Mavzu: Iksod kanalarining parazit kasalliklarni tashishdagi ahamiyati
Mavzu : Yassi chuvalchanglarning parazitar kasalliklarni tashishdagi ahamiyati
Download 0.71 Mb.
|
Mavzu Iksod kanalarining parazit kasalliklarni tashishdagi aham
- Bu sahifa navigatsiya:
- YASSI CHUVALCHANGLAR (PLATHELMINTHES) TIPI. Yassi
Mavzu : Yassi chuvalchanglarning parazitar kasalliklarni tashishdagi ahamiyatiReja: Yassi chuvalchanglar turkumi Yassi chuvalchanglar keltirib chiqaradigan kasalliklar Yassi chuvalchanglar parazitar ahamiyati Yassi chuvalchanglar — tuban chuvalchanglar tipi. Gavdasi 2 tomonlama simmetriyali, choʻziq, koʻpincha orqaqorin yoʻnalishida yassilashgan. Uz. 0,2 mm dan 18 m gacha. Erkin yashovchi turlarining gavda qoplogʻichi — kiprikli epiteliy, parazitlariniki — ichkariga botib kirgan yadrosiz qavat — tegumentdan iborat. Parazit turlari tanasining oldingi, baʼzan keyingi tomonida soʻrgʻichlar, soʻrgʻichli disk, klapanlar va irmoklardan iborat yopishuv organlari boʻladi. Ogʻzi tanasining qorin yoki oldingi tomonida. Halqumi rivojlangan, ichagi toʻgʻri (shoxlanmagan, 2—3 yoki koʻp marta) shoxlangan, baʼzi erkin yashovchi turlarida rivojlangan; tasmasimon chuvalchanglarda ikkilamchi tarzda yoʻq boʻlib ketgan. Ichakning keyingi boʻlimi va anal teshigi boʻlmaydi. Tuban ichaksiz kiprikli chuvalchanglar ozigʻi hazm qilish parenximasida hazm boʻladi; tasmasimon chuvalchanglarda va ayrim boshqa guruhlarda oziq butun tana yuzasi orqali shimiladi. Ayirish organi — protonefridiy. Qon aylanish va nafas olish sistemasi yoʻq. Teri orqali nafis oladi. Nerv sistemasi bosh gangliylar, halqumni aylanib oʻtadigan halqa komissuralar va bir juft boʻylama nerv poyalari hamda ularni tutashtirib turadigan nerv tolalaridan iborat. Yassi chuvalchanglarga erkin yashovchi ksenoturbidlar va kiprikli chuvalchanglar, parazit yashovchi aspidagastreylar, trematodalar, monogeniylar, girokotilidlar, amfilinidlar va sestodalar sinflari hamda 12000 tur kiradi. Yassi chuvalchanglar germafrodit, jinsiy sistemasi juda murakkab, baʼzi turlari ayrim jinsli. Koʻpchiligining hayot sikli juda murakkab. Yassi chuvalchanglar orasida odam va hayvonlar uchun xavfli parazitlar ham koʻp uchraydi. YASSI CHUVALCHANGLAR (PLATHELMINTHES) TIPI. Yassichuvalchanglar dengiz va okeanlarning suv ostida hayot kechirishga o’tgan kovakichlilardan kelib chiqqan. Yassi chuvalchanglar tipi uchun quyidagi belgilar eng xarakterlidir: embrional taraqqiyotida ekto- , ento- va mezoderma qavatlarning rivojlanishi va shu tufayli tananing uch qavatga ega bo’lishi, muskul, nerv, ayirish, jinsiy sistemalar, ko’pchiligida hazm organlarining rivojlanishi va murakkablashishi, teri-muskul xaltaning paydo bo’lishi, tana shaklining ikki tomonlama simmetriyaga o’tishi, tana bo’shlig’ining bo’lmasligi. Yassi chuvalchanglarning dastlabki vakillarini asosan erkin, yirtqich holda yashovchi kiprikli chuvalchanglar yoki turbellyariyalar tashkil qiladi. Yassi chuvalchanglar tipi vakillari gavdasining uzunligi 0,3 mm dan 15-20 metrgacha va hatto ayrim ulkan turlari 30 metrgacha (kashalotlarning ichagida parazitlik qiladigan tasmasimon chuvalchanglardan - Polygonoporus giganticus) boradi. Bu tipga 15 mingga yaqin tur kiradi. Umuman, yassi chuvalchanglar tipiga kiruvchi hayvonlar o'rtasida dengiz va chuchuk suv havzalarida erkin hayot kechiruvchi kiprikli chuvalchanglar yoki tur- bellariyalar bilan bir qatorda turli hayvonlar va odamlarning har xil organlarida parazitlik qiluvchi juda ko'plab turlari mavjud. Parazitlik bilan hayot kechiradigan yassi chuvalchanglar tuzilishi va biologiya- sida yashash sharoiti ta'sirida vujudga kelgan juda ko'p o'ziga xos xususiyatlari bor. Ularning ayrimlarining rivojlanish sikli ancha murakkab kechadi. Yassi chuvalchanglar tipi o'z navbatida 9 ta sinfga bo'linadi, asosiylari quyida- gilar: Kiprikli chuvalchanglar yoki turbellariyalar (Turbellaria) sinfi. So'rg'ichlilar yoki trematodalar (Trematoda) sinfi. Monogeniyalar (Monogenea) sinfi. Tasmasimon chuvalchanglar yoki sestodalar (Cestoda) sinfi. Sestodasimonlar (Cestodaria) sinfi. Yassi chuvalchanglar tipidan faqat kiprikli chuvalchanglar sinfi vakillari erkin holda dengizlarda, chuchuk suvlarda va tuproqda yashaydi. Ularning barchasi yirt- qichlar bo'lib, bir hujayrali hayvonlar, chuvalchanglar, mayda qisqichbaqasimonlar va hasharotlar bilan oziqlanadi. Qolgan sinflarining vakillari esa parazitlar hisoblanadi. Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling