O’ZBEKISTON
RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
S0701-19 – GURUH TALABASI OCHILOV
AZIZBEKNING INFORMATIKA O’QITISH
METODIKASI
VA LOYIHALASHTIRISH FANIDAN TAYYORLAGAN
Mavzu:
Informatikani o‘qitishda muammoli o‘qitish texnologiyasi..
BAJARDI:
A. Ochilov
MUSTAQIL
ISHI
Mavzu. Informatikani o‘qitishda muammoli o‘qitish texnologiyasi.
Reja:
1. Muammoli o’qitish mazmuni.
2. Muammoli o’qitish texnologiyasining tuzilmasi
3. Muammoli ta’limni tashkil etish
Tayanch tushuncha: muammo, muammoli vaziyat, muammoli o’qitish, muammoli
ta’lim, muammoli ta’lim texnologiyasi, tashkil etish.
Muammoli o‘qitish amerikalik faylasuf, psixolog va pedagog Dj.Dyunning nazariy
qoidalariga asoslanadi va XX asrning 20-30-yillarida tarqala boshladi. Dj.Dyun o‘qitish
uchun quyidagilarni asos qilib belgiladi: ijtimoiy,
konstruksiyalash, badiiy ifodalash,
ilmiy-tadqiqiy. Bu asoslarni amalga oshirish uchun quyidagilar tavsiya etiladi: so‘z, san’at
asarlari, texnik qurilmalar, o‘yinlar va mehnat.
Bugungi kunda, muammoli o‘qitish (3.2-rasm) deganda mashg‘ulotlarda
pedagog
tomonidan yaratiladigan muammoli vaziyatlar va ularni echishga qaratilgan
o‘quvchilarning faol mustaqil faoliyati tushuniladi. Buning natijasida o‘quvchilar kasbiy
bilimlarga, ko‘nikmalarga, malakalarga ega bo‘ladilar va fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi.
Muammoli o‘qitish, o‘qitishning shaxsga yo‘naltirilgan
texnologiyalarga taalluqli,
chunki bu erda shaxs sub’ekt sifatida qaraladi, muammoli
vaziyatlarning maqsadi -
pedagogik jarayonda o‘ziga xos qiziqish uyg‘otishdir.