Mavzu: inflatsiyaga qarshi siyosatning makroiqtisodiy tahlili


Download 86.12 Kb.
bet2/6
Sana18.06.2023
Hajmi86.12 Kb.
#1563812
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kurs ishi275

Kurs ishining maqsadi. Ishning maqsadi iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida inflyatsiyaning hisob kitob tizimi holatining davlat moliyasiga ta`sirini va ularni boshqaruv bo`yicha amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Kurs ishining tarkibi. Ish kirish, reja, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ruyxatidan iborat. Ishning kirish qismida mavzuning dolzarbligi, moxiyati, maqsadi va tarkibi ifodalangan. Ishning birinchi rejasi «Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida inflyatsiyani yuzaga kelish shakllari va uni ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari» deb nomlangan bo`lib Inflyatsiyaning mohiyati va uning yuzaga chiqish shakllari, inflyatsiyaning iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlari, inflyatsiyaning barqarorlashtirish usullari o`rganilgan.
«Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida davlatning inflyatsiya bo`yicha makroiqtisodiy siyosati va uni hisob kitob tizimini boshqarish yo`llari» deb nomlangan ikkinchi rejada davlatimizning pulning qadirsizlanishi va inflyatsiyaga qarshi siyosati, mamlakatining moliya siyosati va inflyatsiya bo`yicha makroiqtisodiy tahlili va uni barataraf etish yo`llari aniqlangan.
Kurs ishining «Davlat moliyasini baquvvatlashtirishda inflyatsiyani kamayttirish shakllari» deb atalgan uchinchi rejada O`zbekiston respublikasining moliya siyosatini takomillashtirishdagi inflyatsiyaga qarshi istiqbollari, iqtisodiyotni barqarorlashtirishda pul - kredit inflyatsiyasining o`ziga xos xususiyatlari tahlil qilingan.
Kurs ishing vazifalari. Iflatsiyaga qarshi siyosatning makroiqtisodiy prognozlash bu iqtisodiyotni barqaror o’sish uchun asos bo’lib chizmat qiladi shuning uchun makroiqtisodiy prognozlashni o’rganish talab qilinadi.

ASOSIY QISM

1.Inflyatsiyaning iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlari tahlili

Har bir mamlakatda inflyatsiya mavjudligi undagi iqtisodiy holatnig yomonlashuviga sabab bo`ladi. Ushbu salbiy holatlar quyidagi yo`nalishlarda yuzaga chiqadi:


Ishlab chiqarish xajmi qisqaradi, chunki narx-navolarning doimiy tarzda tebranib turishi ishlab chiqarishni rivojlantirishga bo`lgan istiqbollarga ishonchni yo`qotishga olib keladi;
Ishlab chiqarish sohasidagi kapital savdo va vositachilik operatsiyalariga oqib o`tishi kuzatiladi. Chunki savdo va vositachilik sohalarida kapital aylanishi tez amalga oshadi va katta foyda keltiradi. Inflyatsiya yuqori bo`lgan davrda aholi o`rtasida puldan qochish holati kuzatiladi, ya`ni kishilar qo`llaridagi pullardan imkoniyat darajasida tezroq sarflashga harakat qiladilar. Ular pullarga turli tovarlar sotib oladilar. Buning natijasida savdo va vositachilik do`konida tovarlar tez sotiladi;
Narx-navoning keskin va notekis o`zgarishi natijasida chayqovchilik kengayadi. Inflyatsiya natijasida tovar tanqisligi (defitsit) yuzaga chiqadi. Ushbu taqchillik narx-navoning keskin ko`tarilishiga olib keladi;
Davlat moliya resurslari qadrsizlanadi. Davlat byudjeti daromadlari byudjet xarajatlari amalga oshirilguncha qadar davrda qadrsizlanadi. Byudjet daromadlari va xarajatlari o`rtasidagi mutanosiblikni saqlash qiyinlashadi va buning natijasida byudjet taqchilligi (defitsiti) yuzaga chiqadi;
Mamlakatda kredit operatsiyalari cheklanadi. Chunki inflyatsiya darajasi tufayli yuridik va jismoniy shaxslarga tijorat banklaridan beriladigan kreditlarning foiz darajasinig yuqori darajada o`rnatiladi. Ushbu salbiy holat ishonchni pasaytiradi.
Inflyatsiyaning eng asosiy ijtimoiy oqibati bo`lib daromadlar va boyliklarni qayta taqsimlanishi amalga oshishi hisoblanadi. Ushbu qayta taqsimlanishi quyidagi omillar natijasida amalga oshadi:
mamlakat aholisining daromadlari indeksatsiya qilinmasligi;
tijorat banklari tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga beriladigan kreditlar baholar indekslarining o`zgarishini hisobga olinmagan holda berilishligi.
Inflyatsiya shart-sharoitlarida mamlakatda ichki mahsulot va milliy daromad quyidagi yo`nalishlarda qayta taqsimlanadi:
Milliy iqtisodiyot tarmoqlari, ishlab chiqarish sohalari va mamlaat xududlari o`rtasida narx-navoning notekis o`sishi natijasid;
Mamlakat aholisi va davlat o`rtasida. Bunda davlat tomonidan muomaladagi ortiqcha pul massasidan qo`shimcha daromad sifatida foydalanadi. Xalqaro amaliyotda bu inflyatsion soliq deb nomlanadi;
Mamlakat aholisining sinflari va turli toifalari o`rtasida. Maxsulotlar va xizmatlarga bo`lgan narx-navoning notekis o`sib ketishi natijasida aholi o`rtasida ijtimoiy toifalarga bo`linishini (boylar, kambag`allar, qashshoqlar), mulkiy holatidagi farqni chuqurlashuviga, jamg`armalar va joriy iste`molning keskin o`zgarishi yuzaga chiqadi. Inflyatsiyaning ijtimoiy salbiy ta`siri eng avvalo qat`iy belgilangan daromadlari oluvchi shaxslar hisoblangan – nafaqaxo`rlar, nogironlar, ko`p farzandli oilalar va davlat xizmatchilari (o`qituvchilar, vrachlar, bog`cha xodimlari va boshqalar) uchun juda og`ir kechadi;
Debitorlar va kreditorlar o`rtasida. Ushbu holatda olingan qarzlarni pul qadrsizlanishi natijasida debitorlar daromad oladi va buning aksi, kreditorlar qo`shimcha zarar ko`radi. Biz yuqorida keltirgan inflyatsiyaning iqtisodiy va ijtimoiy salbiy oqibatlari qo`shimcha ravishda mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalarga ham faol ta`sir ko`rsatadi. Inflyatsiya darajasi yuqori mamlakatlar bilan qo`shimcha sug`urta va turli kafolatlar asosida o`zaro munosablar olib boradilar. Xalqaro amaliyotda ushbu munosabatlar savdoning kamsitilishi yoki diskriminatsiya deb nomlangan. Mamlakat iqtisodiyotiga ayniqsa jilovlanmagan (giperinflyatsiya) juda salbiy ta`sir etadi. Buning natijasida iqtisodiy va ijtimoiy qarama-qarshiliklar keskinlashadi, aholi o`rtasida xukumatga bo`lgan norozilik kuchayadi. Shuning uchun, xukumat qarama-qarshiliklarni ijobiy hal qilish, milliy pul tizimining barqarorlashtirish uchun oqilona ishlab chiqilgan inflyatsiyaga qarshi choratadbirlarni amalga oshirishi lozim bo`ladi.


Download 86.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling