Mavzu: Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi Reja


Download 3.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/77
Sana12.11.2023
Hajmi3.85 Mb.
#1768771
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   77
Bog'liq
Mavzu Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi Re

Kalit soʻzlar: xronometraj (darsning umumiy va motor zichligi) nazoratining 
qoʻllanilishi, oʻqituvchining tarbiyaviy ishlari, oʻquvchilarning xulqi, darsni 
umumlashtirish hamda darsning umumiy yoki motor zichligi oʻquvchilarning 
tayyorgarlik darajasiga mos boʻlmasa qanday yoʻl tutilishi maqsadga muvofiq 
ekanligi. 
Jismoniy tarbiya darslarida xronometraj darsning umumiy va motor 
zichligini aniqlash maqsadida olib boriladi.
Darsning 
umumiy 
zichligi 
deb 
pedagog 
nuqtai-nazardan 
toʻgʻri 
foydalanilgan vaqtning butun dars davomidagi nisbatiga aytiladi. 
Darsning motor zichligi deb, oʻquvchining bevosita harakat faoliyatiga, 
mashq bajarish uchun sarflangan vaqtga aytiladi. 
Xronometrajdan olingan ma’lumotlar darsning pedagogik taxlilini ma’lum 
darajada chuqurlashtiradi, chunki har xil faoliyat uchun ketadigan vaqtni ratsional 
sarflash imkonini beradi. 
Darsni tekshiruvchi xronometrajning qoʻyidagi hujjatlarni: 
A) xronometraj bayonnomasini
B) umumiy va motor zichligini; 
V) dars zichligini matnda yozilgan taxlilini olib borish kerak. 
Dars boshlanguncha tekshiruvchi xronometraj bayonnomasiga dars 
vazifalarini, shuningdek har xil boʻlimlarga yoki dars qismlariga belgilangan 


vaqtni aniqlab olishi kerak. Buning uchun tekshiruvchi dars oʻtuvchining 
konspekti bilan tanishishi shart. 
Bayonnomani olib borishning keyingi qismi aynan dars oʻtish mobaynida 
qoʻyidagi shakl boʻyicha toʻldirilib, faqatgina ikkita grafa- “oʻquvchilar ish 
faoliyatining mazmuni-2” va “ish faoliyatining tugash vaqti-3” toʻldiriladi.
Chirchiq shahridagi №____ maktabning ____sinfida 
Oʻqituvchi __________________tomonidan oʻtkazilgan darsda 
xronometraj ma’lumotlarini hisobga olish 

Download 3.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling