Mavzu: Ilmiy ishni rasmiylashtirish Bajardi: Nortojiyeva Ma'mura Ilmiy rahbar: Amanullayeva Kamola
Download 126.27 Kb.
|
Ilmiy ishni rasmiylashtirish
Usul (metod) tushunchasiBilish inson faoliyatini bir ko‘rinishi bo‘lib, shu faoliyat natijasida narsa va hodisalar to‘g‘risida tasavvurlar, obrazlar, tushunchalar hosil bo‘ladi, ularning tizimlashgan majmuasi bilimda ifodalanadi. Tasavvur va tushunchalarni bir – bir bilan bog‘laydigan, yakka tushunchalardan umumiy tushunchalarni hosil qiladigan ruhiy jarayon tafakkurdir. Inson voqelikni o‘zlashtirar va o‘rganar ekan, uning faoliyatiga yordam beradigan vositalar, hatti-harakat tamoyillari, qoidalari shakllanadi, ya’ni faoliyat usuli vujudga keladi. Dastlab, amaliyot usullari, keyinchalik ta’lim, fan sohalarida aqliy faoliyat usullari ishlab chiqildi. Shunisi e’tiborliki, yunon tilida usul (methodos – tadqiqot yo‘li, nazariya, ta’limot) nazariy faoliyat qoidasi (tamoyili) ma’nosini bildirsa, arab tilidan olingan «usul» so‘zi ko‘proq amaliy faoliyat yo‘lini, ya’ni, bir narsani yuzaga chiqarish, amalga oshirish yo‘li, harakat tarzi, tartibi ma’nolarini ifodalaydi. Shunday qilib, faoliyat mavjud ekan, faoliyatni yo‘naltiradigan usul ham mavjud bo‘ladi. Mehnat tajribasining umumlashmasi bo‘lgan muntazam takrorlanadigan faollik tartibi, qoidalari asrlar davomida shakllangan. Shu bilan birga aqliy mehnat sohasida ham ixtisoslashgan faoliyat usullari vujudga kelib, ular bilish va tadqiq qilish usullarini paydo bo‘lishi uchun zamin bo‘lib xizmat qilishgan. Usul – bu amaliy yoki nazariy natijaga erishish maqsadida tatbiq qilinadigan tushuncha, qoida va tamoyillar tizimidir. Bunday tizimdan foydalanish faoliyatimizga oqilonalik, tartibot, yo‘nalish va energetik yutuq beradi. Haqiqatan ham faoliyatning qaysi sohasida bo‘lmasin, usuldan foydalanish bir qator ijobiy natijalarni beradi: - inson faoliyatini tartiblashtiradi; - natijaga erishish yo‘lini qisqartiradi; - faollik yoki izlanish energiyasini tejash imkoniyatini beradi; - samaradorlik koefitsiyentini bir necha barobar ko‘paytiradi. Usul faoliyat samaradorligini ta’minlaydigan tizimli qurol ekan, uning unsurlari aqliy, amaliy va texnologik amallar, qoidalar va vositalardan tashkil topgan. Tabiiy-ki, ilmiy tadqiqotda aqliy faoliyat qoidalari, tamoyillari ustuvor o‘rinni egallaydi.
Download 126.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling