Mavzu: Inflatsiya va unga qarshi kurashish yoʻllari reja: kirish
INFLAYATSIYA VA UNGA QARSHI KURASHISH YOLLARI
Realizatsiya qilinadigan tovarlar narxi summasi
|
- |
Kreditga sotilgan tovarlar narxi summasi |
+ |
Majburiyatlar boʻyicha toʻlovlar summasi |
- |
Bir-birini qoplaydigan toʻlovlar summasi |
Pulning muomala va toʻlov vositasi sifatida oʻrtacha aylanish tezligi.
Pul miqdori tovarlar va xizmatlar baxosiga toʻgʻri proportsional, yaʻni tovarlar va xizmatlar baxosining oshishi muomalaga koʻp pul chiqarishni talab qiladi. Bu omil pul miqdoriga teskari taʻsir koʻrsatadi. Odatda, pul qanchalik tez aylansa, muomala uchun zarur boʻlgan pul miqdori shuncha kam talab qilinadi va aksincha. Bu holda muomalaga chiqarilgan pul miqdori muomaladagi tovarlar baxosidan oshib ketishi, yaʻni inflatsiya boʻlishiga yoki pul tanqisligiga olib kelishi mumkin. Pulning sotib olish qobiliyati shu pul birligiga toʻgʻri keluvchi tovar va xizmatlar miqdori bilan ifodalanadi. Binobarin, pulning sotib olish qobilyatini ifodalovchi koʻrsatkich tovarlar va xizmatlar baxosi hisoblanadi. Agar tovar va xizmatlar baxosi barqaror boʻlsa, pulning sotib olish qobiliyati ham barqaror boʻladi. Agar pul oʻzgarmagan sharoitda tovarlar baxosi oshadigan boʻlsa, bu hol pulning sotib olish qobiliyati tushganini koʻrsatadi va aksincha, tovar va xizmatlar baxosining tushishini pulning sotib olish qobiliyati oshganligidan dalolat beradi. Inflatsiya yuqori surʻatli sharoitda har bir ishlab chiqaruvchi resurslarni narxning oshib ketishidan choʻchib, oʻz tovari narxini yuqori qilib belgilaydi. Keragidan ortiqcha tovar olish natijasida jamgʻarma oʻz navbatida kamayadi, kredit resurslarining kamayishi, investitsiyaning oʻsishiga toʻsqinlik qiladi, u oʻz navbatida tovar va xizmatlar taklifining qisqarishiga olib keladi.
Inflatsiyani uzoq muddat uchun izohlashda koʻplab iqtisodchilar bilan Fridman pul massasi va narxlar darajasidan foydalanishgan. Ular ―Inflatsiya bu puldan paydo boʻladigan holatdir. Agar televidinie orqali oʻtgan oydagi inflatsiya darajasini eʻlon qilinsa, bu koʻrsatkich inflatsiyani ifodalamaydi, balki narxlar darajasi qanchaga oshganligini koʻrsatadi deb tushuntirishadi. Masalan, siz oxirgi yilda inflatsiya darajasi 1% (yil uchin 12%) boʻlganligini eshitsangiz, unda narxlar darajasi 1%ga oʻsganligini bildiradi. Balki bu bir martalik va vaqtinchalik xususiyatga ega boʻlgan holatdir. Agarda inflatsiya darajasi uzoq muddat (oxirgi yillarda oyiga 1%dan yuqori boʻlgan holat) davom etsa, unda iqtisodchilar uzoq muddati inflatsiya haqida garirishadi.
Monetaristlar nuqtai nazaridan pul taklifining doimiy oʻsishi oqibatlarini 1-rasm orqali tahlil qilib chiqsak. Tasavvur qilaylik, iqtisodiyotdagi holat boshlangʻich 1 nuqtada boʻlsa, yalpi talab (AD) va taklif (AS) ning kesishish nuqtasi, tabiiy emissiya F va narxlar P darajada, agar pul massasi yil davomida barqaror oʻssa, yalpi talab oʻng tarafga AD taklif tomonga suriladi, qisqa muddatda iqtisodiyotning barqarorlik 1´ holatga suriladi, yalpi emissiya K´(tabiiy darajaga oshadi. Ammo, ishsizlik darajasining tabiiy darajadan pastga tushishi ish haqining oshishiga olib kelib, egri yalpi talab chap tarafga suriladi. U AS2 holatga emissiya uzoq muddatli egri yalpi taklifning tabiiy holatini egallaydi. Muvozanat nuqtasi 2 holatga suriladi, narxlar darajasi R1 dan R2 nuqtaga suriladi.
Agar kelgusi yilda pul massasi yana oʻssa, yalpi talab oʻng tarafga surilib, AD3 nuqtasini egallaydi, egri yalpi talab esa, ASy oʻrinni egallaydi. Iqtisodiy muvozanat nuqtasi avval 2-holatga keyin 3-nuqtaga suriladi. Bu holatda narxlar darajasi R 3-holatga suriladi. Agar kelgusi yillarda ham oʻsib borsa, iqtisodiyotdagi narxlar darajasi oshib boraveradi va inflatsiyani yuzaga keltiradi.
1-rasm. Pul massasining doimiy oʻsishining taʻsiri.
Pul massasining doimiy oʻsishi yalpi egri talabni ADX oʻngdan AD3 va ADe oʻng tarafga qarab suriladi, ayni vaqtda pul massasining doimiy oʻsishi egri yalpi taklifni L5 holatdan AS2, AS3 va ASr chapga nuqtalarga suriladi. Natijada narxlar darajasi R, dan R2, R3 va R4 gacha ortishiga olib keladi.
Monetaristlar nuqtai nazaridan, yalpi egri taklif darhol AS2 holatga surilishi mumkin, chunki korxona firmalar pul massasining oʻsishini kutishadi va bu kutilayotgan inflatsiya darajasini oshishiga olib keladi. Bu holatda 2 nuqtaga harakatlanish tez boʻladi va emissiya tabiiy darajadan yuqori boʻladi.
Inflyatisiyaga taʻsir etuvchi omillarni ichki va tashqi omillarga boʻlish mumkin.
Inflatsiyaga taʻsir qiluvchi ichki omillarga quyidagilar kiradi:
Xarbiy xarajatlarning oshishi. Mamlakat bujeti xarajatlarini oshirib, inflatsiya darajasining oshishiga olib keladi.
Xaddan ziyod investisiyalarning kiritilishi;
Balanslashmagan oylik ish xaqi va narxlarning oʻsishi;
Ekspansion siyosat. Kredit qoʻyilmalarining arzonlashuvi iqtisodiyotga
ortiqcha pul massasining chiqishiga olib keladi.
Haddan ziyod emissiya yoki pul aylanishi tezligining oshishi.
Inflatsiya darajalarining oshishiga olib keluvchi tashqi omillar mamlakat ichki siyosatiga bogʻliq boʻlmagan holda tashqi siyosat natijasida yuzaga kelishi mumkin, ularga quyidagilar kiradi:
Tuzilmaviy inqirozlar;
Tashqi savdodan tushumning kamayishi
Toʻlov balansining salbiy qoldiqqa ega ekanligi.
Mamlakat tashqi savdo hamkor mamlakatlari va jahon miqyosida yuzaga kelgan tuzilmaviy inqirozlar mamlakatning ichki iqtisodiy holatiga ham salbiy taʻsir qiladi. Bunday holat mamlakatning eksportini pasayishi, kutilgan valuta tushumiga ega boʻlmasligi hamda ishlab chiqarish jarayoniga salbiy taʻsir qilishi orqali namoyon boʻladi.
Download 310.02 Kb.
Do'stlaringiz bilan baham:
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling