Mavzu: informatika fanining predmeti va ahamiyati


Kompyuter fanining maqsadi va vazifalari quyidagilardan iborat


Download 0.64 Mb.
bet2/3
Sana27.01.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1131993
1   2   3
Bog'liq
Asosiy savollar Informatika fanining mazmuni, maqsadi va vazifa

Kompyuter fanining maqsadi va vazifalari quyidagilardan iborat:
kompyuterni kundalik aqliy faoliyatda yordamchi sifatida foydalanishni yo`lga qo`yish;
axborot madaniyati va uning ahamiyati haqida bilim berish;
zamonaviy telekommunikatsiya, virtual voqelik, multimedia tushunchalarini shakllantirish;
axborot texnologiyalaridan foydalana olish;
Kompyuter vositalaridan foydalanish xavfsizligi masalalari, aqliy mulk va dastur ta`minotidan foydalanishning huquqiy tomonlari bilan tanishtirish va boshqalar.
Kompyuter fanini o`rganish natijasida axborotlarni to`plash, uzatish, saqlash va qayta ishlash qonunlari, usullarini hamda tezkor kompyuterlar va boshqa zamonaviy axborot texnologiyalari ko`magidan foydalanish malakasi hosil bo`ladi.
2-asosiy savolning bayoni:
Kompyuter fanining eng asosiy tushunchalaridan biri axborot tushunchasidir. Axborot tushunchasi Kompyuter fanida juda ko`p qo`llaniladigan tushuncha bo`lib, Kompyuter fani ayni shu axborot ustida bo`ladigan turli xil jarayonlarni tashkil qilish va boshqarishning qonun - qoidalarini o`rganib boradi.
Axborot deganda atrof – muhit ob`ektlari va hodisalari, ularning o`lchamlari, xususiyatlari va holatlari to`g`risidagi ma`lumotlar tushuniladi. Axborot so`zi lotincha «informatsiya» so`ziga mos kelib, tushuntirish, tavsiflash degan ma`nolarni bildiradi. Axborot bu - biz barcha sezgi a`zolarimiz orqali qabul qila oladigan ma`lumotlar to`plamidir. Axborot atrofimizdagi har xil voqea hodisalar haqidagi ma`lumotlar yig`indisidir. Shuning uchun
Kompyuter (nem. Informatik , frans. Informatique , ingl. computer science – komputer fani (AQShda), computing science - hisoblash fani (Buyuk Bri- taniyada)), axborotshunoslik — ilmiy informatsiya (axborot, xabar, maʼ- lumot)ning mohiyati, umumiy xossalari, shuningdek, ilmiy kommunikatsiya ti- zimi (oʻsha ilmiy informatsiyani tarqatish usullari va vositalari majmui)ni oʻr- ganish bilan shugʻullanadigan ilmiy fan. Inson faoliyatining EHM, kompyuterlar bilan bogʻliq boʻlgan sohasi. Ijtimoiy fanlar jumlasiga kiradi. Uning markaziy tushunchasi — ijtimoiy hayotning istalgan sohasi va tarmoqlaridan olinadigan maʼlumotlar, yaʼni ilmiy informatsiya.
Ilmiy informatsiyani olish va undan foydalanish sohalari hamda vazifasiga ko’ra, u turli xillarga boʻlinadi. Masalan, sohalar boʻyicha — biologik, siyosiy, iq- tisodiy, texnikaviy, kimyoviy, tibbiy va boshqalar, vazifasiga koʻra — ommaviy, maxsus informatsiya va h. k. Ilmiy informatsiyaning toʻgʻriligi, yangiligi va foy- daliligi mezonlarini ishlab chiqish Kompyuterning vazifasiga kirmaydi. Informa- tika kibernetika, kutubxonashunoslik, lingvistika, matematik mantiq va b. fanlar bilan uzviy bogʻliq. U ilmiy maʼlumotlarni yigʻish, ishlab chiqish (oʻrganish), saq- lash, izlash va tarqatish jarayonlari majmuini oʻz ichiga oladi. Kompyuter termini 20-asrning 60-yillarida ishlatila boshlangan. Bu davrda koʻpchilik tadqiqotlar ax- borotlarni qidirish muammolar i bilann uzviy bogʻliq boʻlgan. Ayni shu davrda axborotlarni qidirish tizimi va usullari yaratildi. Kompyuterning yuzaga kelishi va rivojlanishida hisoblash texnikasi va boshqa texnik vositalarning oʻrni be- qiyos, chunki axborotlar bevosita hisoblash texnikasi yordamida qayta ishla- nadi. Keng maʼnoda maʼlumotlarni izlab topish, qayta ishlash va ilmiy izla- nish natijasi sifatida qayd qilib qoldirish ishlari bilan olim va mutafakkirlar qa- dimdan shugʻullanishgan. Masalan, Abu Rayhon Beruniyning "Hindiston" asari, Zahiriddin Muhammad Boburniki "Boburnoma" asari shunday asarlar jumlasiga kiradi. Kompyuterning ilmiy fan sifatida rasman shakllanishi 1895 y.dan — Bryusselda xalqaro Bibliografiya instituti (1938 y. dan — Xalqaro hujjatnomalar federatsiyasi) tashkil qilingan sanadan boshlandi. 20-asrning 60-yillari oxiriga qadar "Kompyuter" termini oʻrniga "hujjatnomalar" yoki "hujjatnoma va in- formatsiya" termini ishlatilgan. Fan-texnika inqilobi, EHM, informatsiya tex- nikasi vositalari (mikrofoto suratga olish, nusxa koʻchirish texnikasi va h. k.) va b.ning paydo boʻlishi Kompyuterning fan sifatida taraqqiy etishiga imkon tug’dirdi. Ayniqsa, kompyuterlar tarmogʻi va u bilan bogʻliq ravishda internet tizimining rivojlanishi umuman Kompyuterning , xususan, Kompyuter kom- munikatsiya tizimining yanada taraqqiy etishiga sabab boʻldi. Izlab topilgan, toʻplangan, qayta ishlangan "tayyor" informatsiya — maʼlumotlarni keng tar- qatishda tahririyat, nashriyot va matbuot jarayonlari , ilmiy nashrlarni tarqatish (xususan, kitob savdosi, kutubxona - bibliografiya faoliyati;) ilmiy adabiyotlar almashinish, arxiv ishi va albatta, ilmiy-informatsion faoliyat, radio-televideniya, internet tizimi muhim ahamiyat kasb etadi. Kompyuterning asosiy yoʻnalish- lari: hisoblash texnikasining nazariy asoslari, informatsiya nazariyasi, hisoblash eksperimenta, programmalash, sunʼiy intellekt, informatsiya texnologiyasi va b. Inglizcha gaplashiladigan davlatlarda Kompyuter termini oʻrniga "computer sciense" ("hisoblash fani") termini ishlatiladi.
Oʻzbekistonda ham Kompyuter masalalariga katta eʼtibor berildi. Masalan, 1993 yilda “Informatsiyalashtirish toʻgʻrisida”gi qonun qabul qilindi, 1994 yil Oʻzbekiston hukumati Respublikani informatizatsiyalashtirish konsepsiyasini qabul qildi, shu yili EHM uchun dasturlar va maʼlumotlar bazasini huquqiy hi- moya qilishga doir qonun ishlab chiqildi. Keyinchalik Oʻzbekiston Respub- likasi Prezidentining "Kompyuterlashtirish va informatsiya- kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilishni yanada rivojlantirish toʻgʻrisida"gi farmoni (2002 yil 30-may) chiqdi va Vazirlar Mahkamasining "Kompyuterlashtirish va infor- matsiya-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilishni yanada rivojlantirish toʻgʻrisida"gi qarori (2002 yil 6-iyun) qabul qilindi.
Kompyuter masalalari bilan maxsus tashkilotlar, xususan, yirik kutubxona- larning informatsiya xizmati shugʻullanadi. Oʻzbekistonda bu ish bilan Oʻzbe- kiston milliy kutubxonasi, Aloqa va Kompyuter unversiteti, OʻzR Makro- iqtisodiyot va statistika vazirligi, Davlat statistika departamenti, hisoblash markaz- lari, OʻzR Matbuot va axborot agentligi, radio va televideniye tizimi, Oʻzdav- standart shugʻullanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar pala- tasi tuzgan (2000). Koʻp funksiyali informatsiya markazi 14 hududiy hamda koʻplab shahar va tuman tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatalari- ni yagona informatsiya tarmogʻiga birlashtiradi.
Kompyuter kompyuter texnikasi asosida axborotlar ustida bajariladigan amal- lar va ularni qo’llash usullarini o’rganadigan fandir. Kompyuter uchun umumiy ashyo axborot bo’lib, u asosiy tushunchadir.
Kompyuter fanini kompyutersiz tasavvur qilib bo’lmagani uchun sizga tanish bo’lgan quyidagi ikki qism birgalikda qaraladi:

  • Texnik qattiq qism(Hardware)

  • Dasturiy yoki yumshoq qism(Software)


Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling