Mavzu: informatika va axborot texnologiyalari fanini o`qitishda loyihaviy metodlardan fotdalanish mundarija: kirish i-bob. Informatika va axborot texnologiyalari faniga kirish
Download 381.11 Kb.
|
INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANINI O`QITISHDA LOYIHAVIY METODLARDAN FOTDALANISH
O‘qitish metodi-metod(usul)-yunoncha so‘zdan olingan bo‘lib, “Metodos”-biror narsaga yo‘l ma’nosini anglatadi. Ta’lim sohasida metod – o‘qituvchi va talabalarning muayyan maqsadga qaratilgan, birgalikdagi faoliyatini tashkil etishning tartibga solingan usullar yig‘indisidir. O‘qitish metodlari haqida 3-mavzuda to‘xtalib o‘tganmiz.
Informatiika fanini o‘qitish jarayonida o‘qitish texnologiyasining asosiy elementlaridan o‘z o‘rnida to‘g‘ri foydalanib ta’lim jarayonini loyihalashtirish o‘quvchilarda quyidagi kompetentlikni shakllantiradi: o‘rganish - informatika fanini asosiy tushunchalarini o‘qib olish, ularni bir-biridan farqlash, tasavvur etish, idrok etish, qo‘llay olish; o‘ylash - o‘rganilganlarni tahlil eta olish, informatikaga oid tushunchalarni butundan bo‘lakka, bo‘lakdan butunga o‘tkaza olish; qidirish - informatikadagi o‘quv, ijodiy topshiriqlarni, masala va mashqlarni yechishning yangi usullarini izlab topish; yaratish - o‘rganilgan yangi bilimlarga asoslanib o‘quvchi o‘zi uchun yangilik yaratishi; hamkorlik - o‘quvchining dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda fan o‘qituvchisi va o‘z tengdoshlari bilan alohida va hamkorlikda ishlashi; moslashish-o‘quvchining yangi o‘quv jarayoniga, interfaol o‘qitish usullariga, ijodiy jarayonga moslashib olishi ва h.k. XULOSA Davr talabiga ko’ra bugunga kelib kompyuter texnologiyasi juda rivojlanib bormoqda. Ma‘lumotlarni boshqarish, ayniqsa, hozirgi kunda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ma‘lumotlarni boshqarish tizimlariga bo’lgan talab kun sayin ortib bormoqda. Katta xajmdagi ma‘lumotlar bazasi va axborotlar ustida ishlashga to’g’ri kelyapti. Jamiyat taraqqiyotida yo’z berayotgan jadal o’zgarishlar uning bir qismi bo’lgan informatika sohasiga ham o’z ta‘sirini ko’rsatmoqda. Bu ta‘sir shunchalik kuchliki, axborot texnologiyalarida bo’layotgan o’zgarishlar yillar ichida emas, balki oylar ichida o’zgarib va boyib bormoqda. Axborot texnologiyalarida juda katta yutuq va o’zgarishlar amalga oshdi. Yangi axborot texnologiyalarining yoki kompyuter texnologiyalarining paydo bo’lishi bu sohadagi xizmat qilish uslubini tubdan o’zgartirdi. Tasavvur qilib ko’ring, yaqin-yaqinlargacha biror masalani kompyuterda yechish uchun algoritmlarni, dasturlash tillaridan birini, dasturni kompyuter xotirasiga kiritishni, uning xatolarini, natijani taxlil qilishni talab qilar edi. Bu ishni faqat mutaxassislargina amalga oshirar edilar. Ammo bu sohada mutaxassis bo’lmagan foydalanuvchilar sonining kundan-kunga ko’payishi jamiyat oldida ma‘lum qiyinchiliklarni tug’dirdi. Loyihaviy o‘qitish texnologiyasining asoschilaridan biri amerikalik pedagog Djon Dyu(1859-1952) hisoblanib, uning ushbu uslubni ilmiy tavsiflash asosi pragmatik(islohot, bolani faollashtirish) pedagogika talablarga asoslanadi. Loyihalar asosida o`quv jarayonini tashkil etishda o`qituvchi fidoyilik ko`rsatishi, o`quvchini ruhlantirishi, ularni qiziqtirishi orqali pirovard maqsadga erishishi talab etiladi. Loyiha asosida tashkil etiladigan darslar va unga sarf etiladigan vaqt, tashkiliy ishlar, beriladigan va to`g`ri yo`lga soluvchi savollar oldindan rejalashtirilgan bo’lishi kerak. Bundan tashqari dars jarayonida sodir bo`lishi mumkin bo`lgan kamchilik, xatolar, ularning oldini olish, jarayonning tahliliy tomonlari ham oldindan hisobga olinishi kerak. Informatika o’qituvchisi loyihaviy faoliyati ikki turga bo’linadi. Birinchisi, o’z pedagogik faoliyatini loyihalash, ikkinchisi esa, dars jarayonida loyiha texnologiyasidan foydalanish. Informatika o’qituvchisi o’z pedagogik faoliyatini loyihalashi quyidagi bosqichlardan iborat: ta’lim maqsadlari (ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi) va natijalar(mavzu o‘rganilgandan so‘ng nimalarga erishish kerakligi)ni belgilash; natijalar asosida nazorat topshiriqlari(yozma, og‘zaki uchun savollar, test,) va baholash mezonlarini ishlab chiqish; o‘quv jarayonining texnologik xaritasi (dars ishlanmasi)ni ishlab chiqish va o’qitish jarayonini amalga oshirib, xulosa va tavsiyalarga ega bo’lish Download 381.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling