Inflatsiya quyidagi shakllarda namoyon boʻladi:
Tovar va xizmatlar bahosining uzluksiz va tartibsiz oʻsib borishi natijasida pulning qadrsizlanishi va uning sotib olish qobiliyatining tushib borishi;
Chet el valyutasiga nisbatan milliy valyuta kursining tushib ketishi;
Milliy pul birligida oltin narxining oshib borishi va boshqalar.
Baʻzi bir iqtisodchilarimizning fikricha inflatsiya - bu barcha tovarlar baholarining oshishini bildirmaydi. Inflatsiya juda tez oʻsgan taqdirda ham ayrim tovarlar bahosi barqaror boʻlib qolishi, boshqalarniki tushishi ham mumkin ekan. Bizning fikrimizcha, bunday xulosalar 70-80 yillarning inflatsiyasiga mos kelishi mumkin. Albatta, inflatsiya davrida baholarning oshishi doim bir xil surʻatlarda boʻlmasdan, sakrab turadigan boʻlishi mumkin. Lekin, baʻzi tovarlar bahosining tushishi yoki barqaror boʻlib turishi XX asrning inflatsiyasi uchun mos deb toʻliq ishonch bilan uqtira olmaymiz. Baʻzida davlat aralashuvi bilan aholi isteʻmoli uchun zarur boʻlgan ayrim bir tovarlar bahosining maʻlum davrda barqaror ushlab turish mumkin, ammo inflatsiyaning kuchayib borishi shu tovarlar baholarining ham oxir oqibatda oshishiga olib keladi. Bizning fikrimizcha, baholar oshishi toʻgʻrisida gapirganda, inflatsiya darajasida baholar oshishi va umuman baholar oshishi tushunchalarini toʻgʻri talqin qila olish kerak. Masalan, xamma vaqt ham baʻzi tovarlar bahosining oshishi inflatsiyani anglatmasligi mumkin. Tovarlar bahosi oshishi inflatsiya boʻlmagan davrda, oltin pul muomalasi sharoitida ham boʻlishi mumkin.
Inflatsiyaning turlari.
Oʻrmolovchi inflatsiya. Bunda narx-navo sekin oʻsadi va inflatsiya suratlari yiliga 1-3 % dan 5-10 % gacha boʻladi. Mamlakatda iqtisodiy oʻsish davom etadi, ishsizlik katta boʻlmaydi, bunday inflatsiya odatda, iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarga xosdir. Bu inflatsiya aksincha ishlab chiqarishni yanada rivojlantirishni ragʻbatlantiruvchi omil sifatida namoyon boʻlishi mumkin. Pulning qiymati barqarorligidagi oʻzgarish sezilmasligi mumkin. Masalan 1998 yilda inflatsiya suratlari Avstriya, Belgiya, Germaniyada – 1.0 %, Ispaniya, Buyuk Britaniya va AQSH da – 2 %, Gretsiyada esa 4.8 %ni tashkil etgan. Bulardan tashqari bu guruhga Gʻarbiy Yevropaning boshqa mamlakatlari, Kanada, Yaponiya, Singapur, Malayziya, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni va boshqalar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |