Mavzu: Inklyuziv ta’limning umumiy masalalari Siz yoritishingiz kerak bo’lgan masalalar taxminan quyidagilar
Download 489.53 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqGulshanoy K
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: Inklyuziv ta’limning umumiy masalalari
- 1.Adabiyotlar ro`yxati: 1. L.R.Muminova, R.Sh.Shomaxmudova, Z.M.Axmedova. “Inklyuiziv ta’lim” o‘quv qo‘llanma. Тошкент,2019 2.
2 .“X-strategiya” si orqali atamalarni tegishli ta’riflar bilan birlashtiring Bunday vaziyatda birinchi boʻlib oʻqituvchi Davronga dalda ishonch bera olishi kerak Hali men sendan judayam umitlarim katta sen hali sinfning eng ilgʻor oʻquvchisi boʻlasan sen hali sinfni maktabimizni va Oʻzbekistonni butun dunyoga tanitadigan inson boʻlishinga men ishonaman deb Davronga dalda berish kerak . Bu koʻzingdagi nuxsonin sening aybing yoki kamchiliging emas aksincha kamchiligi bor insonlar boshqa Olloh senga buni bir sinov qilib yuborgan Davron sen bundan aslo oʻksinma deyishi kerak va keyin oʻquvchilarni gapiga etibor bermasligini ham aytish kerak. Shunda Davronda oʻqituvchisiga nisbatan ishonch mehr muhabbat payda boʻladi va koʻnglini oʻksitmay yana nimani maqsad qilgan boʻlsa oʻshanga yana intiladi. Keyin oʻqituvchi qolgan oʻquvchilar bilan Davron yoʻq payti uni koʻnglini ogʻritadigan gaplar aytmasligini tayinlaydi va oʻquvchilarga tushuntiradi sinfda oʻzoro xurmat va muomila madanyati boʻlishi kerakli haqida aytadi. Mavzu: Inklyuziv ta’limning umumiy masalalari Alohida e'tiborga muhtoj bo‘lgan bolalarning tarbiya jarayoni qanchalik qiyin kechishini ularning xatti-harakatiga adekvat, mutanosib tarbiyaviy tadbir L.S.Vigotskiy “G’ayritabiiy rivojlanish nuqsonli emas, balki rivojlanishning o’ziga xos turi, faqat salbiy belgilar bilan cheklanib qolmasdan, balki dunyoda nuqsoni bo’lgan bolaning moslashishi tufayli paydo bo’ladigan bir qator ijobiy xususiyatga ega ” autizm sindromli bolalar bosh miyaning organik buzulishi natijasida bilish faoliyati turg‘un buzulgan bolalar aqli zaif-oligofren bolalar bemor tashqi olam, atrofdagilar bilan muloqot qilishni istamaydi. U yolg‘izlikni yoqtiradi. Yana bir xil xatti-harakat va shunday so‘zlarni takrorlaydi. O’z. Res. Prezidentining PQ-4860-son qarori rivojlanishda jismoniy yoki psixik kamchiliklarga ega bo’lgan bolalar ta’lim olish huquqiga egadirlar deyiladi O’z.Res ta’lim to’g’risidagi qonunning 55-moddasida “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” topib qo‘llash, maxsus mutaxassis tayergarligi bo‘lmagan tarbiyachiga berish tarbiya jarayonini jiddiy mashaqqatga aylantirib qo‘yishi mumkin. Masalan, aqliy xususiyatida jizzakilik, chayirlik, xarxashaga moyillik, bir so‘z bilan aytganda, asabiy nuqsoni bor nogironga biror axloq yoki odob normalarini singdirish u yoqda tursin, unga ushbu normalarni eslatish, aytishning o‘zi jiddiy janjalga, xarxashaga olib kelishi mumkin. Odatda, bunday xususiyatli bolalar o‘z quvvatidagi xavfsizlik nuqsonini bilmagan holda odamlarning nazarida, guruhning diqqat markazida bo‘lishni yaxshi ko‘radi. Ayni shu harakatlari bilan ular o‘z shaxslarini birinchi o‘ringa ko‘tarib ko‘rsatishga doim urinib yurishadi. Aqliy jihatdan boshqalardan ustun bo‘lmasligiga qaramasdan, tengdoshlari ustidan hukmronlik qilish, ularga buyruq berishni yoqtiradi. Natijada ular orasida ko‘pgina janjallar, noroziliklar xulq, axloq va xarakterlarining nomutanosibligidan kelib chiqadi. Ayni shu hollarni inobatga olgan holda bunday alohida e'tiborga muhtoj bolalar tarbiyasi, sog‘lom bolalarga nisbatan integrasion va differensiallashgan holda farq qilmog‘i kerak. Umumta’lim maktablarda inklyuziv ta’limning pedagogik-psixologik faoliyatni takomillashtirishda, alohida e'tiborga muhtoj bo‘lgan va oddiy o‘quvchilar orasidagi munosabat, muloqotchanlik, moslashuvchanlik, shuningdek, jalb etilgan o‘quvchilar kasallik tashxislaridan kelib chiqib, turli korreksion pedagogik-psixologik metodlarni doimiy olib borish, mavjud muammolarni hal etishda yordam beradi. Bular inklyuziv ta’limtarbiya tizimining sifat- samaradorligini oshirishda, integratsiyasida yetarli darajada xizmat qiladi. Bu jarayonda bolalarni ruhiy holat, kechinmalari tahlil qilinadi. Umumta’lim maktablarda inklyuziv ta’limning pedagogik-psixologik jihatlarini takomillashtirishda alohida e'tiborga muhtoj bo‘lgan bolalar uchun eng muhim xususiyat ularda ma'naviy jihatdan kamolotga intilishning kuchayishidir. Chunki voqelikka, kishilarga munosabat hayotda o‘z-o‘rnini topishga intilishi chuqur ichki motivasiya orqali sodir bo‘ladi. Ularning fanlar va kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishlarini o‘rganish o‘quvchilarning ta’lim muassasalariga kelgan kunlaridanoq boshlanadi. Masalan, kasblar haqidagi fikrlarni ular ongiga singdirib, ota-onalari, yaqin kishilari kim bo‘lib ishlashlari haqida qiziqarli suhbatlar, metodikalar, treninglar o‘tkazilishi maqsadga muvofiqdir. Tarbiyasi og‘ir o‘quvchilar bilan ishlash. Bunda yuzaga keladigan muammolar va ularni samarali hal etish usullari. Maktablarda bolalarga nisbatan ba'zan «tarbiyasi qiyin bola» jumlasi ishlatiladi. Tarbiyasi qiyin bolalar deganda ko‘pincha holatlarda voyaga yetma- ganlar bilan ishlash nazoratchilari ro‘yxatida hisobga olingan yoki olinmagan, giyohvandlik va spirtli ichimlikka ruju qo‘ygan, o‘g‘rilik va bezorilikka moyil o‘quvchilar nazarda tutiladi. Kuzatishlardan ma'lum bo‘lishicha, tarbiyasi qiyin bolalar tarbiya jarayonida pedagogik ta'sirlarga qarshilik ko‘rsatadi, ularning xulqida o‘zini biz xohlaganday tutmaslik holatlari kuzatiladi. Tarbiyasi qiyin bolalar paydo bo‘lishining asosiy sabablaridan biri ularda o‘qishga nisbatan salbiy munosabatning yuzaga kelishidir. Odatda, bunday munosabatning paydo bo‘lishiga boshqa sabablar ham ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Jumladan, o‘quv faoliyati usuli, malakalari to‘la tarkib topmaganligi sababli, nisbiy bilim olish bilan qanoat hosil qilish, o‘zlashtirish qobiliyatining sust rivojlanganligi, muayyan vaziyatlarda hukm va xulosa chiqarishda qiyinchilikka duch kelish, o‘qituvchilar tomonidan o‘quvchiga ob'ektiv baho berilmasligi, o‘qituvchining boladagi individual-psixologik va intellektual imkoniyatga yetarlicha e'tibor qaratmasligi, o‘qitish saviyasining pastligi, darslarning zerikarli o‘tilishi va boshqalar. O‘quvchilardagi psixologik xususiyatlar, rivojlanishida o‘ziga xos tomonlar, ular o‘rtasida salbiy odatlarni oldini olish va boshqa masalalar doirasida umumta’lim maktablari amaliyotchi psixologlari tomonidan qator tadbirlar, ya'ni psixotrening va psixokorreksion ishlar olib boriladi. Maktablarda bolalarga nisbatan ba'zan “tarbiyasi qiyin bola” jumlasi ishlatiladi. Asosan tarbiyasi qiyin bolalar deganda ko‘p holatlarda voyaga yetmaganlar bilan ishlash kuzatiladi. 1.Adabiyotlar ro`yxati: 1. L.R.Muminova, R.Sh.Shomaxmudova, Z.M.Axmedova. “Inklyuiziv ta’lim” o‘quv qo‘llanma. Тошкент,2019 2. D.S.Qaxarova “Inklyuziv ta‘lim texnologiyasi” Toshkent. 2014 3. Р.Шомахмудова. Инклюзив таълимнинг назарий ва амалий асослари. Тошкент: ХТ «Розиқов О.Ж». 2007 й. 4. Ю.В.Шумиловская Подготовка будущего учителя к работе с учащимися в условиях инклюзивного образования. Fan o’qituvchisi: Raximova xurshidaxon Sadikovna Download 489.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling