Mavzu. Inson kapitali nazariyasi


Download 198.59 Kb.
Sana19.04.2023
Hajmi198.59 Kb.
#1364513
Bog'liq
1-mavzu


1-mavzu. Inson kapitali nazariyasi
Oxirgi yillarda shu narsa umumiy fikrga aylanmoqdaki, bunda hozirgi zamonaviy davlatining samarali rivojlanishi ko’pincha uning o’z xalqlariga qancha mablag’ ajratishiga bog’liqligi ta’kidlanmoqda. Busiz uning rivojlanishini ta’minlash mumkin emas. Masalan AQSHda ba’zi bir baholashlarga qaraganda inson kapitaliga sarflangan mablag’lar YaIMning 15 foizini tashkil etgan holda, bu qiymat xususiy kapital “sof” yalpi investisiyalarining zavodlarga, asbob-uskunalar va omborxonalarga qo’yilganidan ham ko’proqni tashkil etadi.
XX asrda “Inson kapitali nazariyasi”ga katta hissa qo’shishgan iqtisod sohasidagi ikkita olim — Teodor SHuls (1979-yilda) va Geri Bekker (1992- yilda) Nobel mukofotiga sazovar bo’lishgan.
Inson kapitali g’oyasining ommalashuviga asosiy hissani Teodor SHuls qo’shgan bo’lsayam zamonaviy iqtisodiy ta’limotning klassikasi bo’lib, Geri Bekkerning shu nomdagi traktati hisoblanadi. U o’z tahlilida boshqa ijtimoiy fanlardagi kamyoblik, baho, muqobil xarajatlar va shu kabi boshqa tushunchalarni qo’llagan holda inson xulq-atvori to’g’risida ratsional va maqsadga muvofiq tasavvurlardan kelib chiqdi. Uning ushbu traktatida shakllangan model shu sohadagi keyingi barcha tadqiqotlar uchun asos bo’lib qoldi.
Inson kapitali g’oyasi. Iqtisodiy nazariya tarixida muhim o’rinni egallaydi. Dastlab u U.Pettining “Siyosiy arifmetika” asarida zikr etiladi. Keyinchalik u A.Smitning “Xalqlar boyligi”, A.Marshalning “Tamoyillar” ida hamda boshqa olimlarning asarlarida aks ettirilgan. Biroq iqtisodiy tahlilning mustaqil bo’limi sifatida inson kapitali nazariyasi faqatgina XX asming 50-60 - yillarida shakllandi. Mashhur amerikalik iqtisodchi, Nobel mukofoti sovrindori T.Shuls ushbu g’oyani oldinga surib, uning bazoviy nazariy modeli esa Nobel mukofoti sovrindori G.Bekker tomonidan “Inson kapitali” kitobida ishlab chiqilgan. Ushbu kitob mazkur sohadagi barcha izlanishlar uchun asosga aylandi va zamonaviy iqtisodiy fanning mumtoz asari sifatida tan olingan. Bundan keyin Y.Bek-Poert, M.Blaueg, E.Lezer, R.Leyard, Dj.Minser, Dj.Psaxaropulos, Sh.Rozen, F.Ueich, B.Chisnick va boshqalar ham ushbu mavzuda muhim asarlar yaratganlar.
Inson kapitalini CHikago maktabining markaziy metodologik maqsadi — iqtisodiy jarayonlarni individiumlarni maksimmalashtiruvchi xulqi tamoyili asosida tushuntirish bo’lib, insonni bozordan tashqaridagi faoliyatining har xil sohalariga nisbatan qo’llangan. Bunda miqdoriy tahlilga urg’u beriladi. CHikago maktabi kontseptsiyasiga ko’ra, ta’lim, sog’liqni saqlash, migrasiya va faoliyatini boshqa turlariga qo’yilmalarning kelgusida katta daromad olish maqsadida amalga oshiriladi.
Inson kapitaliga investisiyalardan kutilayotgan qaytimga ish haqqini bundan ko’ra yuqori darajasi, hayot davomida tanlangan ishdan bundan ko’ra ko’p qoniqish, shuningdek, faoliyatini nobozor turlarini bundan ko’ra yuqori bahosi kiradi.
Kapitali investitsiyalariga quyidagilar kiradi:

  • bevosita xarajatlar, jumladan, o’qish uchun to’lov turar-joy hamda ishni o’zgartirish uchun xarajatlar;

  • muqobil sarf-xarajatlarning elementi hisoblangan boy berilgan ish haqi;

  • ma’naviy zarar, chunki ma’lumot olish murakkab va ko’p hollarda yoqimsiz mashg’ulot hisoblanadi, ish qidiruvi asab tizimini charchatdi, migrasiya esa eski do’st-tanishlarni yo’qotishga olib keladi.

Umuman olganda mehnat bozorini neoklassik nazariyasi quyidagi ikki:

  1. mehnatga talab nazariyasi;

  2. mehnatni taklifi nazariyasilaridan iborat.

Inson kapitali — bu insonning bilim, ko’nikma va qobiliyatlari bo’lib, uning ishlab chiqaruvchi kuchini o’sishga yordam beradi. Aksariyat iqtisodchilarning fikriga ko’ra, inson kapitali olingan bilim, ko’nikma, motivatsiyalar hamda insonlarga xos bo’lgan g’ayratdan iborat bo’lib, bulardan tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish maqsadida ma’lum vaqt davomida foydalanish mumkin. Uni shakllantirishi, jismoniy yoki moliyaviy kapitalni jamg’arilishi kabi, kelgusida qo’shimcha daromadlar olish maqsadida joriy iste’moldan mablag’larni jalb qilshni talab etadi. Insonga qo’yilmalarning eng muhim shakllari etib g’arb iqtisodchilari ta’limni, ishlab chiqarishdagi tayyorlovni (on the job training), tibbiy xizmat ko’rsatishni, migrasiyani, narxlar va daromadlar to’g’risida axborotni izlashni, farzandlar tug’ilishi va ularni parvarish etishni hisoblaydilar.
Ta’lim va ishlab chiqarishdagi tayyorlov insonning bilimlari darajasini oshiradi, ya’ni inson kapitalining hajmini oshiradi. Salomatlikni saqlash kasallik va o’limlarni qisqartiradi, insonni xizmat, muddatini uzaytiradi, shuningdek, undan foydalanish jadalligini oshiradi.
Migratsiya va axborotni izlash ishchi kuchini mehnatga yaxshiroq haq to’lanadigan hududlar hamda sohalarga ko’chishiga imkon beradi.
Farzandlar tug’ilishi va ularni parvarish etish inson kapitalini keyingi avlodda qayta ishlab chiqarish shaklini hosil qiladi.
Download 198.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling