Mavzu: Infuzoriya paramitsiya Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Download 1.43 Mb.
bet5/12
Sana18.06.2023
Hajmi1.43 Mb.
#1592163
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Infuzoriya paramitsiya

Parazit infuzoriyalar. Infuzoriyalaming bir qancha turlari odam va turli hayvonlar organizmida yashaydi. Parazit infuzoriyalar orasida ay- niqsa, ixtioftirius (Ichthyopthirius muhifiilis) katta ahamiyatga ega (19- rasmga qarang). Parazit zog‘ora gulmohi, do'ngpeshona, oq amur bal- .qlarining suzgich qanotlari va jabralarida yashaydi. Baliqlami infuzoriya- ning tomitlapu - (suvda yashaydigan juda mayda (20-30 mkm) “daydi” stadiyasi)zararlaydi. Bir necha kun ichida parazit teriosti to‘qimasi hu- jayralari hisobida oziqlanib tez o'sadi. Uning kattaligi 0,5-1 nim.ga yet- gach, teridan suvga chiqadi. Bir qancha vaqt o'tgach, parazit suv tubiga cho‘kib sistaga aylanadi. Parazitning tanasi sista ichida ko‘p marta ket- ma-ket bo'Iinish natijasida 2000 ga yaqin juda mayda kiprikli yosh infu­ zoriyalar - daydilar paydo bo‘ladi. Daydi stadiyasida infuzoriyalar sis- tani tashlab chiqadi va boshqa baliqlarni zararlaydi.
Ixtioftirius juda keng tarqalgan, u hovuzlarda boqiladigan zog'ora va losossimon baliqlarga ayniqsa, katta ziyon keltiradi. Ixtioftirioz kasalligi baliq chavoqlarini ko'piab qirilib ketishiga sabab bo'ladi. Baliqlar terisi, jabrasi va suzgich qanotlari ustida yapaloq disk shaklida trixodina avlo- diga mansub infuzoriyalar parazitlik qiladi. Trixodina juda tez ko'payib ketganida yosh baliqchalarga katta ziyon keltiradi. Odamning yo‘g‘on ichagida ba’zan balantidiy infuzoriyasi (Balan­ tidium coll) uchraydi. Infuzoriya tuxumsimon shaklda (23-rasmga qarang), oldingi tomonida og'izoldi chuqurchasi tubida og‘iz teshigi joylashgan. Infu­ zoriya ichak bo‘shlig‘ida yashaganida odatda odamga ziyon kekirmaydi. Lekin u ko‘pincha ichak epiteliysiga kirib olib, qon eritrotsitlari hisobiga oziqlana boshlaydi. Infuzoriya ichak devorida yara hosil qilib, og'ir qonli ichburug1 paydo qilishi mumkin. Balantidiy odatda cho'chqalaming ichagida
ko'p uchraydi. Ayniqsa, cho‘chqa bolalari balantidioz bilan kuchli zararla- nadi. Gigiyena qoidalariga rioya qilinmaganda balantidiy sistalari iflos qo'l orqali odam ichagiga tushadi va to ‘g ‘ri ichakda parazit sistadan chiqadi.
Kiprikli infuzoriyalar sinfi teng kipriklilar, spiral kipriklilar, tugarak kiprik­ lilar va boshqa kenja sinflarga b o ‘linadi.

Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling