Mavzu: Inflatsiya va unga qarshi kurashish yoʻllari reja: kirish


Download 310.02 Kb.
bet11/13
Sana16.06.2023
Hajmi310.02 Kb.
#1515740
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
INFLAYATSIYA VA UNGA QARSHI KURASHISH YOLLARI

III. XULOSA
Inqirozli vaziyat va cheklov choralari sharoitida, aholining past darajada daromad oladigan qatlamlari asosiy isteʻmol tovarlar narxlari oʻzgarishiga kuchliroq taʻsirchan boʻladi. Past daromad oladigan aholining asosiy qismi iqtisodiyotning norasmiy sektorida faoliyat yuritishini hisobga oladigan boʻlsak, iqtisodiy faollikning pasayishi, birinchi navbatda, ularning daromadlariga taʻsir koʻrsatadi.
Shu sababli, yashash qiymati masalasi joriy vaziyatda muhim ahamiyat kasb etadi va past darajada daromad olayotgan aholi farovonligini oshirish uchun samarali chora-tadbirlar ishlab chiqishni taqozo etadi.
Qisqa muddatga moʻljallangan chora-tadbirlar:
- bozorlarni yashash uchun muhim boʻlgan isteʻmol tovarlari bilan taʻminlash hamda tovarlar taklifini ragʻbatlantirish va yetkazib berish zanjirini tashkil etish orqali ular narxining keskin oshib ketishiga yoʻl qoʻymaslik;
- ishga layoqatsiz shaxslar, yolgʻiz ona va nogironligi boʻlgan shaxslarga moliyaviy yordam koʻrsatish va muhim isteʻmol mahsulotlari bilan taʻminlash;
- ishsiz yoki kam taʻminlanganligi sababli sharoiti ogʻir boʻlgan mehnatga layoqatli shaxslarga malaka oshirish yoʻli bilan yangi ish oʻrinlari yaratgan va sharoitlarni yaxshilagan tadbirkorlarni ragʻbatlantirish;
- qishloq joylarda agrar sohani isloh qilish orqali yer resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish.
Uzoq muddatga moʻljallangan chora-tadbirlar:
- davlat va xalqaro moliyaviy institutlar mablagʻlari hisobiga oliy oʻquv yurtlarida kam taʻminlanganlar uchun kvota joylarini ajratish orqali “ijtimoiy koʻtarilish” institutini yaratish;
- aholini maqbul uy-joy va jamoat transporti bilan taʻminlash, moliyaviy taʻlim va aholining moliyaviy savodxonlik darajasini oshirish;
- zamonaviy taʻlimni moliyalashtirishni kengaytirish va zamonaviy axborot texnologiyalari, injenerlik, biotibbiyot va boshqa shu kabi zamonaviy mutaxassisliklarga yoʻnaltirish;
- kam taʻminlangan oilalar uchun maktab-gimnaziyalar sonini koʻpaytirish va bolalarni sifatli oʻrta taʻlim bilan taʻminlash.

Download 310.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling