Mavzu: Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi Reja


Download 3.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/77
Sana12.11.2023
Hajmi3.85 Mb.
#1768771
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   77
Bog'liq
Mavzu Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi Re

Katta tanaffuslarda oʻtkaziladigan oʻyinlarni oʻtkazish quyi sinf oʻquvchilari 
uchun quyidagilarni amalga oshirishga yordam beradi: 



Harakat faoliyatini oshirishga; 

Faol va mazmunli dam olishni va hordiq chiqarishni tashkil etishga; 

Butun organizm tonusini va ish qobiliyatining tezroq tiklanishini 
ta’minlashga; 

Jismoniy mashqlar bilan mustaqil shugʻullanish koʻnikmalarini 
shakllantirishga. 
Oʻyinlarni va jismoniy mashqlarni quyi sinf oʻquvchilari organizmining 
psixologik-fiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda oʻtkazish zarur. Quyi sinf 
oʻquvchilari oʻyinlarni mustaqil tashkil etish uchun etarlicha tajribaga ega emaslar, 
shuning uchun sinf rahbari va jamoatchi tashkilotchining oʻrni birinchi darajada 
boʻlishi kerak. Oʻyinlar maktab hovlisida yoki stadionida, sport zalida hamda 
koridorda oʻtkazilishi mumkin. Tanaffuslarda oʻtkaziladigan oʻyinlarga harakatli 
oʻyinlar, toʻp, arqoncha bilan mashqlar, tirmashib chiqish va oshib oʻtish, raqs 
elementlari, ritmik gimnastika, quvnoq musobaqalar kiradi. 
Jismoniy mashqlar shunday tanlanadiki, boʻlarda qoʻl, soʻngra yelka, tana, 
oyoq muskullari ketma-ket qatnashsin. Bunda yurak-tomir va nafas olish tizimi
etarli darajada yuklama olishini kuzatish mumkin. 
Guruhlar boʻyicha tashkil etilgan mashgʻulotlar oʻquvchilarni jismoniy 
tarbiyalash boʻyicha bir qancha vazifalarni hal etish imkonini beradi, aqliy 
faoliyatning jismoniy faoliyat bilan almashuviga yordamlashadi, faol hordiq 
chiqarish uchun qulay sharoit, yaxshi kayfiyat, ijobiy hissiyot yaratadi, 
organizmning umumiy tonusini oshiradi. Sport soatlari erkin, zoʻriqmagan holda 
oʻtkaziladi. 
Sport soatlari mazkur guruhlarda 40-60 daqiqa davometadi, vaqtning bunday 
tanlanishi oʻquvchilarning umumiy holatiga, ularning oʻquv ishlaridan keyingshi 
charchash darajasiga bogʻliq ravishda boʻladi. Mashgʻulotlarni oʻtkazish 
jarayonida oʻqituvchi qoʻllaniladigan jismoniy mashqlarning mazmunini, tarkibini 
bilishi, shugʻullanuvchilarda fiziologik va hissiy yuklamalarning oshib ketmaslilik 
tamoyillariga rioya qilishi kerak. 


Mashgʻulotlarda asosiy oʻrinni tayanch-harakat apparatlarini asosiy 
mashqlarni bajarishga tayyorlovchi umumrivojlantiruvchi mashqlar egallaydi. 
Saflanish mashqlari ham qoʻllaniladi, lekin ularning soni jismoniy tarbiya 
darslariga nisbatan kamdir. Shuningdek, sinfdan tashqari ishlar oʻquvchilarning 
umumiy jismoniy tayyorgarligini, sport turlaridan sport sektsiyalarini, jismoniy 
tarbiya bayramlarini, sport musobaqalarini, davlat standartlarini topshirishga 
tayyorgarlik koʻrishlarini ham oʻz ichiga oladi. 

Download 3.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling