Mavzu: ilmiy ish natijalarini rasmiylashtirish va axborotlarni uzatish bajardi: aminova mushtariy ilmiy rahbar


Download 327.39 Kb.
bet10/25
Sana02.01.2022
Hajmi327.39 Kb.
#190185
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25
Bog'liq
Ilmiy ish natijalarini rasmiylashtirish va axborotlarni uzatish

bosqich: Pedagogik samara beradigan ilmiy - uslubiy ishlanmalar yaratishga kirishish;

  • bosqich: Ishlab chiqilgan uslubiyat (uslub) asosida tajriba-sinov ishlarini tashkillashtirish va ular natijalarini tadqiqot maqsadi nuqtai nazaridan tahlil qilib chiqish;

    1. bosqich: Olingan natijalar bo‘yicha pedagogik samaralarni oshirish mezonlarini tahlil qilib chiqish va ular ichidan mazkur mavzu uchun muvofiqini tanlash;

    2. bosqich: Ilmiy - tadqiqot natijalarining pedagogik samaralarini aniqlash va baqolash hamda ularning joriy etilishiga yo‘riqnomalar taiyorlash;

    XVbosqich: Pedagogik samarali ishlanmalarni amaliyotga joriy
    etish uchun uslubiy tavsiyalar va ko‘rsatmalar taiyorlash.

    Qayd etilgan ketma-ketlikdagi birinchi bosqichning vazifasi tadqiqotchini o‘zini qiziqtirgan sohaga kiritishni ta’minlaydi. Bu borada mamlakatimizda Ta’lim to‘g‘risidagi Qonun, «Kadrlar taiyorlash milliy dasturi» va Davlat ta’lim stavdarti (DTS)larining qabul kilinishi ayni muddao bo‘ldi. Tabiiyki, mazkur hujjatlardagi barcha maqsad, vazifa, yo‘riqlar va rejalashtirilgan natijalarga o‘z-o‘zidan erishib bo‘lmaydi. Bunga ta’lim tizimiga mutasaddi va alokador barcha muassasa va tashkilotlarning mazkur vazifalarini bajarishdagi faolligi ko‘zlangan maqsadlarga erishishni ta’minlaydi. Bunday katta muammoni hal qilish uchun esa ta’lim tizimini boshqarish muassasalariga, muassasa rahbarligiga muntazam ravishda ta’lim tizimi faoliyati to‘g‘risida axborotlar berib turish kerak va olingan axborotlarni qayta ishlab, ta’limni boshqarishda ulardan foydalanish lozim. Axborotlar esa ma’lumotlar orqali olinadi. Respublikamizda ommaviy axborot vositalaridan (ro‘znoma, oynoma, radio, televideniye, internet va h.k.) har kuni turli mazmundagi axborotlarni olish mumkin. Ayniqsa, bugungi kunda «Internet» tarmog‘i xizmati ilmiy tadqiqotchilarning turli mavzular bo‘yicha yig‘ishi kerak bo‘lgan ma’lumotlarni to‘plashda katta imkoniyatlar yaratmoqda. Bulardan tashqari Respublikamizda har bir soha (yo‘nalish) bo‘yicha ilmiy, ilmiy-uslubiy va ilmiy ommabop manbalar bor, boy kutubxonalar mavjud va ulardan foydalanish imkoniyatlari beqiyos.

    Bu sohadagi ma’lumotlar, asosan empirik (tajribalar asosida hosil bo‘lgan), analitik (formulalar, qonuniyatlar asosida hosil bo‘lgan), fiziologik (kishi fiziologik holatlarini ifodalovchi), funksional-tajribaviy (manba orqali olinayotgan ko‘rsatkichlar orasidagi proporsional bog‘lanishlarni ifodalovchi) ko‘rinishlarda uchrashi mumkin. Mazkur ma’lumotlar asosan yuqorida qayd etilganidek yozma manbalardan olinadi, shuningdek, tadqiqot maqsadini belgilab olish jarayonida kishilar bilan (o‘quvchi, talaba, o‘qituvchi, va hokazo ijtimoiy omma) o‘tkaziladigan so‘rovlar (anketa, savolnoma va h. k. tarkatib, ularga javoblar olish) o‘tkazish jarayonida ham hosil qilinadi.

    Hosil kilingan ma’lumotlar turi aniqlanadi. Sonli bo‘lganda to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanishga erishiladi. Sifatiy bo‘lganda esa ular kodlashtiriladi.

    Bu bosqich oxirida foydalaniladigan axborotlar tuzilishi bel-gilanib, ulardan tadqiqot davomida foydalanish rejalashtiriladi.


    Download 327.39 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling