Mavzu: Inflatsiya va unga qarshi kurashish yoʻllari reja: kirish
Download 310.02 Kb.
|
INFLAYATSIYA VA UNGA QARSHI KURASHISH YOLLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR I. KIRISH
Mavzu: Inflatsiya va unga qarshi kurashish yoʻllari REJA: KIRISH ASOSIY QISM Aholining turmush darajasi va inflatsiya. Uy xoʻjaliklarida oʻtkazilgan soʻrovlar va jamlanmagan INI maʻlumotlari asosida yashash qiymati tahlili. Inflatsiya, uning mazmuni, kelib chiqish sabablari va shakllari. Inflatsiyaning ijtimoiy, iqtisodiy oqibatlari. Inflatsion targetlash rejimiga bosqichma-bosqich o’tish va pul-kredit siyosatini takomillashtirish boʻyicha Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining PF-5877-sonli Farmoni. XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR I. KIRISH Inflatsiya lotincha «inflatio» soʻzidan olingan boʻlib «ish», «boʻrtish», «koʻpchish» degan maʻnoni anglatadi. Bu soʻz XIX asrning oʻrtalaridan boshlab iqtisodchilar tomonidan iqtisodiy termin sifatida ishlatilgunga qadar, u tibbiyotda xavfli oʻsma kasalini ifodalashda qoʻllanilgan. Tarix haqiqatda ham bu soʻzning har tomonlama xavfli ekanligini koʻrsatdi. Chunki inflatsiya qandaydir alohida olingan bozorda tovarlar va xizmatlar narxining oʻsishidangina iborat boʻlmasdan, bu umumiqtisod uchun xavfli hodisadir. Inflatsiya soʻzining iqtisodiy tarjimasi – muomalada mavjud boʻlgan tovarlar va ularning bahosiga nisbatan koʻp pul chiqarish degan maʻnoni anglatadi. Iqtisodda inflatsiyaning yakuni tovarlar bahosining oʻsishiga, qoniqtirilmagan, lekin qisman toʻlanishi mumkin boʻlgan talablarning vujudga kelishga olib keladi. Odatda inflatsiyaning bu turi - klassik inflatsiya deb yuritiladi. Inflatsiya soʻzi pul muomalasi sohasida AQSh ning Shimoliy va Janubiy shtatlari oʻrtasida fuqarolar urushi boʻlganda muomalaga juda koʻp miqdorda (450mln. grin bek) qogʻoz dollar chiqarilgan boshlab qoʻllanila boshlagan. Ularning sotib olish qobiliyati ikki yildan keyin 50 foizlargacha tushib ketgan. Agar tarixga eʻtibor beradigan boʻlsak, urush va boshqa ofatlar sababli davlat xarajatlarning oshib ketishi, inflatsiya bilan uzviy bogʻliq. Masalan, Angliyada kuchli inflatsiya XIX asrning boshida Napoleon bilan urush davrida, Frantsiyada - Fransuz revolyutsiyasi davrida, Rossiyada XIX asrning oʻrtalarida namoyon boʻlgan. Germaniyada juda yuqori surʻatlardagi inflatsiya 1923 yillarda boʻlib, muomaladagi pul massasi 496 kvintillion markagacha etgan va pul birligi trillion marta qadrsizlangan. Bu tarixiy misollar koʻrsatadiki, inflatsiya hozirgi davr jarayoni boʻlmasdan, tarixan mavjud boʻlgan jarayondir. Inflatsiya va uning rivojlanishi alohida olingan mamlakatda maʻlum xususiyatlarga ega boʻlishi mumkin. Hozirgi davr inflatsiyasi, oʻtgan davr inflatsiyasidan farq qiluvchi xususiyatlarga ega. Oldingi inflatsiyalar vaqtinchalik boʻlib, ular odatda urush vaqtida harbiy xarajatlarni qoplash uchun qogʻoz pullar chiqarilishi natijasida yuzaga kelgan. Biror daromad olmasdan turib, yaʻni ishlab chiqarish va Tovar aylanish surʻatlarini oshirmasdan yoki bu koʻrsatkichlar kamayib ketgan holda davlat tomonidan boʻladigan xarajatlarni moliyalashtirishning asosiy yoʻllaridan biri qogʻoz pullarni muomalaga chiqarishdan iborat boʻlgan. Natijada muomalaga chiqarilgan pullar, muomala uchun zarur boʻlgan oltin miqdoridan oshib ketgan va pulning real qiymati uning nominal qiymatidan tushib ketgan, yaʻni, xaqiqatda pul birligi oʻzida koʻrsatilganidan kam oltin miqdorni ifoda qila boshlagan. Download 310.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling