Mavzu: Infuzoriya paramitsiya Reja: I. Kirish II. Asosiy qism
Download 1.43 Mb.
|
Infuzoriya paramitsiya
Parazit infuzoriyalar. Infuzoriyalaming bir qancha turlari odam va turli hayvonlar organizmida yashaydi. Parazit infuzoriyalar orasida ay- niqsa, ixtioftirius (Ichthyopthirius muhifiilis) katta ahamiyatga ega (19- rasmga qarang). Parazit zog‘ora gulmohi, do'ngpeshona, oq amur bal- .qlarining suzgich qanotlari va jabralarida yashaydi. Baliqlami infuzoriya- ning tomitlapu - (suvda yashaydigan juda mayda (20-30 mkm) “daydi” stadiyasi)zararlaydi. Bir necha kun ichida parazit teriosti to‘qimasi hu- jayralari hisobida oziqlanib tez o'sadi. Uning kattaligi 0,5-1 nim.ga yet- gach, teridan suvga chiqadi. Bir qancha vaqt o'tgach, parazit suv tubiga cho‘kib sistaga aylanadi. Parazitning tanasi sista ichida ko‘p marta ket- ma-ket bo'Iinish natijasida 2000 ga yaqin juda mayda kiprikli yosh infu zoriyalar - daydilar paydo bo‘ladi. Daydi stadiyasida infuzoriyalar sis- tani tashlab chiqadi va boshqa baliqlarni zararlaydi.
Ixtioftirius juda keng tarqalgan, u hovuzlarda boqiladigan zog'ora va losossimon baliqlarga ayniqsa, katta ziyon keltiradi. Ixtioftirioz kasalligi baliq chavoqlarini ko'piab qirilib ketishiga sabab bo'ladi. Baliqlar terisi, jabrasi va suzgich qanotlari ustida yapaloq disk shaklida trixodina avlo- diga mansub infuzoriyalar parazitlik qiladi. Trixodina juda tez ko'payib ketganida yosh baliqchalarga katta ziyon keltiradi. Odamning yo‘g‘on ichagida ba’zan balantidiy infuzoriyasi (Balan tidium coll) uchraydi. Infuzoriya tuxumsimon shaklda (23-rasmga qarang), oldingi tomonida og'izoldi chuqurchasi tubida og‘iz teshigi joylashgan. Infu zoriya ichak bo‘shlig‘ida yashaganida odatda odamga ziyon kekirmaydi. Lekin u ko‘pincha ichak epiteliysiga kirib olib, qon eritrotsitlari hisobiga oziqlana boshlaydi. Infuzoriya ichak devorida yara hosil qilib, og'ir qonli ichburug1 paydo qilishi mumkin. Balantidiy odatda cho'chqalaming ichagida ko'p uchraydi. Ayniqsa, cho‘chqa bolalari balantidioz bilan kuchli zararla- nadi. Gigiyena qoidalariga rioya qilinmaganda balantidiy sistalari iflos qo'l orqali odam ichagiga tushadi va to ‘g ‘ri ichakda parazit sistadan chiqadi. Kiprikli infuzoriyalar sinfi teng kipriklilar, spiral kipriklilar, tugarak kiprik lilar va boshqa kenja sinflarga b o ‘linadi. 1. Teng kipriklilar (H olotricha) kenja sinfi eng sodda tuzilgan lekin keng tarqalgan va xilma-xil turlami o ‘z ichiga oladi. Tanasi k o ‘p sonli, ko'pincha bir xil tuzilgan, ya’ni juda ham ixtisoslashgan kipriklar bilan qoplangan. Ayrim turlari tanasining bir qismida kipriklari b o ‘lmaydi yoki ular to ‘p bo‘lib joylashgan. Ayrim vakillarining og‘iz teshigi reduk- siyaga uchragan. K o'pchilik teng kipriklilaming yaxshi rivojlangan og'iz teshigi bor. O g'iz teshigi terminal (tanasi uchki qismida) joylashgan (Hol- ophrya. Didinium avlodlari) yoki tanasining yon tomoniga siljigan (Nas- suia, Paramaecium). Teng kipriklilaming aksariyat ko'pchilik turlari er- kin yashaydi. Bakteriyalar, mayda suv o'tlari hamda boshqa organik zarralar bilan oziqlanadi. Didinium avlodi turlari yirtqich hayot kechiradi. Bu kenja sinfga kavsh qaytaru vchi hay vonlar oshqozonida simbioz yashay- digan (Endodiniomorfa), shuningdek hay vonlar va odamlar organizmiua parazitlikqiluvchi (Jxtioftirius, Balantidiy), turlari ham kiradi. K o‘pchilikka yaxshi m a’lum b o ‘lgan tufelka infuzoriyasi ham teng kipriklilar kenja sinfi va gimenostomata (Hymenostomata) turkumiga kiradi. 2. Spiral kipriklilar (Spirotricha) kenja sinfi vakillarida kipriklar og‘iz atrofida soat mili aylanadigan tomonga spiralga o ‘xshash buralib joylashgan. Bu kipriklar og'iz oldida bir necha qator membranellalami hosil qiladi. Spiral kipriklilar' tuzilishi va hayot kechirishi bilan xilma-xil bo'lgan bir hujayralilardan iborat. Bu kenja sinfningko'pchilik turlari eng yirik infuzoriyalar- hisoblanadi (2 3 ,24-rasmlarga qarang).Spiral kipriklilar har xil kipriklilar (Heterotricha), qorin kiprikli lar (Hypotricha) va kam kipriklilar (Oligotricha) turkumlariga bo‘linadi. Har xil kipriklilar (Heterotricha) turkumi turlarida og'iz atrofidan tashqari butun tana yuzasi bir xil mayda kipriklar bilan qoplangan. Har xil kipriklilar eng yirik infuzoriyalardir. Ulaming katta yadrosi zanjirsimon (trubach - Stentor avlodi), spiralsimon (Spirostomium) bo'ladi. Boshqa bir vakili bursariya (Bursaria )nmg juda keng qopga o'xshash og'izoldi chuqurchasi bo'ladi. Ayrim vakillari baqalarda parazitlik qiladi. Qorin kipriklilar (Hypotricha) turkum iga mansub bo'lgan turlar chuchuk suvlarda va dengizlarda ko'p uchraydi. Qorin qismida joylash- gan bir qancha kipriklari birlashib, ancha yo‘g‘on pixlar - tsirrilami hosil qiladi. Chuchuk suvlarda keng tarqalgan yirik infuzoriya stilonixiya (Stylonishia) ana shu tsirrilari yordamida suv tubidagi narsalar ustida yugurib yurishi mumkin .Kam kipriklilar (Oligotrisha) turkumida kipriklar faqat og‘iz yonida- gi membranalardan iborat. Ulaming tanasi yengil konussimon chig‘anoq, ichida joylashgan. Chig'anoqdan og'izoldi membranalari chiqib turadi. Hamma vakillari dengiz planktoni tarkibiga kiradi. 3. Doira kiprikli infuzoriyalar (Peritricha) kenja sinfi vakillarin- ingko‘pchiligi o'troq, koloniyabo'lib yashaydi. Faqat ayrim turlari yakka yashaydi. Uzun poyachasi yordamida o ’simliklar, qisqichbaqasimonlarn- ing tanasi, mollyuskalaming chig‘anog"iga yopishib oladi. Ko‘pchilik turlarining poyachasi qisqarish xususiyatiga ega. Ayrim vakillarining poy achasi bo‘lmaydi. Kipriklar parallel uch qator bo‘lib og‘iz atrofini o ‘rab turadi. Ko‘pchilik turlari bakteriyalar bilan oziqlanib, suv havzalarining biologik tozalanishida katta ahamiyatga ega. Alohida yashovchi turlari 100 mkm gacha, kolonial vakillari 1 sm gacha kattalikda bo‘ladi. Ikkita turkumga: o ‘troq yashovchilar (Sessiliaj va daydib yuruvchilar (Mobilia)ga bo‘linadi. Birinchi turkumga tipik misol tariqasida chuchuk suvlarda ko‘p uchray- digan suvoykalar (V orticella)ni k o ‘rsatish mumkin (19-rasmga qarang). Suvoykalar yakka yashaydi, ta nasi q o ‘ng‘iroqsimon gulga o‘xshash bo‘lib, uzun qisqaruv- chi ipcha yordamida biron substratga yopishib turadi. Kiprikli apparati o g ‘iz diski chetida uch qator hilpirovchi membranalami hosil qiladi. Bu diskning markazidagi og‘izoldi chuqurchasida og‘iz teshigi bo‘ladi. Suvoykaerkin suzib yuruvchi stadiya hosil qilish orqali suv havzasida tarqaladi. Bu davrda uning og‘iz diski membranalari tortilib, tanasining keyingi uchida bir qator kipriklar hosil bo‘ladi. Suvoyka poyachasini tashlab, daydi (erkin suzib yuruvchi) stadi yasini hosil qiladi. Koloniya hosil qiluvchi Zoothamnium arbuscula bitta umumiy poy- ada joylashgan 8-9 ta shoxchalardan iborat. Har bir shoxchada o ‘nlab mayda individlar va 1 -2 ta yirik individlar joylashadi. Yirik individlar kipriklar hosil qilib, umumiy poyadan ajralib chiqadi va suzib ketadi. Download 1.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling