Mavzu: ilmiy ish natijalarini rasmiylashtirish va axborotlarni uzatish bajardi: aminova mushtariy ilmiy rahbar


Download 327.39 Kb.
bet14/25
Sana02.01.2022
Hajmi327.39 Kb.
#190185
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25
Bog'liq
Ilmiy ish natijalarini rasmiylashtirish va axborotlarni uzatish

Yettinchi bosqichning vazifasi esa manba bo‘yicha olib boriladigan ilmiy izlanishlarga tegishli ma’lumotlar orqali ma’lumotlar omborini tashkil etishdan iboratdir. Bunda axborotlar axborot resurslari va axborot tizimlarini yaratishda ma’lumotlar asosiy poydevor vazifasini bajaradi. Demak, bu borada ma’lumotlar omborining ahamiyati buyuk bo‘lishi shubhasizdir.

Axborotlashgan jamiyatda umumiy belgilanishdagi ma’lumotlar ombori g‘oyat muhim rol o‘ynaydi. Ma’lumotlar ombori ham noyob, tor ixtisoslashtirilgan dasturlar kabi muassasaviy karamlikda bo‘ladi. Umumiy belgilanishdagi ma’lumotlar va bilimlar omborlari iyerarxik tamoyil bo‘yicha kuriladi.

Ma’lumotlar omborini yo‘nalishlar bo‘yicha shakllantirilganda qaralayotgan soha iyerarxiyasi hisobga olinadi yoki bir butun boshli tizim karalayotganda kiyem tizimlardan tortib, tizim elementigacha bo‘lgan iyerarxiya bo‘yicha jarayon davom etadi.

Umuman olganda yukorida qiskacha bayon qilingan ma’lumotlar, ma’lumotlar ombori va axborotlar haqidagi fikrlarimiz, ularning shakllanish jarayoni, ya’ni axborotlarning paydo bo‘lishini kuyidagicha ifodalash imkonini berdi. Demak, biz axborotlashgan jamiyatga o‘tishdagi belgilar bazasidan (harflar, so‘zlar, tinish va matematik belgilar, kitoblar, ro‘znomalar, oynomalar, patentlar, turli tajriba namunalari va h.k) axborotlar hosil bo‘lishigacha bo‘lgan bosqichni ko‘rib o‘tdik.

Yukoridagi boskichlar asosida ish olib borish tadqiqot ishlarini bajarishni boshqarishning axborotli ta’minotini ishlab chiqishni taqozo etadi. Bu esa tadqiqot rejasini amalga oshirishda boshqarish algoritmini ishlab chiqishga imkon yaratadi va u tadqiqot shpini olib borishdagi ishlatiladigan axborotlar bankiga asoslanadi. Bunday axborotlar bankini va ular asosidagi boshqaruv algoritmini yaratish sakkizinchi bosqichning vazifasi bo‘lib, bu orqali tadqiqot rejasini ishlab chiqishga erishiladi.

Demak, insoniyatning axborot ishlab chiqishi bo‘yicha imkoniyat-larini kuchaytiruvchi zamonaviy texnologiyalar, axborotlashgan jamiyatning intellektual salohiyati sifatini ham belgilar ekan va bu jarayonlar axborotlashtirish sanoatini muntazam rivojlantirishning ilmiy-texnik asosi hamdir.

Axborot texnologiyalari jarayonlarni boshqarishdagi asosiy manba bo‘lib hisoblanadi. Ular kirish (boshlang‘ich) ma’lumotlarni va boshqa mavjud ma’lumotlarni tizim (qism tizimlarga va kerak paytda ayrim tizim elementlarigacha) larga ajratish va kayta ishlash hamda kerakli maqsadlar bo‘yicha qayta ishlangan ma’lumotlarni uzatish algoritm-larini o‘z ichiga oladi. Bu texnologiyadan jarayonlarni boshqaruv faoliyatida foydalaniladi. Shuning uchun ham axborot texnologiya laridan oqilona (ratsional) foydalanish ilmiy xodimlar faoliyati samaradorligini oshiradi.

Axborot texnologiyalari asosida faoliyat ko‘rsatish quyidagi vazifalarni hal qilishning optimal yo‘lini ta’minlab beradi:

- manba va unda kechayotgan jarayon to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kayta ishlash;



  • jarayonlar kechishi haqidagi davriy ma’lumotlarni muntazam ravishda olib turish va ular asosida oraliq nazoratlar olib borish;

  • ixtiyoriy joriy so‘rovlarga o‘sha paytning o‘zida javob olish, rasmiylashtirish va boshkarishga kerakli tuzatishlar kirita olish.

Demak, bugungi kun axborotlashtirilgan jamiyat sari dadil qadam ko‘yib borilishi bilan o‘ziga xos xarakterlidir. Bu borada axborotlar, axborot texnologiyalarining roli beqiyosdir.

To‘kkizinchi bosqichning vazifasi tadqiqot yo‘nalishi, muammoning qo‘yilishi, tadqiqot manbai, maqsadi, vazifalari va tadqikotning metodologik asoslari hamda ilmiy farazini e’tiborga olib ilmiy-nazariy asoslarini yaratishdan iboratdir. Bunda mazkur yo‘nalish bo‘yicha O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, Vazirlar Maqkamasi qarorlari, mutasaddi vazirliklar buyruqlari va mazkur yo‘nalish bo‘yicha turli me’yoriy hujjatlardagi talablarga rioya qilishga to‘g‘ri keladi. Bugungi ta’lim tizimi, uning maqsadi va vazifalari respublikamiz taraqqiyotiga xizmat qiluvchi ta’lim-tarbiya oldiga qo‘yilgan muammo yechimiga moye kelishi kerak. Jahon miqyosida xukum surayottan fan-texnika taraqqiyoti, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini boshqarish va uning kelajagini belgilab borishdagi kishilar intellektual salohiyati haqidagi axborot nihoyatda muhimligini ko‘rsatmokda.

Jamiyatning intellektual salohiyatiga moye bo‘lgan kelajak avlodni tarbiyalash ham bu boradagi muhim muammolardan iborat bo‘lib, ularning yechimini topish esa XXI asrintellektual asrining faol ishtirokchisini tarbiyalash kabi istiqbolli natijalarini qo‘lga kiritishni taqozo etadi.

O’z navbatida ta’lim jarayoni nihoyatda murakkab manba bo‘lganligi sababli uni boshqarish yetarli darajadagi ijodkorlikni talab etadi. Bugungi kunda ta’lim metodlari, usullari va texnologiyalari zamon bilan hamnafas bo‘lib kengayib bormokda. Bir vaktning o‘zida ta’lim-tarbiya jarayonining turli jabhalarini qamrab oluvchi kompleks bilimga ega bo‘lish har qanday xalq ta’limi tizimi xodimining ham qobiliyati yetarli bo‘lavermaydi. Bunday hollarda, albatta, ta’lim-tarbiya haqidagi ma’lumotlar, ma’lumotlar ombori, axborotlar, axborotlar banki, axborotlashtirish texnologiyalari haqidagi bilimlar banki katta imkoniyatlarni qo‘lga kiritishga sharoit yaratib beradi.



Kelajakda nafaqat bilimlar banki, balki ta’lim tizimimiz egallashi kerak bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar ham jahon ta’limi talablariga javob beradigan bo‘lishi lozim.

Xalq ta’limi tizimi oldiga qo‘yilayotgan qator vazifalar bugungi kunda davlat siyosatiga aylanadi. Shu sababli ham samarali ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqish va ularni amaliyotda joriy etish bugungi kundagi ilmiy-tadqiqot ishlarimiz diqqat markazida bo‘lmog‘i lozim.

Tadqiqot ilmiy-nazariy asoslarida boy milliy ma’naviy mero-simizga, umuminsoniy qadriyatlardan samarali foydalanish pedagogik ilmiy tadqiqot ishlarining hayotiyligini ta’minlashning asosiy manbalaridan biridir. Ayniqsa, kasbiy faoliyatni takomillashtirish borasidagi, barkamol avlod tarbiyasidagi ilmiy ishlarda muqaddas kitoblarimiz (Avesto, Qur’oni Karim, Hadisi Sha’rif va h.k), komusiy va hadischi olimlarimiz ta’limotlaridan, shoiru yozuvchi-larimiz ijodlaridan, tarixchi olimlarimizning buyuk asarlaridan Vatan qahramonlarimiz (Spitamen, Muqanna, Shiroq, To‘maris, Najmiddin Kubro, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Temur Malik, Madali Eshon, Nomoz Primkulov va h.k.) jasoratlaridan, davlat tuzilishi nazariyasi va amaliyoti (Amir Temur, Mirzo Bobur va boshqalar) hakidagi ta’limotlari haqidagi boy manbalardan maqsadga muvofiq foydalanilsa muammoning ilmiy-nazariy asoslarining tarixiy ildizlaridan ham xabardorligi ta’minlanadi.

Muammo ilmiy-nazariy asoslarini tayyorlashda qaralayotgan mavzu bo‘yicha jahonda kanday ishlar mavjudligini bilish va ularni tahlil kilib foydali xulosalarni chikarish ham muhim rol o‘ynaydi. Ulardagi ishlanmalar qay darajada amaliyotda o‘z o‘rnini topganligini baholash ham tadqiqotchidan katta intellektual salohiyatni talab etadi. Mazkur masalaning to‘g‘ri hal bo‘lishi tadqikotchining shug‘ullanayotgan mavzusi bo‘yicha nazariy asosni to‘g‘ri ifodalash imkonini yaratadi. Bu kayd etilgan tahlillardan to‘g‘ri xulosa chiqarish bilan tadqiqot farazini ifodalab olinadi va natijada mavzu bo‘yicha tadqiqot metodologiyasini yaratishga kirishiladi. Bunda, albatta nazariy asoslar ta’lim-tarbiya jarayonidagi biror yo‘nalishni takomillashtirishga yoki rivojlantirishga xizmat kilmog‘i lozim, aks holda o‘tkazilayotgan tadqiqotning nazariy asoslari hayotiy emasligi kelib chiqadi, ya’ni ishlab chiqilgan metodologiyadan pedagogik samaradorlikka erishib bo‘lmaydi va demakki bu tadqiqotni innovatsion texnologiya deb bo‘lmaydi.


Download 327.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling