Mavzu Innovatsion texnologiyalar va ulardan foydalanish zaruriyati Korxonalarda innovatsion texnologiyalar salohiyatini oshirishga ta’sir etuvchi omillar Innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish modellari
rasm. Ishlab chiqarish texnologiyalari boshqarish ob’ekti sifatida
Download 26.81 Kb.
|
Документ
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.2. Korxonalarda innovatsion texnologiyalar salohiyatini oshirishga ta’sir etuvchi omillar
1 rasm. Ishlab chiqarish texnologiyalari boshqarish ob’ekti sifatida.
Ko‘rib o‘tilgan prinsip bo‘yicha xamma turdagi ishlab chiqarish texnologiyalarini ko‘rib chiqish yagona uslubiy yondashish asosida amalga oshirilishi mumkin. Bu esa menejerlar xarakatini o‘z kasbiy faoliyatining keng predmetli viloyatida universallashtrishni ta’minlaydi. Ma’lum bir faoliyat viloyatida mutaxassisning mehnat predmetini tashkil etuvchi ko‘plab elementlarning to‘plami, predmetli viloyat deyiladi. Ma’lum mutaxassisliklar (muxandislar, iqtisodchilar, xukushunoslar va boshqalar) bo‘yicha kadrlarni o‘qitishning mazmuni va tartibi predmetli viloyatning tug‘ri aniqlanganligidan bog‘liq. Ishlab chiqarish texnologiyalari ularni ifodalash vositalari mavjud bo‘lsa, ilmiy asoslanishi mumkin - jamiyatda qo‘llaniladigan xodisalarni ifodalashning turli tillari. Ularga quyidagi tillar kiradi: xarfli - ma’noli; matematik formula; mantik; grafik simvollar; algoritmlar; metatillari ; maketlash tili; - analog tili. Bozor iqtisodida ishlab chiqarish texnologiyalarini boshqarish, agar ular raqobatbardoshlikni ta’minlasa, muvaffaqiyatli hisoblanadi. Raqobatbardoshlik murakkab tushuncha. Uning tarkibiy faktorlariga quyidagilar kiradi: asosiy va yordamchi ishlab chiqarish texnologiyasi; boshqarish tizimi texnologiyasi; tashqi muxit iqtisodiy va siyosiy ta’siri xarakteri; personalni texnik va iqtisodiy tayyorlash darajasi; fan va texnikaning rivojlanish darajasi; iqtisodiy potensial (kapital, resurslar, iqtisodiy jozibadorlik). Innovatsion menejment orqali takomillashtirish mumkin bo‘lgan xamma texnologiyalarni ko‘rib o‘tish murakkab. 1.2. Korxonalarda innovatsion texnologiyalar salohiyatini oshirishga ta’sir etuvchi omillarInnovatsion faollik tadbirkorlik faoliyatining joni, uning mohiyati hisoblanadi. Tadbirkor degan sharafli nomga bozor iqtisodiyotida yangilik izlashga moyil, raqobatli kurashda muvaffaqiyatga erishish uchun biron tadbirni amalga oshirishga tayyor bo‘lgan korxona yoki tashkilot rahbari sazovor bo‘la oladi. Bu tadbirkorga berilgan chiroyli nomgina emas, balki ma’naviy burch hamdir. Bu kuchli raqobat sharoitlarida yashovchanlik ehtiyojini ta’minlash uchun hayotiy zaruratdir. Innovatsionlik raqobat qonuni bo‘lib, bozor iqtisodiyotining ajralmas bir xususiyati hisoblanadi. Usiz har qanday bozor tizimi muvaffaqiyatsizlikka uchrashi muqarrar. Turli mulkchilik shaklidagi tadbirkorlarning innovatsion salohiyatini baholashda quyidagilarni aniq belgilash lozim: mamlakat iqtisodiyotida kichik va o‘rta innovatsion tadbirkorlik uchun infratuzilmani rivojlantirish (innovatsion-texnologik markazlar, inkubatorlar, texnoparklar, innovatsion-sanoat majmualari va h.k.); innovatsion faoliyatni rag‘batlantirish bo‘yicha tadbirlarni kuchaytirish (IITKI joriy xarajatlarini soliqqa tortiluvchi bazadan chiqarib tashlash, bunday xarajatlar oshgan taqdirda soliq imtiyozlari belgilash, yangi ilmiy asbob-uskunalarga tezlashgan amortizatsiya qo‘llash va b.), byudjetdan tashqari moliyalashtirish manbalarini jalb etish uchun sharoit yaratish (sug‘urtalash, bank tuzilmalari bilan aloqa mexanizmlari); innovatsiyalarni boshqarish uchun menejer kadrlar tayyorlash, mahalliy yuqori texnologiyali ishlab chiqarish menejmenti me’yorlarini xalqaro me’yorlarga etkazish; tadbirkorlarni innovatsiyalarning riskli yo‘liga qadam qo‘yishga undovchi stimullar; tadbirkorlar uchun innovatsiyalarni amalga oshirish. Download 26.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling