Mavzu: Immunitet va immunologik reaktivlik. Epizootik jarayon va uni harakatlantiruvchi kuchlar. Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Download 35.56 Kb.
bet3/9
Sana26.01.2023
Hajmi35.56 Kb.
#1126808
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Immunitet va immunologik reaktivlik. Epizootik jarayon va uni harakatlantiruvchi kuchlar.

Maxsus profilaktika – bu ma’lum bir infeksion kasallikka qaratilgan maxsus tadbir hisoblanadi.
Maxsus profilaktika quyidagilardan tashkil topadi:
maxsus diagnostik tekshirish (m: tuberkulinizatsiya o‘tkazish, brutsellyozga, leykozga serologik tekshirish);
kasal hayvon va parrandalarni ajratish, majburiy karantin o‘rnatish va kasalga aniq diagnoz qo‘yish uchun uni kuzatish;
davolovchi dorilarni qo‘llash;
har xil maxsus preparatlar bilan (vaksina, giperimmun qon zardobi, immunoglobulinlar) sog’lom xo‘jalikda ma’lum bir infeksion kasallikka qarshi reja asosida immunoprofilaktika o‘tkazish. Buni profilaktik, agar xo‘jalikda kasallik namoyon bo‘lgandan so‘ng emlansa – majburiy emlash deyiladi.
Immunoprofilaktika usullari va maxsus vositalar.
Hayvonlarni emlash epizootiyaga qarshi tizimda epizootik zanjirning 3-bosqichi – moyil hayvonlarga qaratilgan maxsus tadbir hisoblanadi. Bu monovalent vaksina aynan bir kasallikka, polivalent vaksinalar esa qaysi kasallik shtammlaridan tayyorlangan bo‘lsa, faqat o‘sha kasalliklarga qarshi immunitet paydo qiladi.
Ko‘pgina infeksion kasalliklarga qarshi samarali biologik preparatlar (vaksina) yaratilgan, ular bilan emlanganda hayvonlarda kuchli immunitet paydo bo‘ladi, ularni aynan o‘sha kasallikdan himoya qiladi va infeksiya tarqalishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Shuning uchun epizootiyaga qarshi kurashishda va kasallikning tarqalishini oldini olishda moyil hayvonlarni vaksinatsiya qilish muhim rol o‘ynaydi.
Hayvonlarni infeksion kasalliklarga qarshi emlashda 2 xil vosita: vaksina, anatoksin va giperimmun, rekonvalessent qon zardoblari qo‘llaniladi. Hayvonlar vaksina va anatoksin bilan emlanganda, ularda faol immunitet shakllanadi, giperimmun yoki rekonvalessent qon zardobi yuborilganda retsipientlar tayyor antitelolarni olgani uchun ularda passiv immunitet bo‘ladi.
Vaksina – bu mikroorganizmlardan yoki uning hayot faoliyati davomida ajralgan mahsulidan tayyorlangan antigen preparat bo‘lib, organizmga yuborilganda u aynan o‘sha infeksion kasallikka qarshi immunitet paydo qiladi. Tayyorlanish usuli bo‘yicha vaksinalar: tirik va faolsizlantirilgan bo‘ladi.
Tirik vaksinalar - bu faolsizlantirilmagan, tirik, biroq kasallik chaqira olmaydigan (kuchsizlantirilgan), lekin organizmga kirgandan keyin ko‘paya oladigan mikroorganizm va virus shtammlaridan tayyorlangan biologik preparat hisoblanadi. Ular organizmga kirgandan so‘ng faolsizlantirilgan vaksinalarga nisbatan tezroq va uzoq muddatli immunitet shakllantiradi hamda hayvonlarga kam dozada, ko‘pincha 1 marta yuboriladi. Tirik vaksinalar tarkibida tirik, kuchsiz, ya’ni kasallik tug’diruvchi xossasi keskin pasaytirilgan mikroorganizm va viruslar bo‘ladi. Biroq tirik vaksinadan foydalanishda bir qator kamchiliklar mavjud. Vaksinadagi tirik mikroorganizm va viruslar rezistentligi pasaygan, zaif hayvonlarda qayta faollanishi (reversiya - reaktogenlik yoki kasallik chaqirishi) mumkin, ikkinchidan emlashdan 1-2 kun oldin va undan 7 kun keyin tirik vaksina qo‘llanilganda, vaksina shtammiga ta’sir etuvchi preparatlar (antibiotiklar, sulfanilamidlar, nitrofuran va boshq.) qo‘llanilishi mumkin emas, chunki bu immunitet hosil bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi. Tirik vaksinalarni qo‘llash, tashish, saqlash texnikalari buzilsa, vaksina qoldiqlari va idishlar yetarli zararsizlantirilmasa, vaksinadagi mikroorganizm va virus shtammlari atrof muhitga tarqalib ketishi mumkin.
Faolsizlantirilgan vaksinalar - bunda fizikaviy usullar yoki kimyoviy moddalar ta’sirida qo‘zg’atuvchi faolsizlantirilgan bo‘ladi. Faolsizlantirilgan - o‘ldirilgan vaksinalar patogenligi yuqori mikro-organizmlar va virus shtammlaridan, ularning a’zolari, zaharlaridan yuqori harorat, shuningdek, turli fizikaviy (ultra tovush, radiatsiya va boshq.) usullar yordamida yoki kimyoviy moddalar ta’sirida faolsizlan-tirilgan biologik preparat hisoblanadi. Faolsizlantirilgan vaksinalar hayvon organizmiga zarar keltirmaydi, biroq immunogenligi tirik vaksinalarga nisbatan pastroq, immunitet davomiyligi qisqaroq bo‘lishi mumkin. Ko‘p hollarda ushbu vaksinalarning immunogenligini oshirish uchun hayvonlarga ko‘proq miqdorda va 7-14 kun oralig’ida ikki marta yuboriladi. Faolsizlantirilgan vaksinalar qo‘llanilgandan keyin oxirgi emlangandan 8-14 kun so‘ng immunitet shakllanadi. Tirik va faolsizlantirilgan vaksinalar bilan emlanganda ular hayvonlarni uzoq vaqt davomida (4-6 oydan bir necha yilgacha) faqat va aynan vaksinada mavjud bo‘lgan kasallik qo‘zg’atuvchisining epizootik shtammlaridan himoya qilish imkonini beradi.
Vaksinalar tarkibiga ayrim adsorbent yoki adyuvantlar qo‘shib tayyorlash biologiyada muhim bir yangilik (ixtiro) bo‘ldi. Bunday vaksinalar deponirlangan vaksinalar deb yuritiladi. Ushbu vaksinalarga har xil adsorbentlar: saponin, alyumin gidroksid-gidroksal, mineral yog’ va boshqalar qo‘shiladi. Bunday vaksinalar organizmga tez so‘rilib ketmaydi, immuniteti mustahkam bo‘ladi va bir marta yuboriladi (emulsin vaksina).

Download 35.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling