Mavzu: Ilmiy ishni rasmiylashtirish Bajardi: Nortojiyeva Ma'mura Ilmiy rahbar: Amanullayeva Kamola


Download 126.27 Kb.
bet2/21
Sana05.01.2022
Hajmi126.27 Kb.
#216777
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Ilmiy ishni rasmiylashtirish

Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Til umumjamiyat, ijtimoiy hodisa sifatida ma’lum bir millat vakillariga birdek xizmat qiladi. U shu til egalari uchun umumiy. Nutq esa xususiydir. Til shohga ham, gadoga ham, boyga ham, xizmatkorga ham, o‘g‘riga ham birdek, ammo ularning nutqlari turli-tumandir. Chunki ma’lum tilda gaplashadigan qancha odam bo‘lsa, shuncha rang-barang nutq mavjuddir. Har bir shaxs barcha uchun umumiy bo‘lgan milliy tildan o‘z imkoni darajasida foydalanadi, fikrlaydi, nutq irod qiladi. Nutqda so‘zlovchining nutq a’zolari yaratgan ovoz, tovushlarning mayin-yo‘g‘onligi, tez-sekinligi, tiniq-shovqinliligi, bilimi, saviyasi, shevasi, o‘zbek tili lug‘at boyligidan qay darajada foydalana olishi, muomala madaniyati va boshqa shu kabi fazilatlari bilan bir qatorda nutqida mavjud bo‘lgan kamchilik va nuqsonlari ham namoyon bo‘ladi. Til esa bunday kamchilik va nuqsonlardan xolidir. Qisqasi, til va uning iste’mol jarayonidagi moddiy qobig‘i bo‘lgan nutq shaxsni jamiyat bilan bog‘lab turadi, insonlarning bir-biri bilan muloqotining asosi bo‘ladi. Qisqasi, til aloqa materiali bo‘lsa, nutq aloqa shaklidir. Ilmiy tadqiqot - yangi bilimlarni ishlab chiqish jarayoni, bilish faoliyati turlaridan biri. Unga obʼyektivlik, ishonchlilik, aniklik xos. Ilmiy tadqiqot hamma shartlarga amal qilib takrorlanganda hamisha birdek natija beri-shi, bahs etilayotgan masalani isbotlashi lozim. Ilmiy tadqiqot bir-biri bilan boglangan ikki kiyem — tajriba va na-zariyadan iborat. Ilmiy tadqiqotning asosiy komponentlari: mavzuni belgilash, mavjud axborotni, tadqiqot sohasidagi shartsharoit va metodlarni, ilmiy farazlarni oldindan taxlil etish, tajriba oʻtkazish, olingan natijalarni taxlil etish va umumlashtirish, kelib chiqqan farazlarni olingan dalillar asosida tekshirish, yangi fakt va qonunlarni ifodalab berish, ilmiy bashorat yuritish. Ilmiy tadqiqotlarni fundamen-tal va amaliy, miqdoriy va sifatiy, noyob va kompleks tadqiqotlarga aj-ratish keng tarqalgan. Ilmiy tadqiqotlarning metod va tajribalari fanning oʻzidagina emas, balki koʻpgina iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni qal qilishda ham keng qoʻllaniladi 


Download 126.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling