Mavzu; Imlo va talaffuz munosabati


Download 1.78 Mb.
Sana01.04.2023
Hajmi1.78 Mb.
#1315012
Bog'liq
dildora alixonova imlo va talaffuz

Mavzu; Imlo va talaffuz munosabati

Qabul qiluvchi; Gulchehra Begmatova

Topshiruvchi; Dildora Alixonova

Reja;

1. Orfografika haqida ma’lumot

2. Orfoepiya haqida ma’lumot

Imlo va talaffuz me’yorlari

 Hozirgi o`zbek tilida 31 ta tovush - fonema mavjud bo`lib, ularni ifodalashga xizmat qiladigan rus grafikasiga asoslangan belgilar soni 35 ta. Ana shu tovushlar tizimi va ularning harfiy ifodasiga ega bo`lgan o`zbek tili bugungi kunga qadar 1956 yil 4 aprelda tasdiqlangan va kuchga kiritilgan «O`zbek orfografiyasining asosiy qoidalari»ga binoan ish ko`rib kelmoqda. Binobarin, o`zbek tilining imloviy me’yorlari hozirgacha ana shu qoidalarga muvofiq amal qilmoqda va bu jarayon O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining «O`zbekiston Respublikasining «Davlat tili haqida»gi qonunining yangi tahririni amalga kiritish tartibi to`g’risida» 1995 yil 21 dekabrdagi qaroriga asosan 2005 yilgacha davom etdi.

Imlo va talaffuz

Imlo orfografika

Orfografiya grekcha orphos («to`g`ri») va grapho («yozaman») so`zlaridan tashkil topgan bo`lib, «to`g`ri yozaman» degan ma’noni bildiradi.

Talaffuz orfoepiya

  • Orfoepiya (yunoncha orthos - "to‘g‘ri" epos-"nutq" demakdir) adabiy talaffuz qoidalari to‘plami bo‘lib, u milliy til doirasida yagona talaffuz me’yorini belgilaydi. Shunga ko‘ra, orfoepiya adabiy tilning og‘zaki shakli bilan bevosita bog‘liqdir.

Orfoepiya

  • O‘zbek milliy tilining tarkibi nihoyatda rang-barang va murakkab bo‘lib, u o‘zida uchta yirik lahjani birlashtiradi. Bu lahjalardagi so‘zlar talaffuzi o‘ziga xos fonetik, leksik va morfologik belgilari bilan farqla-nadi: 1) qipchoq lahjasida so‘z boshida adabiy tildagi y undoshi o‘rnida j talaffuz qilinadi: yo‘q //jo‘q, yigit//jigit; adabiy tildagi g‘ o‘rnida v undoshi aytiladi: tog‘//tov sog‘//sov; so‘z oxirida k, q undoshlari tushiriladi: kichik//kichchi, qattiq//qatti; 2) o‘g‘uz lahjasida esa so‘z boshida keladigan t, k jarangsiz undoshlari d, g tarzida talaffuz qilinadi: tog‘//dag‘, kel//gal kabi; 3) qarluq - chigil - uyg‘ur lahjasining o‘ziga xos fonetik xususiyatlari so‘z oxiridagi q undoshning g‘ tarzida aytilishi, ba’zan tushirilishida kuzatiladi: qovoq//qovog‘, shuningdek, bu lahjada

ORFOEPIYA (TALAFFUZ) VA ORFOGRAFIYA (IMLO)

Talaffuz va imlo bir-biri bilan chambarchas bogliqdir. Adabiy til qonuniyati asosida to'g'ri yozish qanchalik muhim bo`lsa, to'g'ri talaffuz qilish ham shunchalik zarur. Ammo so`zning talaffuzi bilan yozilishi doim mos kelavermaydi. Buni tovushlarning so`zdagi o`rni va o`zaro ta'siri bilan izohlash mumkin. To'g'ri talaffuz me'yorlarini o`rganuvchi tilshunoslik bo`limiga orfoepiya (yunoncha orfo - to'g'ri, epos - so`zlamoq, nutq) deyiladi. To'g'ri yozish me'yorlarini o`rganuvchi tilshunoslik bo`limiga orfografiya (yunoncha orfo - to'g'ri, grafo - chizmoq) deyiladi.

Imlo qoidalari orfografiyaning fonetik, morfologik, shakliy, an’anaviy va differentsiya tamoyillari asosida ishlab chiqilgan. Fonetik va morfologik tamoyillar o`zbek orfografiyasining asosiy tamoyillaridir.

Fonetik tamoyil

  • Fonetik tamoyil (fonetik usul). Bu tamoyil so`zlar, so`z tarkibidagi qo`shimchalar qanday talaffuz etilsa, xuddi o`shanday yoziladi. Bu tamoyil asosida ayrim harflar imlosi, asos va qo`shimchalar imlosidagi ayrim qoidalar ishlab chiqilgan.

Morfologik tamoyil

  • Morfologik tamoyil. Bu tamoyilga ko`ra so`zlarning tarkibiy qismlari: o`zak-negiz va qo`shimchalari og`zaki nutqda qanday talaffuz qilinishidan qat’iy nazar, ya’ni og`zaki talaffuz shakliga qarab emas, asliga muvofiq yoziladi

Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling