Mavzu: Ilmiy ishni rasmiylashtirish Bajardi: Nortojiyeva Ma'mura Ilmiy rahbar: Amanullayeva Kamola
Download 126.27 Kb.
|
Ilmiy ishni rasmiylashtirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchisiga
- Ikkinchisiga
Tadqiqot usullari tasnifiHozirgi zamon fan har tomonga ildiz otgan, gorizontal va vertikal aloqalarga ega bo‘lgan, cheksiz kataklardan iborat global golografik tuzilmani eslatadi. Tadqiqot ob’ekti, predmeti, qo‘yilgan maqsad va ishlab chiqarishga tatbiq qilish xususiyatiga qarab bunday tuzilma bilish sohalari, tarmoqlari va yo‘nalishlarga bo‘linib ketadi. Ularni tasniflashda birinchi navbatda fundamental va amaliy-texnologik fanlarni farqlaydilar. Fundamental fanlarda (metematika, fizika, umumiy sotsiologiya va boshqalar) nazariy bilish usullardan, amaliy-texnologik fanlarda (texnikashunoslik, qishloq xo‘jaligi fanlari, tibbiy fanlar va boshqalar) tajribaviy – eksperimental usullardan foydalanish ustuvor ahamiyatga ega. Tatbiq qilish sohalariga qarab izlanish usullari 3 ta katta guruhga bo‘linadi. Birinchisiga eng umumiy tadqiqot usullari-falsafiy izlanish usullari kiradi. Bular plyuralistik yondashuv, tanqidiy ratsionalizm, dialektik, germenevtik, fenomenologik va boshqa falsafiy tadqiqot usullari bo‘lib, ular nazariy tafakkurni yuqori qatlamlarida amal qiladi. Bu qatlamda ilmiy tadqiqot usullarini mohiyati, funksiyalari, o‘zlariga xos xususiyatlari tahlil qilinadi, yangi g‘oyalar va tamoyillarning nazariy va uslubiy mazmuni, evristik (ijodiy) istiqbollari muhokama qilinadi.
Umumilmiy tadqiqot usullarini tasniflash ilmiy bilish darajalari tushunchasi bilan bog‘langan. Xususan, empirik bilish darajasida kuzatish, taqqoslash, eksperiment usullari qo‘llaniladi. Nazariy tadqiqot sohasida tuzimli yondashuv, aksiomalashtirish, mavhumlashtirish, formallashtirish usullaridan foydalanadilar. Hozirgi paytda umumilmiy maqomga ega bo‘lgan ob’ektlarni sinergetik yondashuv tamoyillari asosida o‘rganish keng tarqalmoqda. Ayni paytda sinergetik tadqiqot metodologiyasi ham shakllanmoqda. Shunday usullar mavjudki, ular ham empirik, ham nazariy bilish darajasida qo‘llaniladi. Masalan, axborotli (informatsion) yondashuv, modellashtirish, kompyuterli eksperiment va boshqalar. Download 126.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling