Mavzu: Infuzoriya paramitsiya Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


So‘rlvchi infuzoriyalar (suctoria) sinfi


Download 1.43 Mb.
bet8/12
Sana18.06.2023
Hajmi1.43 Mb.
#1592163
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Infuzoriya paramitsiya

2.3. So‘rlvchi infuzoriyalar (suctoria) sinfi
So‘ruvchi infuzoriyalar о ‘troq yashovchi o ‘nlab yirtqich turlardan ib­ orat. Ular yakka yoki koloniya bo‘lib yashaydi. Biron substratga maxsus poyacha orqali yopishib oladi. Bir qancha infuzoriyalar substratga poya- chasiz yopishib yashaydi. So‘ruvchi infuzoriyalaming yetuk davrida hech qanday kiprikli apparati, og‘zi, halqumi bo'lmaydi. Deyarli hamma turlari odjasini so'rish uchun xizmat qiladigan maxsus paypaslagich o'simtalarga ega (25-rasm). Yaqindan suzib o ‘tayotgan hay von (xivchinlilar yoki boshqa infuzoriyalar) yirtqichning paypaslagichiga tegib ketsa, unga yopishib qola- di. Shundan so‘ng boshqa paypaslagichlarhamo'ljatomongaegiladi. O‘Ija tanasidagi suyuqlik paypaslagichlar nayi orqali yirtqich tanasiga oqib o ‘tadi.Voyagayetgan so‘ruvchi infuzoriyalaming yadrosi ikki xil bo‘ladi. Jinsiy ko‘payishi kon’yugatsiya tipida sodir bo‘ladi. K o‘payish davrida infuzoriy­ alaming kipriklari paydo bo‘ladi. Yuqorida kursatilgan belgilar ulaming infuzoriyalar tipiga mansub ekanligini isbotlaydi. So‘ruvchi infuzoriyalaming jinssiz ko'payishi kurtaklanish orqali boradi. A w al tanasining bir uchida b o ‘rtiqcha shaklida bitta yoki bir nechta kurtakcha paydo bo‘ladi. Kur- takchaga makronukleusning bir qismi va bitta mikronukleus o'tadi. Mik-ronukleus bir necha marta initoz yo'li bilan bo'linadi. Shundan keyin har bir kurtakcha ona organizmidan ajraladi va kiprikchalar hosil qilib, suzib ketadi. So‘ruvchi infuzoriyalarning daydi davri kiprikli infuzoriyalarga o ‘xshab ketadi. Ayrim so'ruvchi infuzoriyalarda kurtak ona organizm ichi- da hosil bo‘ladi. Rivojlanib chiqqan yosh infuzoriyalar (daydilar) kipriklar yordamida binnuncha vaqt suzib yuradi. So'ngra biron substratga yo­ pishib, poyacha hosil qiladi; kipriklarini yo'qotib so‘ruvchi paypaslagichlar hosil qilgach, o ‘tpoq hayot kechirishga o'tadi.

Infuzоriyalаr- eng murаkkаb tuzilishgа egа bo’lgаn bir hujаyrаlilаr. Dаstlаb pichаn ivitmаsidаn tоpilgаn. Tаnаsi judа ko’p mаydа kipriklаr bilаn qоplаngаn. Kipriklаr yordаmidа hаrаkаt qilаdi. Hujаyrаsidа kichik yadrоsi mikrоnuklеus irsiy belgilarni saqlovchi generativ yadro, kаttа yadrоsi mаkrоnuklеus vegetativ yadro dеyilаdi. Infuzоriyalаr jinssiz oddiy bo’linish vа jinsiy konyugatsiya orqali ko’pаyadi. Konyugatsiya ikki infuzoriyani o’zaro yaqin kelishi va ular o’rtasida hosil bo’lgan sitoplazmatik ko’prikcha orqali yadrolar almashinuvidan iborat. Infuzoriyalar tipi Kiprikli infuzoriyalar (Ciliata) va So’ruvchi infuzoriyalar (Suctoria) sinflariga bo’linadi.



Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling