Mavzu: Informatika va axborot texnalogiyalarini o`qitishda internet va masofaviy ta`lim texnalogiyalari. Internet xalqaro tarmog‘i


Download 97.5 Kb.
bet11/15
Sana08.01.2022
Hajmi97.5 Kb.
#252986
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Mavzu Informatika va axborot texnalogiyalarini o`qitishda inter (1)

Masofaviy ta’lim tizimlari.

Masofaviy ta’lim tushunchasi

O`qitish bu – maqsadga yo`naltirilgan bilim, ko`nikma va ma`lumot bilan qurollanishning tizimli, tashkillashtirilgan jarayonidir, bu – o`qish, tarbiya olish va shaxsni rivojlantirish natijasidir.

Oldimizda turgan XXI asrda yuqori darajadagi industrial jamiyatga o`tishda aholining aksariyat qismi oliy ma`lumotli bo`lishi lozim. O`qishning an`anaviy usullarini qo`llab o`qitish katta mablag` hamda ko`p sonli insonlarning mehnat faoliyatini kamaytirishga olib keladi.

Axborot va telekommunikatsion texnologiyalarning jadal sur`atlar bilan rivojlanishi natijasida malakali kadrlarga bo`lgan talab ortib bormoqda. Iqtisodiyotda, ijtimoiy va siyosiy hayotdagi tarkibiy o`zgarishlar barcha yo`nalishlar bo`yicha qayta tayyorgarlikni talab qilmoqda. Ko`plab ishchi-xodimlar oliy ta`lim yo`nalishida qayta tayyorgarlikka muhtoj bo`lmoqdalar. Yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda kunduzgi ta`lim bilan bir qatorda masofaviy ta`lim tizimlarini tadbiq qilish katta samara beradi.

Masofaviy ta`lim tizimlarida katta hajmdagi zamonaviy axborot va telekommunikatsion texnologiyalarga asoslangan ta`lim – axborot muhitini yaratish hisobiga bir ta`lim oluvchiga bo`lgan sarf-harajatni an`anaviy ta`lim tizimiga nisbatan kamaytirish mumkin. Bu uning sifatini saqlagan holda yangi o`qitish darajasini ta`minlash imkonini beradi.

So`nggi yillarda keng muhokama qilinayotgan bunday xizmat – Internet global tarmog`idan foydalangan holda o`qitish yoki masofaviy ta`limdir. Bunday o`qitish haqida fikrlar turlicha va qarama-qarshi. Bu normal holat, chunki, har qanday o`qitish usulida axborotning ma`lum bir qismi mustaqil o`rganish uchun qoldirilgan. Masofaviy ta`limni axborotlarni uzatish, o`rganish va muloqot qilishning asosiy vositasi bo`lgan Internet tizimi bilan bog`lamoqdalar. 1991-yilda ishlab chiqilgan Web-texnologiya, elektron pochta, FTP (File Transfer Protocol – kompyuterlar o`rtasida fayllar uzatish protokoli, Internetda qo`llaniladi) vositalarini inkor qilmagan holda, masofaviy ta`lim samarali kirib borayotgan muhit bo`lib bormoqda.

Kunduzgi va sirtqi o`qish shakllariga nisbatan masofadan o`qitish o`zgachadir. Maxsus ishlab chiqilgan muhit (qobiq) individual o`qish imkonini beruvchi barcha anjomlar to`plamini, o`quv rejasi bo`yicha barcha axborot ta`minotini ta`minlashi, nazorat, o`z-o`zini nazorat, yakuniy nazorat tadbirlarini o`tkazish tizimlari va boshqalarni ta`minlashi zarur. Yaratilgan kompyuter texnologiyalarining turli-tumanligini hisobga olgan holda, buning uchun barcha vositalar yetarli. Yaqin kunlarda yondashuvlarni standartlash zarurati yuzaga keladi.

Masofadan o`qitish kunduzgi va sirtqi bilan bir qatorda bilim olish shakli hisoblanadi va bilim berish jarayonida kompyuter va telekommunikatsion texnologiyalarda eng yaxshi, an`anaviy va innovatsion usullar, vositalar va o`qitish shakllari qo`llaniladi. Masofaviy ta`limda bilim berish jarayoni negizini maqsadga yo`naltirilgan va nazorat qilinuvchi mustaqil ish tashkil etadi. O`quvchi o`ziga qulay bo`lgan vaqtda va joyda shaxsiy jadval asosida o`qishi mumkin. Bunda, maxsus o`qitish vositalari to`plami (komplekti) va o`qituvchi bilan kelishilgan holda telefon orqali, elektron yoki oddiy pochta hamda yuzma-yuz muloqot qilish imkoniyati mavjud.

Masofaviy ta`lim o`rganish obyekti va sub`yektining o`zaro maqsadga yo`naltirilgan, interfaol, asinxron muloqoti jarayonni ifodalaydi, bunda o`qitish jarayoni masofaga bog`liq emas. Ta`lim berish jarayoni elementlari tizim ostlari (o`qitish maqsadi, o`qitish usullari, o`qitish vositalari, o`quv-material, moliyaviy-iqtisodiy, normativ-huquqiy) bo`lgan pedagogik tizimda o`tadi.

Masofaviy ta`lim ta`lim tizimida biror sababga ko`ra (kambag`allik, fizik kamchiliklar yoki ishlab chiqarishda bandligi va shaxsiy ishlariga asosan ta`lim muassasalariga kela olmaslik, ijtimoiy himoyalanmaganlik, gyeografik yoki vaqt bo`yicha cheklanganlik) hech kim bilimsiz qolib ketmasligi kerak degan printsipga asoslangan. Masofaviy ta`lim boshqa shakllarning yaxshi tomonlarini o`zida jamlagan holda jamiyatni axborotlashtirishning obyektiv jarayoni sifatida kirib kelmoqda.

Masofaviy ta`lim va ta`lim tushunchasini tushunishga yondashuvning turlichaligini ifodalovchi qarashlar mavjud.


Download 97.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling