Mavzu: Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi Reja
Aylanib yurib shugʻullanish usuli
Download 3.85 Mb. Pdf ko'rish
|
Mavzu Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi Re
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oqimli usulda
Aylanib yurib shugʻullanish usuli- darsning ma’lum bir vaqtida
oʻquvchilar 4-8 kishilik bir necha guruhga boʻlinib, oʻqituvchi koʻrsatmasiga binoan turli snaryad yoniga yoki mashgʻulot joyiga boradilar va oʻqituvchi signali boʻyicha mashqlarni mustakil bajara boshlaydilar. Ma’lum bir vaqt oʻtgach (30-40 sek), oʻqituvchi yangi signal beradi va oʻquvchilar boshqa snaryad yoki mashgʻulot urniga uyushgan xolda oʻtadilar. Barcha oʻquvchilar dars rejasida kuzda tutilgan ham ma mashqlar bilan shugʻullanib boʻlmagunlaricha shu tarzda davom etaveradi. Oʻquvchilar bir snaryaddan ikkinchisiga utib va barcha mashqlarni bajarib, guyo mashqlar doirasini tugallaganlari uchun bu usul aylanma usul deyiladi. Bu usulni shuning uchun ham trenirovka deb ataydilarki, uning asosiy maqsadga yunalganligi shugʻullanuvchilarning jismoniy sifatlari rivojlanish darajasini oshirish va organizmning funksional imkoniyatlarini takomillashtirishdan iboratdir. Bunga mashqlarni muayyan izchillikda, ixtiyoriy yoki berilgan sur’atda, muayyan vaqtda yoki ma’lum mikdorda koʻp martalab takrorlash orqali erishiladi. Oqimli usulda oʻquvchilar bitta mashqni navbat bilan, ketma- ket tuxtovsiz oqim tarzida bajaradilar. Bunday oqimlar sharoitga qarab ikkita, uchta boʻlishi mumkin. Ikki yoki uch oqimda dars zichligi, binobarin ogʻirligi ham oshadi. Oqim usuli akrobatika mashqlari, uzun argʻamchi bilan bajariladigan mashqlar, skameyka va gimnastika devoriga tirmashishda, uni oshib utishda, muvozanat sakqashda, tayanib sakrash, uzunlikka hamda balandlikka sakrashda qulaydir. Oqim usulining bir turi shuki, oʻquvchilar bir necha xil mashqni navbat bilan bajaradilar. Masalan, oʻquvchilar dastlab skameykada yuradilar, soʻng yogʻochdan oshiboʻtadilar, undan keyin plankadan sakraydilar. Bu usul oʻqituvchiga oʻquvchilar tomonidan bajarilayotgan barcha mashqlarni kuzatish imkonini bermaydi, shuning uchun u juda zarur boʻlgan joyda turadi. Oqim usuli koʻprok malaka va kunikmalarni takomillashtirish maqsadidagi mashqlarni utishda, shuningdek ogʻirlikni oshirishda qoʻllaniladi. Darsda oʻquvchilar faoliyatini tashkil qilish usullari qoʻyilgan vazifalar, sharoit, oʻquvchilar soni va ularning tayyorgarligiga bogʻliq. Bundan tashqari turli usullarning qoʻllanishi oʻquvching darsga boʻlgan qiziqishini va darsning samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Download 3.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling