Mavzu: Inflatsiya va unga qarshi kurashish yoʻllari reja: kirish
Download 310.02 Kb.
|
INFLAYATSIYA VA UNGA QARSHI KURASHISH YOLLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oshkora inflatsiya.
- Yashirin inflatsiya.
Inflatsiya darajasi
Demak, 2007-yilda inflatsiyaning oʻsish surʻatlari taxminan 27.3% teng boʻlgan. Inflatsiyaning oʻsish surʻatlari toʻgʻrisida gapirganda, uning rivojlanishi-ning boshqa yoʻli ham mavjud. Bu usul «70 lar qoidasi» deb ataladi. Agar har yillik inflatsiya darajasi maʻlum boʻlsa, baxolar ikki marta oshishi uchun necha yil kerak ekanligini aniqlash mumkin. Buning uchun 70ni har yilgi inflatsiya darajasiga boʻlish kerak. Masalan, inflatsiyaning har yillik darajasi 5% boʻlsa, baxolar darajasi 14 yildan keyin ikki marta oshishi kerak. Agar har yillik inflatsiya darajasi 20% boʻlsa, baxolar darajasi 3 yildan keyin ikki marta oshishi kerak. Oshkora inflatsiya. Talab tomoniga qaragan makroiqtisodiy tengsizlik doimiy ravishda narx-navoning koʻtarilib borishi bilan ifodalanadigan boʻlsa, bunday inflatsiya oshkora inflatsiya deb ataladi. Oshkora inflatsiya bozor mexanizmini buzmaydi: narx-navo baʻzi bozorlarda koʻtarilishi bilan bir vaqtda boshqa bozorlarda pasayib borishi mumkin. Buning asosiy sababi shundan iboratki, bozor mexanizmlari oʻz taʻsirini davom ettirib, milliy iqtisodiyotga baholar toʻgʻrisidagi maʻlumotlarni oshkora etkazib turadi, investitsiyalarni ilgari surib, ishlab chiqarishning kengayishi bilan taklifni ragʻbatlntirib boradi. Yashirin inflatsiya. Inflatsiyaning ushbu turi shunday koʻrinishda boʻladiki, bunday holatda baʻzi bir isteʻmol mahsulotlariga narx-navo maʻmuriy tarzda davlat tomonidan oʻrnatiladi va tartibga solib turiladi. Bundan asosiy maqsad, davlat tomonidan baʻzi mahsulotlarga narx-navoni «ijtimoiy past» darajada belgilaydi. Yashirin inflatsiya sharoitida narx-navoning keskin oʻsishi kuzatilmasligi mumkin. Lekin milliy pul birligining qadrsizlanishi, mahsulotlar aholi pul mablagʻlariga kerakli mahsulotlarni harid qilib boʻlmasligi holatlari paydo boʻladi. Iqtisodiyotda yashirin inflatsiya yuzaga chiqqanda mahsulotlarning narxnavosi hamda aholini daromadlarini oʻsishi vaqtincha toʻxtatiladi. Yashirin inflatsiyani vujudga kelishini asosiy sabablaridan biri bu narxlar ustidan maʻmuriy nazorat oʻrnatishdir. Buning natijasida bozor mexanizmi deformatsiyalanadi. Uning qaysi darajada va oʻzgarganligi darajasi va davomiyligi davlat tomonidan olib boriladigan siyosatga hamda tartibga solish shakliga bevosita bogʻliq boʻladi. Ushbu inflatsiyaning salbiy tomoni shundan iboratki, inflatsiya davrida ishsizlik darajasi oshadi, chunki ishlab chiqarish rivojlanmaydi. Xorijiy va milliy iqtisodiy nazariyaning qarashlariga asosan milliy iqtisodiyotning balansini buzilishi va uning oqibatida inflatsiyaning yuzaga chiqishining quyidagi toʻrtta omillari mavjud: qogʻoz pullarning emissiya qilishda va tashqi savdoda davlatning mutloq monopoliyasi; hozirgi zamon davlat funktsiyalarini bajarish uchun davlat xarajatlarini ortishi; kasaba uyushmalari tomonidan byudjet muassasalari ishchi-xodimlarining ish haqlarini oshirish boʻyicha faoliyati; iqtisodiyotda mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish sohasida ayrim xoʻjalik subʻektlarining monopoliya (oligopoliya) holatining mavjudligi. Inflatsiyani yuzaga keltiruvchi omillarga qarab uning sabablarini ichki va tashqi sabablarga boʻlish mumkin. Inflatsiyaning ichki omillari monetar-pul siyosati bilan va xoʻjalik faoliyati bilan bogʻliq turlariga boʻlinadi. Pul muomalasi muomaladagi pul massasaini bank tomonidan muomalaga chiqarilgan pullarning bankga qaytib kelish tezligini ifodalaydi. Agar muomalada oltinga almashinmay-digan banknotalar yoki qogʻoz pullar amal qilsa, u holda naqd pul muomalasi pul muomalasi qonuniga asosan amal qiladi. Qogʻoz pullar miqdori muomala uchun kerak boʻlgan oltin pullarning nazariy miqdoriga teng boʻlganda pul muomalasida hech qanday salbiy jarayonlar yuz bermaydi. Yuqorida koʻrsatilgan talab pulning barqarorligini taʻminlaydi, shuningdek, pul muomalasi mavjud boʻlgan barcha ijtimoiy tizimlarda oʻz kuchiga ega. Pul muomalasi qonuni muomaladagi tovarlar massasi, ularning narx darajasi va pul muomalasi tezligi orasidagi iqtisodiy aloqadorlikni aks ettiradi. Bu qonunga asosan muomala uchun zarur boʻlgan pul miqdorini quyidagi formula bilan ifodalash mumkin:
Download 310.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling