Mavzu: inflatsiyaga qarshi siyosatning makroiqtisodiy tahlili


Download 86.12 Kb.
bet1/6
Sana18.06.2023
Hajmi86.12 Kb.
#1563812
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kurs ishi275


MAVZU: INFLATSIYAGA QARSHI SIYOSATNING MAKROIQTISODIY TAHLILI


REJA
ASOSIY QISM


KIRISH

1.Inflyatsiyaning iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlarni prognozlash


2.Davlatimizning pulning qadirsizlanishi va inflyatsiyaga bo’yicha makroiqtisodiy prognozlash
3.Iqtisodiyotni barqarorlashtirishda pul - kredit va inflyatsiyasining prognozlash


XULOSA VA TAKLIFLAR


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Iqtisodiyotimizning jahon xo`jalik va iqtisodiy-moliyaviy tizimiga integratsiyalashuv jarayoni tobora chuqurlashib borayotganini inobatga oladigan bo`lsak, jahon moliyaviy inqirozi, avvalo uning oqibatlari bizga ham salbiy ta`sir ko`rsatayotgani haqida gapirib o`tirishning hech qanday zarurati bo`lmasa kerak, deb o`ylayman.
Bunday ta`sir, avvalambor, umuman dunyo bozoridagi talab va narxlarning keskin tushib ketishida va tabiiyki, mamlakatimiz eksport qiladigan mahsulotlarning muhim turlariga nisbatan hamda eksportga yo`naltirilgan etakchi tarmoqlar va ular bilan bog`liq turdosh korxonalar faoliyatida namoyon bo`lmoqda. Bu esa, o`z navbatida, butun iqtisodiyotimizning mutanosib va samarali rivojlanishiga salbiy ta`sir ko`rsatmoqda, ko`zda tutilgan loyihalarni amalga oshirish, o`z oldimizga qo`ygan maqsadlarga erishish yo`lida ko`plab muammolarni tug`dirmoqda. Albatta bozor iqtisodiyotiga o`tish sharoitidagi ijtimoiy iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda davlat bosh islohotchilik rolini saqlab qolishi xurmatli prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning bosh printsiplaridan biri sifatida belgilab berilgan. Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda davlat bosh islohotchilik rolini o`ynashi, o`tish davri qiyinchiliklaridan aholini kam ta`minlangan qatlamlari uchun ijtimoiy himoya tizimlarini shakllantirish uchun zaruriy markazlashtirilgan pul fondlariga ehtiyoj sezadi. Prezidentimiz ma`ruzasida ta`kidlaganidek «Mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti 8 foizga o`sdi, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 8,8 foizga, qishloq xo`jaligi – 6,8 foizga, chakana savdo aylanmasi – 14,8 foizga oshdi. Inflyatsiya darajasi prognoz ko`rsatkichidan past bo`ldi va 6,8 foizni tashkil etdi. O`tgan yil yakunlariga ko`ra, tashqi davlat qarzi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 17 foizni, eksport hajmiga nisbatan qariyb 60 foizni tashkil etdi. Bu avvalambor xorijiy investitsiyalar va umuman, chetdan qarz olish masalasiga chuqur va har tomonlama puxta o`ylab yondashish natijasidir. 2020yilda iqtisodiyot sohasidagi soliq yuki 21,5 foizdan 20,5 foizga, jismoniy shaxslar uchun daromad solig`ining eng kam stavkasi 9 foizdan 8 foizga tushirilganiga qaramasdan, davlat byudjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,3 foiz profitsit bilan bajarildi. Davlat byudjeti xarajatlari tarkibida ijtimoiy sohaga yo`naltirilgan xarajatlar yuqori darajada saqlanib qoldi va umumiy xarajatlarning 59,3 foizini tashkil etdi».

Download 86.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling