Mavzu: Immunitet va immunologik reaktivlik. Epizootik jarayon va uni harakatlantiruvchi kuchlar. Reja: I. Kirish II. Asosiy qism
Epizootologik tekshirish usullarining ilmiy asoslari
Download 35.56 Kb.
|
Immunitet va immunologik reaktivlik. Epizootik jarayon va uni harakatlantiruvchi kuchlar.
2.3.Epizootologik tekshirish usullarining ilmiy asoslari.
Epizootik jarayon to‘g’risida tushuncha. Infeksion kasalliklarning asosiy o‘ziga xos xususiyati, epizootik zanjir paydo bo‘lishida maxsus qo‘zg’atuvchini ishtirok etishi, kasal hayvonni sog’lom hayvon uchun xavfliligi tushuniladi. Shuning uchun organizmga maxsus kasallik qo‘zg’atuvchining kirishi va kasal hayvonning sog’lom organizm bilan uzluksiz aloqada bo‘lishi barcha infeksion kasalliklarni paydo bo‘lishi va tarqalishi uchun asosiy sabab hisoblanadi. Epizootik jarayon – kasallik qo‘zg’atuvchi manba, qo‘zg’atuvchining kasal hayvondan sog’ hayvonga yuqish mexanizmi va omillari, shuningdek, kasallikka moyil hayvonlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabat natijasida aniq va yashirin infeksiyalarning paydo bo‘lishi, tarqalishi va yo‘qolishi. Bir so‘z bilan aytganda, biror bir qo‘zg’atuvchining organizmga kirishi, kasallik sodir etishi va qo‘zg’atuvchining tashqi muhitga chiqishi. Infeksion kasallik - epizootik jarayonning paydo bo‘lishi va kechishi uchun albatta 3 ta asosiy zveno - epizootik zanjirning 3 qismi: 1) kasallik qo‘zg’atuvchi manbai; 2) kasallik qo‘zg’atuvchisining bir hayvondan ikkinchisiga o‘tish yo‘llari, omillari; 3) moyil hayvonlar ishtirok etishi shart. Ulardan birortasi ishtirok etmasa, epizootik jarayon - kasallik sodir bo‘lmaydi. Har bir zvenoning epizootiyadagi rolini aniqlash juda katta nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Virus va mikroorganizmlar evolyusion taraqqiyot jarayonida hayvon organizmida yashashga moslashgan. Faqat ayrimlari – leptospiralar kam oqsilli suvda, antratsis, klostridiyalar, tetanislar esa tuproqda (organik moddalar hisobidan) yashaydi. Zamburug’lar-fuzariotoksikoz, staxiobotritoksikoz, botulizm qo‘zg’atuvchilari – Clostr. Botulinum silos, xashak, donda yashaydi. Epizootik jarayon qo‘zg’atuvchini kasal hayvondan sog’lom hayvonga uzluksiz o‘tib turishi natijasida kasalikni sodir bo‘lishi va tarqalishi bilan namoyon bo‘ladi. Bu holat qo‘zg’atuvchini tabiatda biologik tur sifatida barqarorligini ta’minlaydi. Epizootik zanjirni uzluksizligi barcha infeksion kasalliklarga xos va u o‘z mohiyati bilan u qo‘zg’atuvchini tabiatda barqarorligini saqlashga yo‘naltirilgan (I-rasm). Epizootik jarayonning mohiyatini aniqlashda, epizootiya dinamikasi davomida har xil tabiiy – iqlim va turli xo‘jaliklarga (chorvachilik, ovchilik, qo‘riqxona va h.zo) insonning faoliyati bir xil jalb qilinmagan sharoitda qishloq xo‘jalik va yovvoyi hayvonlar guruhi, poda populyasiyasi orasida epizootik jarayonni harakatlantiruvchi kuchlarning o‘zaro ta’siriga e’tibor qilish zarur. Demak, ushbu o‘zaro ta’sir tabiiy-geografik va aniq ijtimoiy - iqtisodiy (xo‘jalik) omillarga bog’liq holatda amalga oshadi. Bu epizootik jarayonni harakatlantiruvchi kuchlarining ikkilamchi omillari hisoblanadi. Shunday qilib, epizootik jarayonda biologik, tabiiy-geografik va ijtimoiy - iqtisodiy omillar va real sharoitning ta’siri va ahamiyatini aniqlab, unga bevosita (birlamchi) va bilvosita ikkilamchi o‘zaro ta’sir etuvchi, harakatlantiruvchi kuchlarni bilib olish hamda murrakab, o‘ziga xos epizootik jarayonni boshqarishni o‘rganish mumkin. Epizootik jarayonning asosida biologik parazitizm yotibdi, uni moyil hayvon populyasiyasi bilan maxsus kasallik qo‘zg’atuvchi o‘rtasidagi ma’lum bir tashqi muhit sharoitida o‘zaro ta’sir jarayoni deb qarash mumkin. Mana shunday o‘zaro munosabat natijasida infeksion kasallik qo‘zg’atuvchisi evolyusion taraqqiyot davomida moyil hayvon organizmida parazitlik qilishga moslashgan va uning tabiiy yashash vositasiga- xo‘jayiniga aylangan. Shuning uchun infeksion kasallikning tarqalish qonuniyatlarini o‘rganishda mikroorganizmni tabiiy yashash vositasisiz qarash mumkin emas, chunki qo‘zg’atuvchi - xo‘jayinsiz uzoq yashay olmaydi. Kasallik qo‘zg’atuvchisi manbai bo‘lib kasal, qo‘zg’atuvchi tashuvchilar, u bilan zararlangan hayvonlar hisoblanadi. Qo‘zg’atuvchi hayvonlar organizmida yashaydi, ko‘payadi va tashqi muhitga chiqadi. Kasallik qo‘zg’atuvchi manbaning bo‘lishi kasallikni sodir bo‘lishi va tarqalishi uchun shart. Patogenni organizmda bo‘lish muddati uning biologik xususiyatiga, organizmning immunoreaktivligiga va infeksiyaning namoyon bo‘lish shakllariga bog’liq. Aksariyat infeksion kasalliklarda qo‘zg’atuvchini tabiatda barqaror bo‘lishi va epizootik jarayonni uzluksizligi ta’minlanishi uchun uning organizmda bo‘lishi shart, biroq kam sonli ayrim mikroorganizmlar: leptospiralar oqsili kam suvda, saramas qo‘zg’atuvchisi, listeriya, klostridiyalar, antratsis – tuproqda, salmonellalar sutda yashash va ko‘payishga moslashgan. Ayrim patogen kasallik qo‘zg’atuvchi bakteriyalar va zamburug’lar uchun yashash manbai bo‘lib o‘simliklardan tayyorlangan ozuqalar (xashak, somon va boshqalar) hisoblanadi. Kasallik qo‘zg’atuvchisining atrof muhitga chiqishi kasallikning har xil bosqichlarida har xil, yashirin davrida kamroq, rivojlangan davrida esa ko‘proq va tez bo‘ladi. Klinik belgilar paydo bo‘lganda kasallikning tarqalishi tez bo‘ladi, chunki qo‘zg’atuvchi juda ko‘p miqdorda organizmdan ajraladi. Brutsellyozda - homila tashlaganda, manqada - yara hosil bo‘lganda, oqsilda - afta yorilganda ko‘p miqdorda qo‘zg’atuvchi ajraladi. Surunkali kasalliklarda m: brutselezda, infeksion anemiyada, manqada, tuberkulyozda kasallik avjlasa juda xavfli bo‘ladi, chunki kasallik qo‘zg’atuvchisi ko‘p miqdorda tashqi muhitga chiqib, kasallikni tez tarqalishiga imkon yaratadi. Ayrim hollarda kasallikning klinik belgilari namoyon bo‘lishidan oldin ham qo‘zg’atuvchi organizmdan ajralishi va kasallikni sodir etishi mumkin. M: oqsil kasalligi virusi yashirin davrining 24-36 soatlarida klinik belgi paydo bo‘lmasdanoq sutda, ushbu muddatda cho‘chqa o‘lati virusi siydikda, quturish virusi esa 10 kun oldin so‘lakda bo‘ladi. Infeksion kasallik atipik (abortiv) kechsa, sub klinik belgilar yoki simptomsiz o‘tsa, ular kasallik qo‘zg’atuvchi manba sifatida juda xavfli. Kasallik qo‘zg’atuvchi tashuvchilari har xil kasallikda har xil bo‘ladi. Surunkali kechuvchi kasalliklarda (brutselez, tuberkulyoz, leptospiroz, infeksion anemiya, salmonellyoz) uzoq davom etadi. Organizmni rezistentligini pasaytiruvchi omillar: sovuq, issiq, shamol, ochlik, suvsiz qolish, zaharlanish va boshqalar latent yoki sub klinik kechayotgan kasalikni avjlantirib yuborishi mumkin. Kasallik qo‘zg’atuvchisi tashuvchilar kasallarga nisbatan uni tez tarqatishda muhim rol o‘ynamasada, ular veterinariya vrachlari tomonidan o‘z vaqtida aniqlanmagani uchun sog’lom hududda infeksion kasallikni statsionar saqlanishga, epizootik o‘choq paydo bo‘lishiga olib keladi. Patogen qo‘zg’atuvchilarni ma’lum bir tabiiy sharoitda hayvon kemiruvchi, qon so‘ruvchi hasharot organizmida, tuproqda, suvda yashashi va ko‘payishi infeksiya qo‘zg’atuvchisi rezervuarini hosil qiladi. M: suv havzalarida va kemiruvchilarda leptospiralarni, kuydirgidan o‘lgan hayvonlar ko‘milgan joylarda kuydirgi qo‘zg’atuvchisini, klostridiyalarni, saramas qo‘zg’atuvchisini, xashaklarda zamburug’larning bo‘lishi. Bir qancha infeksion kasalliklarda qo‘zg’atuvchi rezervuari bo‘lib evolyusion taraqqiyotda yaqin turgan hayvonlar turi emas, balki uzoq turgan yovvoyi hayvonlar, kemiruvchilar (quturish, listerioz, leptospiroz), ayrimlarida esa qon so‘ruvchi hasharotlar va kanalar (arbovirusli kasalliklar, tulyaremiya, tuya o‘lati va boshq.) xizmat qiladi. Bu o‘rinda shuni ta’kidlash joizki, hasharot va kanalar bu yerda 2 ta: biologik xo‘jayin va qo‘zg’atuvchini tashuvchi-o‘tkazuvchi vazifalarni bajaradi. Asosiy kasallik rezervuarlari bo‘lib hisoblangan kemiruvchilar 15 dan ziyod infeksion kasallikni hayvonlar, 20 ga yaqin kasallikni odamlar orasida tarqatadi (quturish, listerioz, leptospiroz, tulyaremiya, Aueski). Kasallik qo‘zg’atuvchi manbani, shu jumladan, rezervuarni o‘z vaqtida aniqlash, uni zararsizlantirish yoki butunlay yo‘qotish epizootiyaga qarshi kurashishning eng muhim tadbirlaridan hisoblanadi. Kasallik qo‘g’atuvchisi evolyusion taraqqiyot davomida faqatgina hayvon organizmida parazitlik qilib yashashga emas, balki bir organizmdan chiqib ikkinchisiga o‘tishga ham moslashgan. Bu holat epizootik jarayonning uzluksizligini ta’minlaydi. Hattoki, kasallik qo‘zg’atuvchi manba va moyil hayvon bo‘lsa ham, agar qo‘zg’atuvchining boshqa organizmga o‘tishini iloji bo‘lmasa, kasallik ikkinchi sog’ hayvonda sodir bo‘lmaydi. Shuning uchun kasallikning tarqalishi uchun qo‘zg’atuvchining o‘tish mexanizmi ishlashi zarur. Download 35.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling