Mavzu: Ikkinchi sinfda matematika o‘qitish jarayonida mehnat tarbiyasini shakillantirish metodikasi
Mehnat darsining maqsadi va vazifalari
Download 388.58 Kb.
|
Ikkinchi sinfda matematika o‘qitish jarayonida mehnat tarbiyasini shakillantirish metodikasi
Mehnat darsining maqsadi va vazifalari
Mustaqil har tamonlama kamolga yetgan barkamol inson uchun zarur bo’lgan mahnaviyat qirralari iymon, ehtiqod, vatanparvarlik, insonga cheksiz muhabbat do’stlik, sadoqatlik, mehnatsevarlik, milliy g’urur kabi fazilatlarini shakllantirish zarur. Buyuk allomalarimiz tomonidan yaratilganog’zaki va yozma ijodiyot avloddan-avlodga o’tib kelayotgan iymon-ehtiqod sirlarining nazariy va amaliy jihatlari haqidagi bilimlar bilan yoshlarni qurollantirish lozim. O’zbekiston Respublikasi Oliy majlis 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan “Tahlim to’g’risida”gi yangi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” tahlim sohasidagi siyosatimizni belgilab berdi. Uzluksiz tahlimni tashkil etishni rivojlantirish printsiplari uzluksiz tahlimni isloh qilish, uzluksiz tahlim tizimi va turlari masalalarini qamrab olgan. Prezidentimiz I.A Karimov tahkidlaganidek “Har bir insonning ayniqsa endigina hayotga qadam qo’yib kelayotgan yoshlarning ongiga shunday fikrni singdirish kerakki, ular o’rtaga qo’yilgan maqsadga erishishi o’zlariga bog’liq ekanligini, yahni bu narsalar ularning sobit qadam, g’ayrat, shijoatlariga, to’la-to’kis fidokorligi va cheksiz mehnatsevarliklariga bog’liq ekanligini anglab yetishlari kerak”. Mehnatni sharaflash mehnat ahlining qadr-qiymatini uning mashaqqati uchun astoydil kurashish, o’sib kamol topayotgan yosh avlodga tahlim-tarbiya berish jarayonida mehnatga munosabatlarini shakllantirish zarur bo’lib, yosh avlod jamiyatimiz taraqqiyotida o’z bilimi: mehnat,kasb-hunarlari bilan hissa qo’shishlari pedagog tarbiyachilarning oldida turgan eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Kichik sinf o’quvchilarini qo’l mehnatiga o’rgatishning asosiy maqsadi, boshlang’ich mehnat elementlari bosqichlarini yahni bajariladigan ishlarning oddiy elementlari (qog’ozlarni buklash, qirqish, yelimlash, geometrik figuralarni yasash, applikatsiya ishlari)ni yasash bilan boshlaydilar. Undan tashqari qo’l mehnatiga o’rgatishda “Tikish va bichish”, “Pazandachilik”, “Plastilin bilan ishlash”, “ Qog’oz va karton bilan ishlash”, “Applikattsiya va mozayka ishlari” turlari bilan bosqichma-bosqich tanishib boradilar. Har bitta bo’lim o’quvchilarni hayotga mustaqil qilib tarbiyalashda muhim o’rin egallaydi. Yaratilgan mehnat natijalari o’ziga va yon atrofdagilariga foydasi tegishini ko’rgan o’quvchi mehnatni asrab-avaylashga va mehnat kishilarining mehnat natijalarini ham hurmat-izzatqilishga o’rganadi. Topshirilgan ishga mahsuliyat hissini va mehnatdagi intizomni tarbiyalash, o’qitishni ishlab chiqarish bilan birga olib borilishi salomatlik va yosh uchun foydali, jamiyat uchun kerakli mehnat izchilligini amalga oshiradi. Boshlang’ich maktablarda mehnat tahlimi va tarbiyasining asosiy vazifalari o’quvchilarni mehnatga tayyorlash, o’qitish va umumtahlim maktablarining boshlang’ich sinflarida kasb tanlash izchilligini takomillashtirish, davlat tahlim standartlari talabi bo’yicha tarbiyalash hamda o’quvchilarni kasb-hunar egasi bo’lib yetkazishda nazariy va amaliy bilim berishlardan tashkil topgan. Mehnat madaniyatini tarkib topishi uchun darslarda doimo bolalarning ehtiborini asbob va materiallarni saqlash qoidasi hamda joylashtirish tartibiga, ish joyini to’g’ri jihozlashga, materiallardan tejamkorlik bilan foydalanish usullariga, ish harakatlarining mehyori va sifatiga, ish ko’rsatkichini tahminlovchi tadbirlarga, ishlov berishda olinggan aniqlik va tozalikka rioya qilishga va nihoyat narsani chiroyli qilib bezashgatalab qilib borish kerak. Kerakli material va asboblari bilan yetarlitahminlanmaganlik ham mehnat madaniyatini shakllanishiga salbiy tahsir etadi. Bahzan o’quvchilarning tayyorlanmaganliklari va uyushmaganliklari tufayli o’qituvchining ko’p vaqti bekorga sarf bo’ladi: biri qaychisini, ikkinchisi qog’ozini olib kelmasdan mashgulotlarga katnashish ish qilayotgan o’rtog’ini narsa so’rab chalg’itadi. SHuning uchun o’qituvchi dars boshlashdan oldin guruh sardorlari yordamida o’quvchilar o’rtasidagi o’zaro do’stona yordamga tayanib o’z vaqtida choralar ko’rish lozim. Biroq har qanday holatda ham o’quvchini uyga junatmaslik yoki jazo berish tartibida o’quvchini ishsiz qoldirmaslik kerak. Mehnat tahlimiga ijodiy tashabbussiz yondashish mehnatning aqliy rivojlanish omiliga aylantirmaydi. Bilimlarni qo’llashni talab qilmaydigan, tafakkurni faollashtirmaydigan mehnat faoliyati aqliy qobiliyatlarni o’stirmaydi. Download 388.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling