Natijalarning amaliy faoliyat bilan mosligini solishtirish, ya’ni natijaning tadqiqot manbaiga nisbatan adekvatligini solishtirish, ilmiy tahlil qilish va umumlashtirish.
Natijalarni solishtirishda tadqiqot maqsadi, vazifalari va ishchi farazlarini e’tiborga olgan holda nazariy jihatdan qo’lga kiritilgan yutuqlar (usul, uslubiyat, texnika, texnologiya va h.k.) natijasining amaliy tadqiqot natijasiga mosligi o’rganiladi va shu asosda tadqiqotning keyingi bosqichini davom ettirishga ko’rsatma beriladi.
Qo’lga kiritilgan natija asosida shakllangan xulosalar.
Xulosalash ilmiy tadqiqot ishining muhim bosqichi bo’lib, bunda tadqiqot oxirgi bosqichidagi natijalar asosida umumlashtirishlar olib boriladi va unda olingan natijalarning muammo qo’yilishi bilan mosligi ham ifodalanadi. Nazariy tadqiqot uchun bu so’nggi bosqich bo’ladi va natijalarni o’zlashtirishga kirishiladi.
Natijalarni o’zlashtirish – bu olingan natijalarni amaliy o’zlashtirilishiga tayyorlash, ya’ni iste’mol uchun tayyorlash. Bunda tadqiqotchi ishtiroki muhim rolь o’ynaydi, chunki kerak bo’lganda ayrim tuzatishlar kiiritish har kimning ham qo’lidan kelavermaydi.
Natijalarni amaliy faoliyatda joriy etishga uslubiy tavsiyalar va ko’rsatmalar tayyorlash.
Uslubiy tavsiya va ko’rsatmalar berish, bevosita ilmiy tadqiqot ishi natijalari va ularning tadqiqot manbaiga hamda muammo qo’yilishiga mosligi asosida tayyorlanadi va ishlanmadan amaliyotda foydalanish yo’l-yo’riqlari ifodalanadi. Uslubiy tavsiyalar shunga o’xshash ilmiy tadqiqot ishlarini bajarishga ham qaratilgan bo’lishi mumkin.
Demak, yuqorida keltirilgan ITIning har bir bosqichi ham o’ziga xos xususiyatga ega ekan va bu jarayonlarni bosib o’tishda alohida talablar qo’yiladi.
Mavzu bo’yicha mustahkam esda saqlab qolishga oid holatlar:
mavzuni tanlash va asoslash jarayoni ITI ning dastlabki bosqichi hisoblanadi;
Do'stlaringiz bilan baham: |