Mavzu: Inson huquqlarining ta’minlashda davlat organlarining o’rni va roli Kirish Asosiy qism


Huquqni muhofaza qiluvchi organlaring inson huquqlari himoya qilinish sohasidagi vazifalari


Download 167.77 Kb.
bet8/11
Sana14.01.2023
Hajmi167.77 Kb.
#1092591
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
курс ИШИ НАМУНА

2.2. Huquqni muhofaza qiluvchi organlaring inson huquqlari himoya qilinish sohasidagi vazifalari.
Huquqni muhofaza qilish sohasidagi funktsiyalar to’g’risidagi masala davlat va huquq nazariyasi, konstitutsiyaviy huquq, mahmuriy huquq, jinoyat huquqi va jinoyat protsessi sohalarida ish olib boruvchi olimlar va tadqiqotchilarni diqqatini tortadi.
Funktsiyalarning eng umumiy ko’rinishi - u yoki bu organ, tashkilot, shuningdek, jamoat birlashmalari faoliyati konturlari va chiziqlarining asosiy, bosh yo’nalishlari bo’lib hisoblanadi.
Savitskiy V.M. monografiyasida davlat organlari funktsiyalarining tabiati va xususiyati to’g’risida tadqiqotlar olib borilgan. Bunda muallif boshqaruv organlari funktsiyalarining birbiri bilan o’zaro aloqadorligi hamda huquqiy maqomini belgilovchi va tashkiliy huquqiy faoliyatiga oid mahlumotlarni muntazam ravishda almashib turishga asoslanganligini ehtirof etadi. Ushbu organlar boshqaruv obhektlarini siyosiy - iqtisodiy, rejali, uslubiy, moddiy, texnikaviy, mehnat va boshqa resurslar bilan taominlaydi, yahni, ularning oldida turgan boshqaruv tizimining vazifalarini belgilab beradi.25
Ushbu tadqiqotlar boshqaruv organlarini tushunishda juda muhim bo’lgan holatlarni o’zidan aks ettiradi. Funktsiyalar davlat organi faoliyatining mazmunini yetarli darajada aniqlashtirib beradi. Huquqni muhofaza qilish organlari funktsiyalari haqida turli xil fikrlar mavjud va ular quyidagilar.26
Huquqni muhofaza qilish faoliyati o’zining mazmuniga ko’ra bir tomonlama emas. Uning ko’p qirraligi esa mazkur davlat faoliyatining asosiy yo’nalishlarini, mazmunini aniqlashda bajariladigan turli xil ijtimoiy funktsiyalarda namoyon bo’ladi. Bunday yo’nalishlar (funktsiyalar) qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
konstitutsiyaviy nazorat;
odil sudlov;
sudlar faoliyatini tashkiliy taominlash;
prokuror nazorati;
jinoyatlarni fosh etish va tergov qilish;
jinoyat ishlari bo’yicha yuridik himoya va yordam ko’rsatish;
Yuqorida sanab o’tilgan har bir yo’nalish o’zining aniq belgilangan natijalariga erishish maqsadini ko’zlaydi, yahni: O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining normalarini buzish holatlarini bartaraf etish; jinoiy va fuqarolik ishlarini adolatli muhokama qilish va hal qilish; sudlarning normal faoliyat ko’rsatishi uchun imkoniyatlar yaratish; prokurorning tahsir etish choralari yordamida qonunbuzarlik holatlarini aniqlash va bartaraf etish; jinoyatlarn fosh etish va uni sodir etgan shaxslarni javobgarlikka tortish; sudda ishlarni ko’rish uchun hujjatlarni tayyorlash; yuridik yordamga muhtoj bo’lgan barcha shaxslarga, shuningdek, jinoiy javobgarlikka tortilayotgan shaxslarga malakali yuridik yordam ko’rsatish. Ushbu natijalarga erishilgan taqdirda yuqorida tahkidlab o’tilgan huquqni muhofaza qilish faoliyatining vazifalarini bajarilishi taominlanadi.
Yuqorida qayd etilgan vazifalar (yo’nalishlar) birbiri bilan uzviy bog’liq va birbirini to’ldirib turadi. SHuni tahkidlash joizki, konstitutsiyaviy nazorat va odil sudlov bularning orasida eng muhim o’rinni egallaydi. Ular o’zining mazmun jihatdan hozirgi kunda sud hokimiyati deb nomlanadi. Mahlumki, davlat hokimiyatining mazkur tarmog’i huquqiy davlatning asosiy, bosh belgisi bo’lishi kerak. CHunki, huquqiy davlatni barpo etish uchun sud huquqiy islohotlarni shakllantirib, ularni rivojlantirib borilish lozim. Buni davlatning samarali konstitutsiyaviy nazoratisiz va odil sudlovsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Ularning rivojlanishi va kengayib borishi jamiyat va davlat mexanizmiga o’z tahsirini o’tkazadi. CHunki, bu hol jamiyat va davlat mexanizmi samarali bo’lishini taominlaydi.
Odil sudlov - bu huquqni muhofaza qilish faoliyatining shunday funktsiyasiki, u davlat va nodavlat tashkilotlari, mansabdor shaxslarning, inson va fuqarolarning huquq va qonuniy manfatlarini amalga oshirishga bevosita aloqador. Bundan tashqari, boshqa huquqni muhofaza qilish faoliyatiga oid funktsiyalarni ham bajaradi. Masalan, agar dastlabki tergov vakolatli organlar tomonidan har tomonlama, to’la va xolisona olib borilmasa, shuningdek, ish bilan bog’liq bo’lgan kerakli dalillar va boshqa hujjatlar aniqlanmasa, bunda jinoyat ishlari bo’yicha qonuniy, asoslantirilgan va adolatli hukm chiqarib bo’lmaydi. SHuning uchun odil sudlov huquqni muhofaza qilish faoliyatining yuragi ekanligini ehtirof etish kerak.
Huquqni muhofaza qilish faoliyatiga oid vazifalarni amalga oshiruvchi aniq organlar mavjud bo’lib, ular huquqni muhofaza qilish organlari deb nomlanadi. Hozirgi kunda bunday organlar haqidagi masala turlicha hal etiladi.
Bularga quyidagilar kiradi:
1) Odil sudlovni amalga oshirish;
2) Sudlarning faoliyatini tashkiliy taominlash;
3) Jinoyat ijroiya faoliyati;
4) Prokuror nazorati va prokuratura sohasidagi faoliyatning boshqa yo’nalishlari;
5) Jinoyatlarni fosh etish va tergov qilish faoliyati;
6) Dastlabki tergov;
7) Surishtiruv;
8) Tezkor qidiruv faoliyati;
9) Notarial faoliyat;
10) Jinoyat ishlari bo’yicha yuridik himoya va yordam ko’rsatish (yuridik xizmat);
11) Sud ish yurituvi (jinoyat protsessi);
12) Xavfsizlikni taominlash;
13) Jamoat tartibini qo’riqlash;
14) Bojxona to’g’risidagi qoidalarni buzganlikka doir ishlarni yuritish;
15) Soliq to’g’risidagi huquqbuzarliklarga doir ishlarni yuritish;
16) Kontrrazvedka sohasidagi faoliyat;
17) Tashqi razvedka.
Bundan tashqari, davlat organlariga, shuningdek, huquqni muhofaza qilish organlariga tegishli bo’lgan umumiy xarakterdagi vazifalar haqida ham fikr yuritish mumkin. Masalan, sud, prokuratura, ichki ishlar organlarining vazifalari to’g’risida. Bularga: rejalashtirish, nazorat, inspektsiyalar, axborot bilan taominlash, razvedka (boshqaruv, xodimlar orasida, moliyaviy), qabul qilingan qarorlarning ijro etilishini tekshirish va nazorat qilish, kuzatuvni tashkil etish, yakuniy xulosa berish va hokazolarni kiritish mumkin.
Bizningcha, huquqni muhofaza qilish faoliyatining asosiy yo’nalishlari quyidagilardan iborat:
1) konstitutsiyaviy nazorat, uning asosiy vazifasi qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar tomonidan qabul qilinadigan huquqiy hujjatlarning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga mosligini tekshirish;
2) odil sudlovni yuritish, yahni fuqarolik va jinoiy ishlarni tortishuvchilik asosida olib borish va ular yuzasidan qonuniy va asoslantirilgan qarorlar qabul qilish;
3) xo’jalik sudlarida sud ishlarini yuritish, yahni fuqarolikhuquqiy munosabatlar (iqtisodiy nizolar) va boshqaruv sohasidagi huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarni hal qilishda sud hokimiyatini amalga oshirish;
4) sud organlarining normal faoliyat ko’rsatishini taominlashga va sud qarorlarini ijro etish yuzasidan ishlarni tashkil etishga qaratilgan sud faoliyatini tashkillashtirish va moddiytexnik jihatdan taominlash;
5) prokuror tahsir choralari yordamida qonun buzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan prokuror nazoratini amalga oshirish;
6) notarial faoliyat;
7) jinoyatlarni fosh etish hamda ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortishga qaratilgan faoliyat;
8) jinoyat ishlari bo’yicha yuridik himoya va yordam ko’rsatish.
Sanab o’tilgan vazifalar (yo’nalishlar)ni amalga oshirish jarayonida huquqni muhofaza qilish organlari deb atalgan davlat organlari va boshqa nodavlat organlari tashkil topadi. Ushbu huquqni muhofaza qilish organlariga quyidagilarni kiritish mumkin:
sudlar (O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudga bo’ysunuvchi umumiy yurisdiktsiyadagi sudlar, xo’jalik sudlari)
sudlarning faoliyatini tashkiliy va moddiytexnik jihatdan taominlashni amalga oshiradigan organlar (O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi sudg’yalarni lavozimga tavsiya qilish va tanlash Oliy malaka komissiyasi; O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiytexnik va moliyaviy jihatdan taominlash departamenti);
prokuratura;
Jinoyatlarni fosh etish va tergov qilishga jalb qilingan organlar (surishtiruv va dastlabki tergov organlari);
notarial faoliyatni amalga oshiruvchi organlar (notariat va boshqalar);
advokatura.
Surishtiruv organlarini huquqni muhofaza qiluvchi organlar qatoriga kiritish to’g’risidagi masala yuzasidan turli xil fikrlar mavjud. Ushbu organlarning huquqni muhofaza qilish vazifalaridan birini bajarganligini inobatga olib, ularni ham huquqni muhofaza qiluvchi organlar qatoriga kiritish bir jihatdan to’g’ri bo’larmikan? Misol uchun, olis safarda bo’lgan kema kapitani uchun surishtiruv vazifasi asosiy bo’lib hisoblanmaydi. Biroq, kema ahzolaridan biri jinoyat sodir etsa, u jinoyat ishini qo’zg’atadi, shuningdek, dalillarni aniqlash va to’plash yuzasidan kechiktirib bo’lmaydigan tergov harakatlarini amalga oshirishi shart. Ushbu vazifani quyidagi organlar: harbiy qismlarning komandirlari, jazoni ijro etish tizimini boshqarish organlarining boshliqlari, davlat yong’in nazorati organlari va davlat bojxona xizmatining mansabdor shaxslari uchun ham asosiy vazifa deb bo’lmaydi. Bu organlarning huquqiy maqomini va vakolatlarini tartibga soluvchi qarorlar va boshqa huquqiy hujjatlar bilan tanishib chiqadigan bo’lsak, unda ushbu organlarda boshqa turli xil vakolatlar mavjudligi haqida fikr yuritish mumkin. Ular tomonidan bajariladigan huquqni muhofaza qilish sohasidagi vazifalarning bir turi asosiy bo’lib hisoblanmaydi. Bundan tashqari, bajarilishi shart bo’lgan vazifalari ham mavjud. SHuning uchun ularni huquqni muhofaza qilish organlar tarkibiga to’liq kiritish to’g’risida bir qancha qaramaqarshiliklar mavjud.
Ushbu turkumdagi organlar va mansabdor shaxslar orasida faqat ichki ishlar organlarini huquqni muhofaza qilish organlari qatoriga to’liq kiritish mumkin. CHunki ularning asosiy vazifasi bu jinoyat va boshqa huquqbuzarliklarni fosh etish, tergov qilish hamda ularga qarshi kurash hisoblanadi. Faqat ular ko’pincha jinoyatlar va mahmuriy huquqbuzarliklar bilan bog’liq faoliyat yuritadilar.
Insonlar o’zining huquq va erkinliklarini himoya qilish maqsadida sudga murojaat etadilar. Fuqarolarning huquq va erkinlarini sud orqali himoya qilish g’oyasi inson huquqlari bo’yicha xalqaro bitimlarda va O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 44moddasida belgilangan: «Har bir shaxsga o’z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g’ayriqonuniy xattiharakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi».
Sudlarni huquqni muhofaza qiluvchi organlar safidan chiqarish huquqni muhofaza qilish faoliyatining mohiyatini tushunish bilan bog’liqdir. Huquqni muhofaza qilish faoliyati faqat sudlar tomonidan amalga oshiriladigan yuridik vositalar yordamida huquqni qo’riqlash sohasidagi faoliyat hisoblanadi. Bundan tashqari, jinoyatchilikka qarshi kurash vositasi bo’lib, sudlar tomonidan qo’llaniladigan jinoiy jazo choralari (ozodlikdan mahrum qilish, o’lim jazosi) hisoblanadi.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning doirasi va tizimini o’rganish jarayonida Oliy Majlisning inson huquqlari bo’yicha vakil (Ombudsman)ni e’tiborga olish lozim. O’zbekiston Respublikasining 1997 yil 24 aprelda qabul qilingan «Oliy Majlis inson huquqlari bo’yicha vakili Ombudsman to’g’risida»gi qonuniga binoan inson huquqlari bo’yicha vakil mansabdor shaxs bo’lib, unga O’zbekiston Respublikasida quyidagi organlar:
a) davlat organlari;
b) fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari;
v) korxonalar, tashkilotlar va muassasalar;
g) jamoat birlashmalari;
d) mansabdor shaxslar tomonidan inson huquqlari to’g’risidagi amaldagi qonun hujjatlariga rioya etilishining samaradorligi ustidan parlament nazoratini amalga oshiradi.
Ushbu qonunda belgilanishicha, O’zbekiston Respublikasining Inson huquqlari bo’yicha vakillik instituti inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishning mavjud shakllari va vositalarini to’ldiradi.
Vakil O’zbekiston Respublikasining Inson huquqlari to’g’risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish va ularni xalqaro huquq normalariga muvofiqlashtirishga, xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi, fuqarolarning inson huquqlari sohasidagi ijtimoiy ongini oshirishga ko’maklashadi (1modda).
SHuni tahkidlash joizki, inson huquqlari bo’yicha vakil yuqorida qayd etilgan organlar tomonidan inson huquqlari to’g’risidagi qonunchilikning samarali bajarilishini nazorat qilib boradi. Lekin faoliyat yuzasidan tegishli organlar tomonidan amalga oshiriladigan umumiy nazoratni amalga oshirmaydi. Inson huquqlari bo’yicha vakil O’zbekiston Respublikasi fuqarolari va O’zbekiston Respublikasi hududida bo’lgan chet el fuqarolari, hamda fuqaroligi bo’lmagan shaxslarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlari buzilish holatlari yuzasidan tegishli tashkilotlar va mansabdor shaxslarning harakat yoki harakatsizliklari ustidan shikoyatlarni ko’rib chiqadi, shuningdek, o’zining tergov harakatlarini olib borish kabi huquqlarga ega.
SHu bilan birga, inson huquqlari bo’yicha vakil inson yoki bir guruh shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilishi yuzasidan ularning roziligi asosida uchinchi shaxslarning, hamda jamoat birlashmalarining shikoyatlarini ko’rib chiqish uchun qabul qiladi. Vakil sud vakolatiga tegishli bo’lgan masalalarni ko’rib chiqmaydi. U o’z holicha huquqni muhofaza qilish faoliyatini amalga oshira olmaydi. Agar arizachi o’zining huquq va erkinliklarini himoya qilishda boshqa vositalardan foydalangan bo’lsada, lekin qabul qilingan qarorlardan qoniqish hosil qilmay shikoyat qilsa, bunday shikoyatlarni vakil tomonidan ko’rib chiqish uning asosiy vazifasi bo’lib hisoblanadi.
Vakil shikoyatlarni ko’rib chiqish jarayonida shuningdek, o’z tashabbusi bilan tekshirish o’tkazish jarayonida fuqarolarning huquq, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilish holatlari yuzasidan quyidagi huquqlarga ega:
1) tekshirish o’tkazish jarayonida aniqlanishi lozim bo’lgan holatlar yuzasidan tashkilotlar va mansabdor shaxslarning birgalikda ishtirok etishlarini taominlash;
2) aniqlanishi lozim bo’lgan holatlar yuzasidan tekshirish o’tkazish uchun tashkilotlar va mansabdor shaxslarning vakillarini taklif etish;
3) tashkilotlar va mansabdor shaxslarga hech qanday to’siqlarsiz tashrif buyurish;
4) tashkilotlar va mansabdor shaxslardan tegishli mahlumotlar hamda hujjatlarni talab qilish va olish;
5) mansabdor shaxslardan tushuntirishlar olish;
6) aniqlanishi lozim bo’lgan masalalar bo’yicha tashkilotlar va mutaxassislarga xulosalarni tayyorlash mashuliyatini yuklash;
7) inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga tahsir etuvchi masalalar bo’yicha tashkilotlar va mansabdor shaxslar tomonidan o’tkaziladigan tekshiruvlarda ishtirok etish;
8) ushlab turilgan yoki qamoqqa olingan shaxslar bilan uchrashuvlar o’tkazish;
9) inson huquqlari va erkinliklarini buzuvchi harakatlarni amalga oshirgan shaxslar ustidan ularni javobgarlikka tortish haqida tegishli organlarga iltimosnomalar bilan murojaat etish.


Xulosa.
Davlat organlari tizimida vakillik organlari muhim o`rin tutadi. CHunki vakillik organlari bevosita xalq nomidan ish yurituvchi organ hisoblanib, hech qaysi hokimiyat tarmog`iga kirmaydi.
Dastlabki davrda insoniyat huquqiy tafakkurining mahsuli sifatida, hamda vakillik muassasasi sifatida dunyoga kelgan oarlament uzoq yillar davomidagi tarixga ega va uning ildizlari XII-XIII asrlardagi ingliz oar-lamenti va isoan korteslariga borib taqaladi. oarlament so`zining lug`aviy maonosi fransuz tilidan olingan bo`lib, "gapirmoq" maonosini anglatadi. oarlamentarizm katta taraqqiyot bosqichini bosib o`tdi va uning chinakam tarixi burjua inqiloblari davridan boshlanadi.
Endilikda aksariyat mamlakatlarning oarlament institutiga ega ekan-ligini taokidlab o`tmoq joiz. Hozir yer kurrasidagi 200 ga yaqin davlatning qariyb 177 tasida oliy qonun chiqaruvchi vakillik organi-oarlamentlar bor.
Umuman vakillik organlari tizimida birinchi o`rinda turuvchi O`zbe-kiston Resoublikasi Oliy Majlisi oalatalari O`zbekiston Resoublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq juda katta vakolatlarga ega. Jumladan, O`zbe-kiston Resoublikasi Konstitutsiyasining 78-moddasi 5-bandidagi qoidaga muvofiq Oliy Majlis oalatalari O`zbekiston Resoublikasining qonun chiqa-ruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari tizimini va vakolatlarini belgilaydi.
O`zbekiston Resoublikasi Oliy Majlis oalatalari hamda Qoraqaloo-g`iston Resoublikasi Jo`qorg`i Kengesi vakillik organlari tizimida qonun chiqaruvchi organlar hisoblanishadi. Xalq deoutatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari esa qonun chiqarish huquqiga ega emaslar. Bu organlar O`zbekistondagi yagona davlat hokimiyati vakillik organlari tizimini tashkil etadilar. Demak, viloyat, tuman, shahar xalq deoutatlari Kengash-lari vakolatlarini Oliy Majlis oalatalari belgilaydi.
Bundan ko`rinib turibdiki, vakillik organlari davlat organlari tizimida asosiy o`rinlardan birini egallagan.
SHu bois O`zbekiston Resoublikasida mustaqillik yillari davomida umuminsoniy qadriyatlar va boy milliy anoanalar bilan yo`g`rilgan o`ziga xos rivojlanish yo`lini aniqlab oldi. SHu asosda davlat-huquqiy amaliyotda jahon oarlamentarizmining boy tajribasidan unumli foydalanilib, resoub-lika konstitutsiyaviy tuzumida xalq hokimiyatchiligi, hokimiyatlarning bo`linishi orinsiolariga mos davlat organlari tizimini shakllantirildi.
Mustaqillikka erishgan O’zbekiston Respublikasining rahbariyati bulardan to’g’ri xulosa chiqarib, demokratik huquqiy davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etishga, inson va fuqaroning huquq va erkinliklarini hamda qonuniy manfaatlarini taominlab berishga qaratilgan islohotlarga katta e’tibor qaratdi. Mustaqillikning birinchi kunlaridanoq mamlakatimizda inson manfaatlariga, uning huquq va asosiy erkinliklariga oliy qadriyat sifatida yondashildi, erkin bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik huquqiy davlat barpo etish maqsadi yo’lida jahon hamjamiyati tomonidan ehtirof etib kelingan umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi ehtirof etildi. 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan mamlakatimiz Konstitutsiyasi Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasining barcha qoidalari mustahkamlab qo’yilishi esa O’zbekistonnin demokratik huquqiy davlat barpo etishdek ezgu maqsadining konstitutsiyaviy poydevori bo’ldi.
Asosiy Qonunimizda hokimiyat vakolatlarining tarmoqlarga bo’linish tamoyili asosida qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatining vakolatlari aniq belgilab olindi.
Qonun chiqaruvchi hokimiyatning doimiy ravishda isloh qilinishi natijasida, mamlakatda ikki palatali parlament, Senat va Qonunchilik palatasidan iborat Oliy Majlis shakllantirildi. Mustaqillik yillarida parlament tomonidan 600dan ortiq qonun qabul qilindi, O’zbekistonimizning qonunchilik bazasi doimiy ravishda takomillashtirib borilmoqda. Amaldagi qonunlarimizning 120dan ortig’i bevosita inson huquqlariga taalluqlidir. O’zbekiston bugungi kunda inson huquqlariga oid 70 dan ortiq xalqaro huquqiy hujjatlarga qo’shilgan.
Mamlakatda sud hokimiyati ham, huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlari ham faoliyatini demokratik tamoyillar asosida tubdan qaytadan tashkil etdilar. Ularning avvalgi, jazolovchi organ sifatidagi mohiyati o’zgarib bormoqda. Endilikda inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish ularning oldiga birinchi darajali vazifa sifatida qo’yilmoqda. Sud-huquq sohasida tub islohotlar o’tkazilmoqda. Sud tizimini zamiridagi o’zgartishlar, birinchidan, sudlarning professionalligini oshirishga, ikkinchidan esa, sud hokimiyatining mustaqilligini to’la taominlashga qaratildi. Sud tizimi ixtisoslashtirildi. 2008 yilga kelib, qamoqqa olishga sanktsiya berish huquqi sudlarga o’tkazilishi munosabati bilan sudlarning mustaqilligi va odil sudlov faqat sudlar orqali amalga oshirilishi kerak, degan tamoyil taominlandi. Jinoyat qonunchiligi liberallashtirildi. Repressiv jazolar kamaytirilib, jazolarning tarbiyaviy ahamiyatiga e’tibor kuchaytirildi, ular yanada insonparvarlashtirib borilmoqda. Bu sohadagi yana bir katta yutuq,
2008 yilning 1 yanvaridan boshlab o’lim jazosining jinoyat qonunchiligidan chiqarib tashlanganligi bo’ldi.
Inson huquqlarini himoya qilishda sudlar va huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatini yanada takomillashtirish bilan bir qatorda, mamlakatda inson huquqlarini himoya qilishning suddan tashqari tizimi, xususan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo’yicha vakili (ombudsman), O’zbekiston Respublikasi ‘rezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti, Inson huquqlari bo’yicha O’zbekiston Res’ublikasi Milliy markazi kabi inson huquqlari bo’yicha demokratik davlatlarga xos milliy institutlar tizimi shakllantirildi. O’zbekiston Res’ublikasi Adliya vazirligi, Bosh prokuratura tizimlarida inson huquqlari bilan shug’ullanuvchi maxsus tuzilmalar tashkil to’di.


Download 167.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling