Mavzu: ilmiy tadqiqot haqida umumiy tushuncha


Download 38.49 Kb.
bet4/6
Sana07.02.2023
Hajmi38.49 Kb.
#1175842
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-mavzu ma\'ruza

Ilmiy eksperiment bu maxsus ilmiy asbob - uskunalardan mazkur fanning o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib ijodiy foydalanish jarayonidir. Eksperimentning ijodiy roli ilmiy faktlarni olish, jamlash, olimning ixtiyorida mavjud faraz­lar, konsepsiyalar va nazariyalarni tekshirishdan iborat. Eksperimentda olingan ma’lumotlar, faktlarni anglab yetish il­miy ijodning muhim jihatlaridan biridir. Masalan, yapon eksperimentchi fizigi L .Esaki o’zining yarim o’tkazgichlarni o’rganish borasidagi eksperimentlarining natijalarini to’g’ri tushunish va tavsiflashga muvaffaq bo’ldi hamda «tunnel diodlari» (yoki «Esaki diodlari») turkumini kashf etdi. Mazkur kashfiyoti uchun olim fizika sohasida Nobel mukofoti bilan taqdirlandi.
Yangi ilmiy bilimni ma’lum ilmiy tizimga kiritish ilmiy ijodning muhim jihatlaridan biridir. Ilmiy nazariyalar yordamida bilimlarni tizimga solish bu yangi bilim elementlarini mexanik ravishda qo’shish emas, balki ularni ijodiy sin­tez qilish, dialektik sakrash, bilishning yangi sifatiga, mazkur bilimni tushunishga o’tish demakdir.
Ilmiy nazariya ilmiy bilim tizimida ilmiy gipotezaning shakllanishi, rivojlanishi va tasdiqlanishi natijasidir. Ilmiy gipoteza ilmiy muammodan kelib chiqadi: ilmiy muammo bu hali bilinmagan va bilish lozim bo’lgan narsa haqidagi bilim bo’lsa, gipoteza— bu ehtimol tutilgan bilim, bilimdan oldingi bilim, ilmiy muammoni hal qilishning ehtimol tutilgan yo’llari haqidagi ozmi - ko’pmi asoslangan, dalillangan ilmiy farazdir. Olimning ijodi mana shu yo’llarni to’g’ri tanlashda namoyon bo’ladi. Agar gipoteza ilmiy tadqiqot jarayonida tasdiqlangan, uning to’g’riligi va mavjud ilmiy faktlarga zid emasligi isbotlangan bo’lsa, u to’laqonli ilmiy nazariyaga aylanadi. Gipoteza va nazariyalar ishlab chiqish ilmiy ijodning muhim jihatidir. Olimlarning ijodiy qobiliyati mazkur fanning ichki mantig’iga va ilmiy izlanish ehtiyojlariga javob beruvchi asoslangan, teran, dalillangan gipotezalar yaratishga ular qay darajada qodirligi bilan tekshiriladi.
Gipotezadan o’sib chiquvchi ilmiy nazariya ilmiy ijodning yakuniy natijasi va shu bilan bir vaqtda, yangi ijodning, olimlarning kelgusi ijodiy faoliyatining boshlang’ich nuqtasidir.
Ilmiy ijod ham xuddi badiiy ijod singari, tadqiqotchi olimning ilhomi, fantaziyasi, umumiy madaniyati, shuningdek, ilmiy xodim ijodkor shaxs sifatida ega bo’lgan ma’naviyat darajasi bilan chambarchas bog’liq. Ichki erkinlik, shaxs dunyoqarashining dogmalardan holiligi unumli ilmiy ijodning zarur shartidir. Ilmiy ijod sohasida erkin bo’lish moneliksiz ijod qilish, birovning qolipiga tushmaslik, yangi ilmiy bilimlarni olish va qayta ishlashda ob’ektiv va xolis bo’lish demakdir. Fanda ijod erkinligi deganda tabiatda, jamiyatda va tafakkurda o’rganilayotgan hodisalarning teran mohiyatini ochib berishga muttasil intilish tushuniladi. Kon’yunktura, sub’ektivizm ilmiy ijod ruhiga batamom yotdir. Ilmiy bilish, ilmiy ijodga teranlik, realizm, ob’ektivlik va har tomonlama o’rganish, shuningdek, olingan yoki olinayotgan ilmiy bilimga tanqidiy yondashuv xosdir.
Ilmiy ijod ilmiy tadqiqotning ilmiy metodi, metodologiyasiga ongli ravishda tayanadi. Falsafa chinakam ilmiy ijod uchun mana shunday metodologik asos bo’lib xizmat qiladi.

Download 38.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling