponiya bilan harbiy-siyosiy ittifoq tuzgan AQSH uni Sovet Ittifoqiga qarshi qayray boshladi. Amerika senati 1951-yilgi Yalta shartnomasini ratiflkatsiya qilib, uning Yaponiyaga tegishli bandlarini shubha ostiga ola boshladi. Malumki, mazkur shartnomada Kurill orollari va Janubiy Saxalin Sovet Ittifoqiga berilganligi qayd qilingan edi. Shundan beri Kurill tizmasiga kiruvchi Xabomai, Shikatan, Iturup va Kunashir orollari SSSR va Yaponiya o‘rtasidagi doimiy qarama-qarshilik manbaiga aylandi. Shu bilan birga yapon-ameriyillarda Yapomya Iqtisodini rivojlantirishning negizi bo‘lib qoldi. Yaponiya Amerika bozoriga kirish imkoniyatini oldi. AQSH bozori o‘ziga xos qatiy qoidalarga ega: bu yerga keltiriladigan tovarlar eng yuqori sifatli, zamon talablariga javob beradigan va raqobatbardosh bo‘lishi lozim. Yapomya sanoati o‘zini ko‘rsata oldi. Hozirda amerika importining 20 foizini yapon tovarlari tashkil qiladi va boshqa birorta mamlakat amerika bozorida Yaponiya bilan raqobat qila olmaydi. Har yili Yaponiya Amerika bozoriga 100 milliard dollar-dan ortiq miqdorda tovar yetkazib beradi. Amerika bozoriga shunchalik keng kirib borganligi uchun 50-yillarning ikkinchi yarmida yapon indu-striyasini ommaviy ravishda qayta jihozlash boshlandi. Qirq yil ichida Yaponiyada ishlab chiqarishni struktu-raviy qayta o‘zgartirish yakunlandi. Ilmiy-texnika inqilo-bi yuz berdi. Sanoatning barcha tarmog‘i qayta jihozlan-di, dunyodagi eng ilg‘or texnologiya va ilmiy yutuqlar tatbiq etildi. 1955— 1970-yillar ichida yapon iqtisodiga 15 ming-dan ortiq yangi texnika patenti va litsenziyasi joriy qilin-di. Mehnal resurslarini o‘zgartirishdagi siljishlar va "nou-xau"ning ommaviy import qilinishi yapon iqtiso-dining tezlik bilan oldinga chiqib olishidagi texnologiya bazasini ta'minladi. Harbiy ehtiyojlarga xarajatlar (yalpi milliy mahsulot-ning 1 foizi) sarflanmasligi sababli Yaponiya butun ish-lab chiqarishdagi kuchini sanoatning yangi texnologik va ilmiy sohalariga yo‘naltirish imkoniga ega bo'ldi, Ular ichida avtomobilsozlik sanoati muhim o‘rin egallaydi. 1960 — 1980-yillarda yengil avtomobil ishlab chiqarish 33 baravar o‘sdi. Ayni paytda mashinasozlik, radioelektro-nika, EHM ishlab chiqarish, avtomatlashtirish vositalari, aloqa sohasini jihozlash tarmoqlarida ishlab chiqarish yuqori sufatlarda o‘sib bordi. Avtomobil ishlab chiqarish bo‘yicha Yaponiya 1980-yilda jahonda birinchi o‘ringa chiqib, AQSHni quvib o‘tishga erishdi. Yaponiya robot texnikasi, maishiy texnika va optika, rangli televizor, videolexnika va radiopriyomniklar, rnagnitofon va konditsionerlar ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda yetakchi o‘rinni egallab kel-moqda. Ayniqsa, raqamli dasturiy boshqaruv va avtomatlashtiriigan tizimga ega stanoklar, shuningdek, robot-manipulyatorlar ishlab chiqarish juda tez o‘sa boshladi. Mamlakat iqtisodining zamonaviy shart- sharoitlarga moslashishida davlat boshqaruvi muhim rol o‘yrmydi. Norentabelli tarmoqlarni qisqartirish va modernizatsiyalashtirish, nisbatan raqobatbardosh kor-xonalami tanlab olish uning strategik yo‘nalishini tashkil etdi. Shuningdek, davlat korxonalarining qo‘shilishini, nisbatan katta va rentabelli korxonalarni yiriklashtirishni rag‘batlantirish chora-tadbirlarini ko‘rdi. Sanoat ishlab chiqarishi jadal o‘sib borishi bilan birga 60-yillar oxirida qayta tiklangan monopoliyalar pozi-tsiyasi kuchaydi. Dzaybatsular yana Yaponiyaning eng kuchli xo‘jayiniga aylandi. Mitsui, Mitsibusi va Sumitomo "katta uchlik" deb nomlanuvchi eski guruh yetakchilik qila boshladi. Biroq, 60-yillarda Rudzi, Dinti, Sanva deb ataluvchi yosh moliyaviy oli- garxiya guruhi paydo bo‘ldi. "Katta uchlik" bilan bir qatorda ular yapon iqtisodida yetakchi kucliga aylanish-di. Yaponiya jahondagi eng boy yettita davlat ("yettilik") qatoridan joy oldi. Dzaybatsu (yaponcha — moliyaviy guruh) Yaponiyadagi sanoat va moliyaviy monopoliyalarni anglatish uchun ishlatiladigan atama. tsiyasi"ning shakllanishi albatta, mamlakat iqtisodining bunchalik tez o‘sishi-da asosiy sababchi — yapon xalqi. Yaponlarning mehnatsevarligi, sabr-qanoatli ekanligi, chidamliligi, tartibligi "yapon mojizasi"ning asosini tashkil qildi.Yaponiyada Millat korpora tsiyasi" shakllandi. U "Jahon Inkorporeyshn" deb atalib Yaponiyaning dunyo miqyo- sidagi obro‘si va ishlab chiqarish darajasini ko‘tarish maqsadida butun yaponlarni, ishchi va tadbirkorlarni yagona xo‘jalik hamda madaniy oilaga birlashtirib turadi.2 Mazkur tizimga ko‘ra, xizmatchi va kompaniya o‘zaro kontrakt tuzadi va shu bo‘yicha firma xizmatcbi-ni ishga layoqatsiz bo‘lgunga qadar doimiy ravishda ish bilan ta'minlaydi. Xizmatchi esa bunga javoban tartibli, itoatli va barcha qiyinchiliklami ko‘tarish majburiyatini oladi. Aynan shu narsa jamiyat qurilishi uyg‘unligi va barqarorligining yaponcha modeli sanaladi. Ammo bu model daromadlarni taqsimlashda adolat-siz. 1975-yildan 1985-yilgacha ishchi va xizmatchilarning ishlab chiqarish samaradorligi 65 foizga oshdi, ularning ish haqi esa 11 foizga oshirildi, xolos. Yapon usulida, agarda mayda o‘rta korxonalar asosiy rol o‘ynamasa, ishlab chiqarish muhimroq sanaladi. Kichik korxonalar past mehnat samaradorligiga ega. Ishchilar soni ko‘p bo‘lishiga qaramay, (7,5 million kishi) ular mamlakat yalpi milliy mahsuloti (YMM)-ning 51 foizini ishlab chiqaradi. Mazkur ishchilarning ish haqi past. Odatda ular yirik korxonalar ishchilari oladigan haqning yarmini oladi. Mana o‘ttiz yildan buyon har "bahorda yapon ishchilari Yaponya kasaba uyushmalaning bosh kengashi (SOXE) rahbarligida turmush tarzini ko‘tarish, ish va yashash sharoitini yaxshilash uchun "bahorgi hujum" o‘tkazadilar. Yapon monopoliyalari esa yon berib, har yili ish haqini Yevropa va Amerikadagiga yaqin miqdorda oshirishga majbur bo‘ladi.1990-yildan boshlab mamlakat iqtisodida turg‘unlik alomatlari paydo bo‘la boshladi. 1990-yildan sanoat ish-lab chiqarishning yillik o‘sishi 5 foizdan 1 foizga tushdi. 1990-yildan Tokio birjalarida sarosima boshlandi, kom-paniyalar aksiyalari narxi tushib ketdi. Butun dunyoda yapon iqtisodiga ishonch susaydi. Buning natijasida esa juda ko‘p minglab ishchi va xizmatchilar ishdan bo‘shatildi yoki majburiy ta'tilga chiqarib yuborildi.Bu voqealar keying! 20 yilda jahon iqtisodida yuz bergan holatlarning aks-sadosi bo‘ldi. Uzoq vaqt davo-mida yapon iqtisodi dinamizmi eksportning irnportdan doimiy oshib borishi hisobiga ro‘y berdi. 1980-yilgacha Yaponiya tashqi savdoda passiv ba-lansga ega bo‘ldi, ya'ni tovar ko‘proq chiqarilmagan, aksincha olib kelingan. 1981-yildagina u faol balansga erishdi. 1985-yilga kelib esa faol balans juda tez o‘sib, yapon monopoliyasini boyitishning asosiy manbaiga aylandi. Oxirgi paytlarda yapon iqtisodida aniq tanglik belgi-lari ko‘rina bordi. 1983-yildan 1994-yilgacha 100 ming-dan ortiq firma, ya'ni sanoat korxonalarining to‘rtdan biri bankrotga uchradi. 1999-yilda bank tizimi tanazzul chegarasiga kelib qoldi. Moliya tizimini saqlab qolish uchun bir qator banklar birlashishga va gigant korpora-tiv guruhlar tuzishga majbur bo‘ldi. Bu ikki marta katta-lashtirilgan dzaybatsuni eslataredi. Ular endilikda kcyretsu (korporativ guruh) deb nom oldi. Ularning bi-rinchisi Mitsubisi guruhi bo'lib qoldi. Iqiisodiy tanglik siyosiy tanglikni keltirib chiqardi. 1955-yildan Yaponiya liberal-demokratik partiyasi (YLDP) siyosiy hayotda yetakchilik qila boshladi. Butun hukumat tarkibi torn ma'noda ushbu partiya a'zolaridan iborat bo‘lar yoki 1993—1994-yilIardagi kabi uning yetakchilari koalitsiya hukurnatini boshqarar edi. Bunday yakka hokitniyat natijasida partiya nazoratni yo‘qotdi va o‘zlarini hamma narsaga haqli deb hisoblay boshladi. Bular tufayli partiya rahbarlari o‘rtasida kor-rupsiya va poraxo‘rlik, davlat mulkini talon-toroj qilish hamda tovlamacliilik oddiy holga aylanib qoldi. Bu boradagi ilk katta shov-shuv 1989- yilda YLDP yetakehi-larining yirik kompaniyalar tomonidan sotib olinishi bo‘ldi. Bu xildagi janjallar butun mamlakatni 90-yillar davomida larzaga solib turdi. 2000-yil 25-iyunda mam-lakatda yangi saylovlar o‘tkazildi. YLDP parlamentda ko‘pchilik ovozni yo‘qotdi, ammo boshqa ikki partiya bilan koalitsiyada hukumat tuzishga muvaffaq bo‘ldi. Partiya yetakchisi Mori bosh vazir etib saylandi. Biroq tez orada Morining o‘zi ham korrupsiya bilan bog‘liq janjalga aralashib qoldi. Shu bois u partiya yetakchiligidan istefoga chiqishga majbur bo‘ldi. Mamlakalda yangi parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi. YLDP biroz o‘z mavqeini tiklab oldi va populistik islo-hotchi Junichiro Koizumi Yaponiyaning navbatdagi bosh vaziri etib saylandi.3 Bu Yaponiyada so‘nggi 13-yilda bosh vazirning o‘n birinchi marta almashtirilishi edi. Hukurnatning bunday tez-tez o‘zgarishiga siyosiy barqarorlik va iqtisodiy pasayishda aks etdi. Y.Koizumi va'da qilgan iqtisodiy islohotlar barbod bo‘ldi. Iqtisodiy o‘sish—yiliga 1% ni — dunyo bo‘yicha eng past ko‘rsatkichni lashkil etdi. 2004-yil yanvarda konstitutsiyaga xilof holda Yaponiya Iroqqa koalitsiya kuchlariga yordam uchun o‘z harbiy kontin-gentini jo‘natdi. Download 45.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling